Qalamcha qilib ko‘paytirish. Ona o‘simlikdan qirqib olingan,
vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiluvchi o‘simlikning bir qismiga qalamcha
deyiladi. Qalamchalar o‘simlikning poya, barg va ildizlaridan, ko‘pincha esa
novdalaridan tayyorlanadi.
Qalamchaning yerga ko‘milgan pastki uchidagi kambiydan endogen
yo‘l bilan qo‘shimcha ildizlar paydo bo‘ladi. Tok, anor, terak va tollar
167
poyadan olingan qalamchalardan; atirgul, maymunjon, siren, olcha va olmalar
ildiz qalamchalardan; begoniyaning ayrim turlari, binafsha va gloksiniyalar
barg orqali ko‘payadi.