M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

I. Tuban o‘simliklar - Thallobionta 
Hujayra tuzilishigacha bo‘lgan kichik o‘simliklar - Procytobionta 
1. Viruslar - Virophyta 
II.  Hujayrada  shakllangan,  yadrosi  bo‘lmagan  tallofitlar  (tanalar)  - 
Thallobionta procaryota 
2. Bakteriyalar - Bacteriophyta 
3. Ko‘k-yashil suvo‘tlar - Cyanophyta 
III.  Hujayrali,  yadroli,  plastidsiz  tallofitlar  (geterofitlar)  Thallobionta 
aplastidae 
4. Zamburug‘lar - Mycophyta 
4a. Shilimshiqlar - Myxomycophyta 
IV.  Hujayrali,  yadroli,  plastidli  tallofitlar  (avtotroflar)  -  Thallobionta 
cucaryota 


205 
 
5.Tillarang suvo‘tlar - Chysophyta 
5a. Sariq-yashil suvo‘tlar - Xanthophyta  
5b. Diatom suvo‘tlar - Diatomophyta 
6. Pirofit suvo‘tlar - Pyrophyta 
6a. Kriptofit suvo‘tlar - Cryptophyta 
7. Evglena suvo‘tlari - Eygleonophyta 
8. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar - Phaeophyta 
9. Qizil suvo‘tlar - Rhodophyta 
10. Yashil suvo‘tlar - Chlorophyta 
11. Lishayniklar - Lichenophyta  
Yuksak o‘simliklar - Cormobionta 
V. Organoldi arxegoniyali o‘simliklar - Procormobionta archegoni- atae 
12. Rinofitlar - Rinophyta  
12a. Psilofitlar — Sphenophyta
 
13. Moxsimonlilar - Pterophyta 
VI. Organli arxegoniyali o‘simliklar - Cormobionta archegoniatae 
14. Plaunsimonlar - Lycophyta 
15. Qirqbo‘g‘imlilar - Sphenophyta 
16. Qirqquloqsimonlilar - Pterophyta 
17. Ochiq urug‘lilar- Gymnospermatophyta yoki Pinophyta  
VIII. Organli urug‘chibargli o‘simliklar- Cormobiontagunoeciatae 
18. Yopiq urug‘lilar Angiospermatophyta yoki Magnoliophyta 
Har  bir  bo‘lim  o‘z  navbatida,  evolutsiya  jarayonida  takomillashib  bir 
qancha  tarmoqlar,  sinflar  paydo  qiladi.  Sinflar  esa  bir  qancha  tartiblarni, 
tartiblar  esa  oilalarni  o‘z  ichiga  oladi.  Oilalar  bir  qancha  avlodlarni,  avlodlar 
turlarni, turlar  esa  tur  xillarini, tur xillari  esa individlar  yig‘indisini  o‘z ichiga 
oladi. 
Ushbu  botanika  darsligi  provizorlar  uchun  tuzilgan  dastur  asosida 
farmakognoziya  faniga  moslab  yozilishini  e’tiborga  olib,    tuban  darajada 


206 
 
tuzilgan  o‘simliklar  haqida  qisqa  ma’lumot  berildi.  Viruslar  mikrobiologiya 
fanida  mukammal  o‘tilishini  hisobga  olib  ushbu  darslikda  ular  to‘g‘risida 
ma’lumotlar keltirilmadi. 
 
