Assimilatsiyalarning ishlatilishi
Fotosintezlovchi hujayralar har xil moddalarga bo‘lgan ehtiyojlarini
bevosita fotosintez hisobiga qondiradi; shuning bilan birga ular barcha yashil
bo‘lmagan hujayralarni uglevodlar bilan ta’minlaydi, uglevodlardan oxir-
oqibatda barcha organik moddalar hosil bo‘ladi.
Fotosintez natijasida hosil bo‘ladigan birinchi uglevod bu –
fruktozofosfat bo‘lib, undan boshqa monosaxaridlar (dastlab glyukoza), di – va
polisaxaridlar (birinchi bo‘lib kraxmal va selluloza) hosil bo‘ladi.
Uglevodlardan eng muhim transportlanuvchi shakli bo‘lib saxaroza
hisoblanadi, u elaksimon naylar orqali sarflanadigan joylar yoki g‘amlovchi
to‘qimalarga tomon harakatlanadi. Uglevodlarning zahira holda to‘planishi
odatda kraxmal shaklida bo‘ladi. G‘amlovchi to‘qimalarning leykoplastlarida
(amiloplastlar) saxaroza kraxmalga aylanib, “ikkilamchi kraxmal” sifatida
kraxmal donachalari shaklida to‘planadi. Ko‘pchilik o‘simliklar aksincha
disaxaridlarni, birinchi bo‘lib saxaroza (shakarqamish, qand lavlagi),
boshqalari – glukoza (uzum) yoki inulin polisaxaridini (murakkabguldoshlar
160
oilasi vakillari) to‘playdi.
Kun
davomida
fotosintezlovchi
hujayralarda
hosil
bo‘lgan
uglevodlarning hammasi ham sarflanib yoki bir hujayradan boshqasiga oqib
ketmaydi; transport tizimi tomonidan “ushlab” qolinmagan uglevodlarning bir
qismi xloroplastlarda vaqtinchalik “birlamchi kraxmal” (assimilyasion
kraxmal) shaklida to‘planadi. Bu kraxmalni barg pigmentlarini spirt, atseton
yoki boshqa erituvchilar bilan ekstraksiya qilinganida, yod ta’sirida ko‘k rang
hosil qilishidan aniqlash mumkin.
Fotosintezning ahamiyati
Fotosintez tufayli (miqdoriy ikkinchi darajali xemosintez bilan
birgalikda) nafaqat avtotrof organizmlarning biosintezi turli jarayonlari uchun
zarur bo‘lgan organik moddalarga bo‘lgan barcha talabi qondiriladi, balki
bilvosita geterotrof organizmlarning organik oziqa moddalariga (hayvonlarning
oziqasi va oziqlanishning turli boshqa shakllari) bo‘lgan talabi ham qondiriladi.
Fotosintez jarayoni yer tarixining qadimgi davrlarida o‘simliklarning shiddat
bilan rivojlanishiga imkon yaratgan. Hozirda ulardan ko‘mir konlari
shakllangan.
Yer sharining o‘simliklari har yili atmosferadan 20 mlrd. t. uglerodni
CO
2
(1300 kg/ga) shaklida qabul qiladi, dengiz suvo‘tlari bilan birgalikda
o‘simliklarning barcha to‘plami – taxminan 150 mlrd. t ni o‘zlashtiradi. Bunda
har yili atmosferadagi uglerod ikki oksidining taxminan 3% va dengiz suvidagi
CO
2
ning 0,3% sarflanadi (CO
2
ning xuddi shunday miqdori avto – va
geterotrof organizmlarning nafas olishi va bijg‘ish jarayonlarida ajralib
chiqadi).
Faqatgina yerdagi o‘simliklar har yili kosmik energiyaning 10
17
kkal
miqdorini assimilatsiya mahsulotiga aylantiradi. Yerning 1sm
2
yuzasiga har
yili quyosh energiyasining 100 kkal miqdori tushadi, bu energiyaning taxminan
0,03 kkal miqdori assimilatsiya jarayonlariga sarflanadi.
1957 -yilda R.Emerson dastlab ikki fotosistema borligini taxmin qilgan.
161
Fanda Emerson effekti deb, o‘simlik bir vaqtda to‘lqin uzunligi turlicha
bo‘lgan ikki monoxromatik nur bilan yoritilganda kvant chiqishining
kuchayishiga aytiladi. Fotosintezning kvant chiqishi deganda, bir kvant
yutilgan energiya hisobiga chiqqan O
2
yoki bog‘langan SO
2
miqdori
tushuniladi.
Soyada o‘sgan o‘simliklarning xloroplastlari yorug‘lik yig‘uvchi
kompleksga boy bo‘ladi, yuqori darajada yoritilgan joylarda o‘sgan
o‘simliklarda bu kompleksning miqdori kam bo‘ladi. Atmosfera havosida CO
2
ning miqdori o‘rtacha 0,03% (1 m
3
havoda – taxminan 0,16 g uglerod mavjud).
Bu miqdor o‘simliklar uchun suboptimal; CO
2
ning miqdori oshganda va
etarlicha yoritilganlik sharoitida fotosintez jarayoni yaxshi kechadi.
Fotosintez natijasida o‘simlikni o‘rab turgan havo muhitidagi CO
2
ning
miqdori kun va yil davomida doim o‘zgarib turadi; kun davomida havodagi
CO
2
ning miqdori deyarli 12% ga kamayadi. Shuning uchun CO
2
bilan boy
bo‘lgan havoni olib keluvchi shamol fotosintez yaxshi kechishini ta’minlashi
mumkin. Shu bilan birga tuproqga yaqin bo‘lgan havo qatlamida CO
2
ning
miqdori tuproq bakteriyalarining nafas olishi hisobiga ko‘tariladi; o‘g‘it
solinmagan bug‘ ostida yotgan dalada 1 m
3
ga CO
2
250 ml miqdorda har soatda
ajralishi mumkin. Organik o‘g‘itlar bu miqdorning sezilarli darajada oshishiga
olib kelishi mumkin.
CO
2
o‘simlikga asosan og‘izchalar orqali kiradi, kutikula orqali esa
nisbatan kam CO
2
kiradi. Og‘izchalarning nisbatan kam miqdori diffuziyani
cheklaydigan omil bo‘lib hisoblanmaydi; CO
2
ning kirishi hujayra devorlari va
sitoplazmadan xloroplastlarga diffuziyasi orqali cheklanadi.
Suvda o‘suvchi o‘simliklarda CO
2
ularning butun yuzasi orqali yutiladi;
shuningdek erigan bikarbonatlar ham sarflanishi mumkin (Ca(HCO
3
)
2
→ Ca
(OH)
2
+ 2CO
2
). Suv havzalaridagi bikarbonatning miqdori CO
2
ning suv va
havodagi miqdori bilan bir xilda bo‘ladi.
162
V- bob
Do'stlaringiz bilan baham: |