Jinsiy ko‘payish
Bunday ko‘payishning mohiyati shundaki, fiziologik jihatdan farq
qiladigan ikkita gaploid hujayra qo‘shilib, yangi organizmni vujudga keltiradi.
Jinsiy ko‘payishda qo‘shiladigan hujayralar jinsiy hujayra – gameta deb
ataladi. Gameta grekcha “gamete” –xotin, “gametes” – er degan so‘zdan
olingan. Gametalar orasidagi fiziologik farq shundan iboratki, bir gameta
urg‘ochi, ikkinchisi esa erkak hisoblanadi.
Gametalar bir yoki har xil organizmda paydo bo‘lishi mumkin. Ular
qo‘shilib bitta hujayra – zigotani vujudga keltiradi. Yangi organizm bu
zigotaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Agar gametalar bir – biri bilan
qo‘shilmasa, yangi organizmni hosil qiluvchi zigota vujudga kelmaydi va ular
halok bo‘ladi.
O‘simliklarda jinsiy ko‘payish konyugatsiya va kopulyasiya deb
ataladigan ikki tipga bo‘linadi. Konyugatsiya yo‘li bilan ko‘payishda o‘zaro
yaqin turgan ikki hujayraning qarama –qarshi tomonidan maxsus o‘simta
163
hosil bo‘lib, ular bir – biriga qarab o‘sadi. O‘simtalar uchrashishi bilan ular
o‘rtasidagi parda erib kanalchani hosil qiladi.
Hujayraning biridagi protoplast ikkinchisiga kanalcha orqali o‘tadi va
yadro bilan yadrosi, sitoplazma bilan sitoplazmasi qo‘shiladi va natijada zigota
hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zigota ustidan yangi qalin po‘st qoplanadi hamda
noqulay sharoitdan o‘zini saqlaydi. Qulay sharoit yuzaga kelishi bilan undan
yangi organizm vujudga keladi. Bunday ko‘payishni suvo‘ti spiragirada
uchratish mumkin.
Kopulatsiya yo‘li bilan jinsiy ko‘payish izogamiya, geterogamiya,
oogamiya kabi shakllarda o‘tadi. “Kopulatsiya” lotincha so‘z bo‘lib juftlashish
degan ma’noni bildiradi.
Izogamiya grekcha so‘z bo‘lib “izos” –teng, “gomeo” –nikohlanaman,
degan ma’noni bildiradi. Kattaligi va shakli bir-biridan farq qilmaydigan erkak
va urg‘ochi gametalarning xivchini bo‘lib, uning yordamida suvda tez suzib
harakatlana oladi. Ular bir-biri bilan qo‘shilganda xivchinsiz bitta hujayra –
zigota hosil bo‘ladi. Bu hujayra keyinroq qalin po‘stga o‘ralib, o‘zini noqulay
sharoitdan asraydi.Bunday ko‘payishni yashil suvo‘tlaridan ulotriksda ko‘rish
mumkin.
Geterogamiya ham grekcha “geteros” har xil, “gomeo” – nikohlanaman
degan so‘zdan olingan. Bunda gametalar o‘zining katta – kichikligi bilan bir –
biridan farq qiladi, xivchinli ikkita gameta ham bemalol harakat qiladi.
Ularning kichikrog‘i erkak gameta mikrogameta, yirikrog‘i esa urg‘ochi
makrogameta hisoblanadi. Mikrogameta makrogametaga nisbatan harakatchan
bo‘ladi. Ikkalasi qo‘shilganda zigota hosil bo‘ladi. Bu geterogamiya yo‘li bilan
ko‘payishga hujayrali xlamidomonada (yashil suv o‘ti)ni misol qilish mumkin.
Jinsiy ko‘payishning uchinchi shakli oogoniy bo‘lib, grekchada “oog” –
tuxum, “gomeo” – nikohlanaman degan ma’noni bildiradi. Oogamiyada
urg‘ochi gameta yirik va qo‘zg‘almas, erkak gameta esa juda mayda hamda
harakatchan bo‘ladi.
164
Urg‘ochi gametaning xivchini bo‘lmaydi, u tuxum hujayra deb ataladi.
Spermatozoid yoki spermiy deb ataladigan erkak gametaning esa xivchini
bo‘ladi. Oogamiya yashil suv o‘tlarida hamda qo‘ng‘ir suv o‘tlaridan fukusda
uchraydi. Ko‘pchilik tuban o‘simliklarda va barcha yuksak o‘simliklar
oogamiya yo‘li bilan ko‘payadi. Yuksak o‘simliklarda spematozoidlar xivchini
bo‘lmagani uchun spermiya bilan almashadi.
Jinssiz ko‘payish
Bunday ko‘payish asosan bir hujayrali sporalar yoki zoosporalar
yordamida amalga oshadi. “Spora” – bu grekcha urug‘ degan ma’noni
bildiradi. “Zoo” esa hayvon demakdir. Xivchini yordamida suvda
harakatlanuvchi sporalar zoosporalar deb ataladi. Sporalar quruqlikda
o‘suvchi o‘simliklarda hosil bo‘lib, mustaqil harakatlana olmaydi. Ular mayda
va yengil bo‘lganligi uchun esgan shamol ham ularni uchirib keta oladi.
Zoosporalar ko‘pincha suv o‘tlarida, zamburug‘larda hosil bo‘lib, o‘z
xivchinlari yordamida suvda bemalol harakatlanadi. Sporalar yoki zoosporalar
ona o‘simlikning mahsus hujayralaridan yoki organidan hosil bo‘ladi. Ularni
agar spora hosil qilsa, sporangiya, zoospora hosil qilsa zoosporangiya deb
ataladi.
Evolyutsiya jarayonida organizmlarning bir muncha murakkablashishi
sporangiyalarni ko‘p hujayrali bo‘lishga va mustaqil organga aylanishga olib
keldi. Shunday qilib, har bir o‘simlik turida o‘ziga xos sporangiya hosil bo‘ldi.
Ana shunday o‘ziga xos har xil sporangiya va undan hosil bo‘lgan sporalar
zamburug‘ turlarida ko‘plab uchraydi.
Ona o‘simlikdan ajralgan spora yoki zoospora qulay sharoitga tushsa,
bemalol o‘sadi, urug‘lanish jarayoni o‘tmasdan yangi o‘simlik hosil bo‘ladi.
Shuning uchun ham bunday ko‘payish jinssiz ko‘payish deb ataladi. Havo
harorati, chirindi va suv yetarli bo‘lgan muhit sporaning o‘sishi uchun
yaratilgan qulay sharoitdir.
165
Spora va zoosporalar reduksion bo‘linganligi uchun ular gaploid
xromosomaga ega bo‘ladi.
Vegetativ ko‘payish
O‘simlikning o‘suvchi tanasi orqali tup sonining ko‘payishiga,
yo‘qolgan qismining tiklashga, ayrim tana qismlaridan bir butun o‘simlik
paydo qila olishiga vegetativ ko‘payish deb ataladi. Yo‘q organlarning
tiklanishi - regeneratsiya asosan o‘simliklarda, qisman tuban tuzilgan
hayvonlarda sodir bo‘ladi.
O‘simlik tuplarining vegetativ yo‘l bilan ko‘payishi 2 xil usulda
amalga oshadi: 1) tabiiy vegetativ ko‘payish va 2) sun’iy vegetativ ko‘payish.
Do'stlaringiz bilan baham: |