TUBAN O‘SIMLIKLAR – TALLOBIONTA 
 
Ma’lumki, o‘simliklar dunyosi tuban (150 000 tur) va yuksak (300000-
350000 tur) o‘simliklarga bo‘linadi.  
Botanika  fanidan  yozilgan  darsliklarda  tirik  organizmlar  hujayraviy 
tuzilishga  asoslangan  holda  prokariotlar  va  eukariotlar  dunyolariga  ajratiladi. 
Prokariotlar dunyosi tarkibiga faqat tuban o‘simliklarning ba’zi guruhlari, ya’ni 
bakteriyalar  va  ko‘k-yashil  suvo‘tlari  kiritilgan.  Eukariot  organizmlar 
dunyosiga  esa  qolgan  barcha  hujayrali  tirik  organizmlar,  ya’ni  tuban 
o‘simliklarga  mansub  suvo‘tlari,  shilimshiqlar,  zamburug‘lar  hamda 
lishayniklar kiritilgan. 
Tuban  o‘simliklarning  yuksak  o‘simliklardan  farqi  vegetativ  organlari 
bo‘lmaydi,  shuning  uchun  ularning  tanasi  umumiy  bitta  nom  bilan  -  qattana 
yoki  tallom  deb  aytiladi.  Ularning  tallomida  o‘tkazuvchi  naylari  bo‘lmaydi, 
umuman  yuksak  o‘simliklarnikiga  o‘xshash  haqiqiy  to‘qimasi  bo‘lmaydi. 
Tuban  o‘simliklarning  jinsiy  a’zolari  bir  hujayradan  iborat.  Jinssiz  ko‘payish 
usuli ham ularda kuzatiladi. 
Tuban o‘simliklar juda sodda bo‘lib bir hujayrali, ko‘p hujayrali, yakka 
va koloniya bo‘lib asosan suvda va nam joylarda yashaydi. Ular tabiatda juda 
keng tarqalgan. Tanasi tallomdan iborat bu o‘simliklarni issiq buloqlarda ham, 
muzliklarda, daraxt po‘stloqlari, tuproqda, chuchuk suvlarda va ko‘plab boshqa 
joylarda uchratish mumkin. Tabiatda tuban o‘simliklarning 200 mingdan ortiq 
turi aniqlangan bo‘lib, undan 30 mingga yaqini O‘zbekistonda uchraydi. Tuban 
o‘simliklarning  tanalarida  xlorofill  donachasi  bo‘lgani  avtotrof,  xlorofili 
bo‘lmagani esa geterotrof oziqlanadi. Geterotrof oziqlanadigan o‘simliklarning 


207 
 
bir  qismi  chirindilar  yoki  o‘lik  tana  hisobiga  yashaydi  va  ularni  saprofit 
organizmlar  deb  ataladi.  Ikkinchi  qismi  esa  hayvon  va  o‘simliklar  hisobiga 
yashaydi, ularni parazit organizmlar deb yuritiladi. 
Ular  har  qanday  noqulay  sharoitga  chidamli  bo‘lishidan  tashqari,  faol 
vegetativ ko‘payish qobiliyatiga ham ega. 
Tuban  o‘simliklarning  ba’zilari  konlar  va  tog‘  jinslarini  bunyodga 
keltiradi.  Masalan,  oltingugurt  bakteriyasi  tabiatdagi  sof  oltingugurt  konini 
yaratadi. 
Tabiat  uchun  tuban  o‘simliklarning  ahamiyati  nihoyatda  katta.  Suv 
muhitida  suvo‘tlarining  fotosintez  qilishi  natijasida  hosil  bo‘ladigan  organik 
moddaning  miqdori  80%  ni  tashqil  qiladi,  suv  muhitida  yashaydigan  barcha 
tirik  organizmlar  nafas  olishi  uchun  kerak  bo‘ladigan  kislorodni  ham  aynan 
suvo‘tlari  hosil  qiladi.  Shunday  bakteriya  va  suvo‘tlari  borki,  ular 
atmosferadagi azotni o‘zlashtirib, tuproqni azot bilan boyitadi. 
Tuban  o‘simliklarning  inson  hayotidagi  ahamiyati  ham  cheksiz  va 
xilma-xildir. Ular xo‘jalikka ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Tuban  o‘simliklardan  inson  hayoti  uchun  muhim  bo‘lgan  dori-
darmonlar,  fiziologik  faol  moddalar  olinadi,  bo‘yoqlar,  qog‘oz  va  kartonlar, 
yelim  kabi  vositalar  olinadi.  Zamburug‘  va  bakteriyalar  qishloq  xo‘jaligi 
ekinlariga  ziyon  yetkazadi,  hayvon  va  odam  organizmida  parazitlik  qilib 
yashab, turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish