43-rasm. Gulning tuzilishi va diagrammasi
1- gul bandi, 2- gul orni, 3- kosacha bargi, 4- toj bargi, 5- changchisi, 6- urugchisi, 7-
gul tag bargchasi, 8- gul oqi, 9- barg plastinkasi.
Ayrim o‘simliklarda gul bandi qisqarib reduksiyalanishi mumkin. Gul
bandining uchki qismi kengayib, gul o‘rni –torusni hosil qiladi. Gul o‘rni turli
o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Gul o‘rni ayrim hollarda gulqo‘rg‘onning pastki
qismi, changchi va urug‘chilar bilan birga o‘sib, o‘ziga xos shaklga kirishi
gipantiya deb ataladi. Gipantiy atirgullar va ayrim dukkaklilarga xosdir. U
meva hosil bo‘lishida qatnashadi.
Gul steril va fertil (hosildor) qismlardan iborat. Steril qismiga
173
gulqo‘rg‘oni ( kosacha va tojbarg), fertil qismiga changchi va urug‘chi kiradi.
Gullar gul o‘rnida siklik, atsiklik va gemitsiklik tarzda joylashadi. Siklik
gullarda (olcha, o‘rik) gul qismlari gul o‘rnida doira shaklda, atsiklik gullarda
(magnoliya) spiral shaklda va gemitsiklik gullarda (ayiqtovon) doira va spiral
shakllarda joylashgan.
Gul o‘rnida kosacha va tojbarglar bir necha qator bo‘lib joylashishiga
qaramay bir o‘ramli yoki oddiy gulqo‘rg‘on deb ataladi. Guli
kosachasimonlarga otquloq va lavlagi misol bo‘lishi mumkin, ularning gul
barglari yashil rangda bo‘ladi. Guli tojisimonlarga lola, gulsafsar, marvarid gul
misol bo‘lib, ularda turli ranglar mavjud.
Murakkab qo‘rg‘onli gullar morfologik jihatdan to‘g‘ri va qiyshiq
bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri (aktinomorf) gullar yuzasidan to‘g‘ri chiziqni
(simmetriya) bir necha marta o‘tkazish mumkin bo‘lgani holda, qiyshiq –
zigomorf gullarda to‘g‘ri chiziqni faqat bir marta o‘tkazib ikki simmetriyaga
ajratish mumkin. Aktinomorf gullarga olcha, o‘rik shaftoli na’matak; zigomorf
gullarga no‘xat, mosh, loviya misol bo‘ladi.
Assimmetrik gullar orqali chiziq o‘tkazib bo‘lmaydi, chunki ular teng
simmetriyaga
ajralmaydi.
Assimmetrik
gullarga
valeriana
va
kala
o‘simliklarining gullari kiradi. Gulning steril –naslsiz qismi (qo‘rg‘on), fertil
hosilli qismi ( changchi va urug‘chi)ni himoya qiladi. Steril qismi yoki
gulqo‘rg‘oni oddiy va murakkab bo‘ladi. Bir pallali o‘simliklarning
gulqo‘rg‘oni asosan oddiydir. Ular ikki, uch yoki ko‘p qo‘rg‘onli bo‘lishi
mumkin (lola, magnoliya, ayiqtovon).
Kosachabarglarko‘pincha tojbarglar soniga teng bo‘ladi. Kosachabarg
va tojbarglar birlashgan va birlashmagan holatlarda uchraydi. Birlashgan
gulqo‘rg‘onlar har xil: naychasimon, qo‘ng‘iroqsimon, tilsimon, labsimon va
boshqa shakllarda bo‘ladi ( 44-rasm).
174
Do'stlaringiz bilan baham: |