M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Gulning  kelib  chiqishi.  Poleobotanika  ma’lumotlariga  ko‘ra,  gulning 
qazilma  qoldiqlari  mezozoy erasining yura davridagi qatlamlardan  topilgan. 
Gulning paydo bo‘lishi haqida aniq va isbot qilingan  gipotezaga ega emasmiz. 
Gulning kelib chiqishi to‘g‘risida strobilyar va evant nazariyalar mavjud. 


171 
 
Strobilyar  nazariyaga  asosan,  gul  ninabargli  o‘simliklar  qubbasini 
o‘zgarishi  natijasida  vujudga  kelgan,    deb  hisoblanadi.  Evant  nazariyasiga 
ko‘ra    gul  metamorfozlashgan  (shakli  o‘zgargan)  novda  deb  qaraladi.  Agar 
ikkinchi  nazariya  gulning  paydo  bo‘lishiga  ancha  mos  keladi  deyilsa,    unga 
quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin. 
Gul  –yopiq  urug‘li  o‘simliklarda  qisqargan,  shoxlanmagan,  kam 
o‘sadigan,  shaklan  o‘zgargan  novdadir.  Evant  nazariyasiga  ko‘ra  (urug‘chi)  
megasporofillar metomorfoz jarayonida meva barglariga aylangan. “Changchi” 
mikrosporofillar  esa    changchilarni  vujudga  keltirgan.  Bu  o‘zgarishlarni 
vujudga  kelishini  yopiq  urug‘li  o‘simliklarda  hasharotlar  yordamida 
changlanish  (entomofiliya)  uchun  moslanishi  bilan  izohlash  mumkin.  Demak, 
gul  metamorfozlashgan  vegetativ  novdadan  emas,    balki  sporali  novdadan 
vujudga  kelgan.  R.Melvillning  gonofill  nazariyasi  o‘tgan  asrning  60-70 
yillarida  ancha  keng  tarqalgan  telom  (grekcha  telom  –novda  uchi) 
nazariyalaridan  biridir.  Telom  nazariyasiga  ko‘ra  gulning  hamma  qismlari 
tellomlardan,  ya’ni  renofitlarga  xos  bo‘lgan  silindrik  tuzilishlardan  vujudga 
kelgan  deb  qaraladi.  Gulning  vujudga  kelishi  haqida  psevdantiv  (soxta  gul) 
nazariyasi  ham  taklif  qilingan,  bunga  ko‘ra  gul  shakli  o‘zgargan  to‘pgul 
hisoblanadi.  Bu  nazariya  gulning  tuzilishi  bilan  kelib  chiqishi  orasidagi 
bog‘liqlikni  ochiq  ifodalab  bermaydi.  Sababi,  gulni  hosil  qilgan  to‘pgul 
qayerdan  vujudga  kelganligi  to‘liq  ochib  berilmaydi.  Xulosa  qilib  aytadigan 
bo‘lsak,  gulning  kelib  chiqishini  har  tomonlama  yoritib  beruvchi  mukammal 
nazariya ayni vaqtda mavjud emas. 
 
GULNING TUZILISHI 
Tabiatning mohir va nozik mahsuli hisoblangan yopiq urug‘li o‘simliklar 
guli turli shakl va ranglarda yaratilgan. Yer kurrasida diametri 1 mm keladigan 
juda  mayda  gullardan  tortib  diametri  1  m  dan ortiq  (raffleziya)  bo‘lgan boqiy 
gullar uchraydi. 


172 
 
Gul    gulli  novdaning  o‘sish  nuqtasidan  paydo  bo‘ladi.Gulqo‘rg‘on 
bargchasi changchi va urug‘chi ichki meristemasining do‘mboqchalaridan hosil 
bo‘ladi.    Gul  kurtagi  tashqi  tomondan  qiyofasini  o‘zgartirgan  bargchalar 
qoplami  bilan  o‘ralgan.  Qoplamlar  bo‘lmagan  vaqtda  gul  yoki  to‘pgulni  yosh 
barglar  o‘rab  himoya  qiladi.  Gul  kurtagining    2  xil  tipi  mavjud  bo‘lib,  biri 
haqiqiy,  ikkinchisi  aralash    kurtakdir.  Haqiqiy  gul  kurtagida  hosil  qismi  bilan 
kurtak  qoplamasi  bo‘lsa,  aralash  kurtakda  hosil  qismi  bilan  boshlang‘ich 
vegetativ novda mavjud  bo‘ladi. 
Gul  bargchalarining  qo‘ltig‘idan  gul  o‘sib  chiqadi  va  ular  joylanishiga 
qarab uchki va yon bo‘lishi mumkin. Gul yon bargi bilan gul orasidagi novda       
gul bandi deb ataladi (43-rasm).  
 

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish