M. T. Yulchieva, N. T. Atamuratova



Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/242
Sana23.09.2021
Hajmi9,23 Mb.
#183085
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   242
Bog'liq
2 5285202826778119839

Auksinlar.  O‘simliklar  poyasi  va  ildizning  uchki  (apikal)  qismida  
hosil  bo‘ladigan  bir  guruh    moddalar  auksinlar  deyiladi.  Ular  asosan  indol 
tabiatli  kimyoviy  moddalar  (indolil  3-sirka  kislotasi)  hisoblanadi.  Bunday 
moddalarning  mavjudligi    to‘g‘risida  birinchi  marta  1880  -  yilda  Ch.Darvin 
fikr  yuritgan.  U    o‘simliklarning  o‘sish  nuqtasida    o‘stiruvchi  moddalar  hosil 
bo‘lishini  aniqlagan.  
Auksin  yunoncha  “auxano“  —  o‘sish  ma’nosini  bildiradi.  O‘simliklar 
poyasi va kislota o‘sishiga faqat erkin holdagi auksinlar ta’sir etadi. Auksinlar 
o‘simliklardagi  muhim  fiziologik  jarayonlarda  ishtirok  etadi.  Ular 
hujayralarningbo‘linish  va  cho‘zilish  jarayonlarini,  nafas  olish,  oqsillar, 
uglevodlar  hamda  nuklein  kislotalarningsintezini  faollashtiradi.  Umuman, 
auksinlar  hujayraning  funksional  faoliyatini  kuchaytiradi.  O‘simliklarning 
auksinlar to‘plagan organlari o‘zlariga (boshqa organlardan) oziq  moddalarni 
tortib olish, qarish jarayonlarini kechiktirish, membranalarning faolligiga ta’sir 
etish  va  umuman,  xujayralarning  so‘rish    qobiliyatini  oshirish  kabi 
xususiyatlarga ega. 
Gibberellin.  Bu  birikmalar  ham  yuqori  biologik  faollikka  ega  bo‘lib, 
o‘simliklarning o‘sishida muhim rol  o‘ynaydi. Gibberellin –tabiiy fitogormon 
bo‘lib, barglarda hosil bo‘ladi. 
1926  -  yilda  yapon  olimi  E.Kurosava  sholining  haddan  tashqari  tez 
o‘sib ketishiga,  sholida parazit holda yashaydigan gibberella zamburug‘ining 
tanasidan ajraladigan moddalar sababchi ekanligini aniqladi.  
Yorug‘lik  ularning  sintez  jarayonini  kuchaytiradi.  Hosil  bo‘lgan 
gibberelinlar  floema  va  ksilema  oqimi  bilan  o‘simlik  tanasining  boshqa 
qismlariga tarqaladi. Ular asosan o‘simliklarning er ustki qismidagi meristema  
hujayralarida  to‘planadi  va  hujayralarning  bo‘linish,  cho‘zilish  fazalarida  faol 
ishtirok  etadi.  Gibberelin,  ayniqsa,  o‘simliklar  poyasining  (past  bo‘yli 
shakllarini  ham)  bo‘yiga  o‘sishini,  gullash  va  meva  tugish  jarayonlarini 
tezlashtiradi.  Lekin  ildizlarning  o‘sishiga  deyarli  ta’sir  etmaydi.  Gibberelin  


153 
 
o‘simlikning    o‘sish  va  rivojlanishiga  ta’siri  ularning    organizmida  sodir 
bo‘ladigan  modda almashinuviga ta’siri  bilan  uzviy  bog‘liqdir.  Ular  ta’siridan 
fotosintez  jarayoni  jadallashadi.  Nuklein  kislotalari,  oqsillar  va  membranalar 
tarkibiga kiruvchi fosfolipidlarning sintezi faollashadi. Bu jarayonlarda ishtirok 
etadigan  fermentlarning  faolligi  ham  oshadi.  Umuman,  gibberelin  kuchli 
fiziologik faoliyatga ega bo‘lgan birikma hisoblanadi.  
Sitokinin.  Bu  guruhga  kiruvchi  fitogormonlar  asosan  hujayra-  larning 
bo‘linishini faollashtiradi. Shuning uchun ham ular sitokininlar deb nom olgan. 
Tabiiy sitokininlar ildizda hosil bo‘lib, o‘simlik ksilema shirasining oqimi bilan 
yuqoriga  ko‘tariladi.  Sitokininlar  o‘simliklar    hujayrasining  bo‘linishini 
jadallashtirish  bilan  bir  qatorda  boshqa  jarayonlarda  ham  faol  ishtirok  etadi. 
Ular  o‘sishdan  to‘xtagan  va  qari  barglarda  modda  almashinuv  jarayonini 
faollashtiradi, ya’ni tez qarishdan saqlaydi, sarg‘ayib qolgan barglarni qaytadan 
yashil  rangga  kiritish  xususiyatiga  ega.  Bularning  ta’sirida  barglarda  oqsil, 
nuklein  kislotalari  va  xlorofillning  miqdori  ko‘payadi.  Sitokininlarning  ta’siri 
boshqa fitogormonlar bilan birgalikda kuchliroq  bo‘ladi.  

Download 9,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish