Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Og’iz chaqasi va yomon yaralari 
        Og’iz  chaqasi  og’iz  va  til  terisida  bo`ladigan  tarqaluvchi  va  kengayuvchi 
yaradan  iboratdir.  Bu  ko`pincha  bolalarda  paydo  bo`ladi.  Ulardan  paydo  bo`lishiga 
ko`proq  sutning  yomonligi  yoki  uning  me`dada  yomonroq  hazm  bo`lishi  sabab 
bo`ladi. U har bir xiltdan bo`laveradi va rangidan taniladi: oqi balg’amdan, ko`proq 


217 
 
sho`r  balg’amdan  paydo  bo`ladi  sarig’i  safrodan  bo`lib,  alangasi  boshqasinikidan 
ko`ra  kuchliroq  bo`ladi;  qorasi  savdodan,  tiniq  qizili  esa  qondan  bo`ladi.  Eng 
yomoni      savdodan      bo`lganidir.  Og’iz  chaqasining  ba`zisi        kuchli  o`yiluvchi  
bo`lib,       ba`zisi      esa  tinchroq  bo`ladi. U  goho  shishli, goho  shunday  o`zi  bo`ladi. 
Og’iz sathida bo`ladigan har bir yara albatta tez yoyiladi, chunki og’iz hamisha issiq 
terisi  esa  ho`l  va  yumshoq  bo`ladi.  Jolinus  og’izdagi  yaralarni  shilliq  parda  yuzida 
bo`lib turgan paytlarda "Og’iz chaqasi" deb atar, sasib chuqurlashsa,  og’iz chaqasi 
deb  atamas,  balki  "yomon  yaralar"  deb  atar  edi.  Shu    yomon  yaralarni  davolashda 
dog’lovchi  dorilarga  ehtiyoj  tushadi.  Yog’ingarchilik  ko`p  bo`lsa,  og’iz  chaqasi 
ko`payadi; u vaboli isitmalarda ham ko`payadi. 
Davolash.  Oldin  ko`payib,  og’iz  chaqasini  paydo  qilib  turgan  xiltlarga  qarshi 
tadbir  qilish  kerak.  Xilt  ko`paygan  bo`lsa,  butun  gavda  bo’shatiladi.  Keyin  iyak 
tagidagi tomirdan, ayniqsa chaxor rakdan qon olib bo`shatiladi. Shu  tomirlardan qon 
olish  og’izdagi  moddali  issiq  kasalliklarning  hammasiga  ham  foyda  qiladi.  Keyin 
chiqiqlarga  ishlatiladigan  va  eslatib  o`tilgan  dorilardan  foydalanish  lozim.  Kuchli, 
ho`l,  zardob  va  yiringi  ko`p  bo`lganiga  kuchli  dori,  mo`tadiligiga  mo`tadil  dori  va 
kuchsiziga kuchsiz dori ishlatiladi. Og’iz yaralari suyakka yetishga yaqinlashsa, ko`p 
miqdordagi  arab  akatsiyasi  shirasi  bilan  qo`shilgan  faltafiyun  kabi  juda  kuchli  dori 
ishlatish  zarur  bo`ladi.  Bunda  hamma  yog’lardan,  hatto  zaytun  yog’idan  ham 
saqlanish kerak. 
Og’iz  yarasi  qizil  bo`lib  qondan  bo`lsa,  dastlab  unga  eng  muvofiq  dori  bir  oz 
burishtirish va sovutish xususiyatiga ega bo`lgan doridir. Undan keyin shimdiruvchi 
dori  ishlatiladi.  qizg’ish  sariq  va  sariq  xiliga  sovutishi  kuchliroq  bo`lgan  dori 
ishlatish  kerak.  Ulardan  boshqa  turlariga  kelsak,  eng  oldin  qilinadigan  zarur  ish 
mo`tadil  tabiatli  qurituvchi  va  tozalovchi  dori  ishlatishdir.  Keyin  kuchli  qurituvchi 
va  kuchli  shimdiruvchi  dori  ishlatish  kerak.  Shularning  hammasida  bemorning 
yoshini  nazarda  tutish  kerak:  bolalarning  dorilari  kuchsizroq  bo`lishi  va  emadigan 


218 
 
sutlarini tuzatish zarur. Kattalarning dorilari esa kuchliroq bo`lishi lozim. Bolalarga 
ko`pincha ovqatning o`zi ham foyda qiladi. Agar ovqat yemaydigan bo`lsalar, o’sha 
foyda qiladigan ovqatlarni emizuvchiga yedirish kerak. 
Og’iz chaqasining haroratli xiliga yog’adigan davo, masalan, maymunjon bargini 
yoki yasmiqni sirka bilan qo`shib chaynashdir. Hamma hayvonlarning, ayniqsa tog’ 
echkisi  va  buzoqning  iligini  behi  bilan  aralashtirib  iste`mol  etilsa,  foyda  qiladi. 
Nordon  olma,  nordon  nok  do`lana,  behi,  chilonjiyda,  tok  navdalarining  uchi, 
quritilgan  bodring,  yasmiq  uni,  guruch  uni  ham  foyda  qiladi.  Mozi,  taboshir,  gul, 
arab akatsiyasining shirasi va shularga o`xshash narsalardan tayyorlanib sepiladigan 
dorilar  ulardan  ham  kuchliroqdir.  Burishtiruvchi  narsalar  bilan  qo`shilgan 
qoncho`pning og’iz chaqasini davolashda ajoyib quvvati bor. Og’iz chaqasiga kofur 
ham juda foydalidir. 
Og’iz  chaqasining  ikkala  sovuq  xiliga,  ayniqsa  balg’amdan  bo`lganiga  qarshi 
tozalab  qurituvchi        dorilar    ishlatilsin.    Yana  kuchli  shimdiruvchi  va  qurituvchi 
dorilarni, ayniqsa  savdodan bo`lgan ogiz chaqasiga qarshi ishlatish kerak. Masalan, 
yovvoyi yasmiq uni va asalning mozi bilan qo`shilgani shunday. Og’iz chaqalariga, 
ayniqsa  bolalarnikiga,  katta  toshbaqaning  sirka  bilan  aralashtirilgan  o`ti  juda 
foydalidir.  Yomon  xiliga  esa  zokni  sirka  bilan  qo`shib  ishlatish  lozim.  Agar  ular 
yomon  bo`lib  o`yib  yuborsa,    zangorni  sariq  zok  bilan  qo`shib,  mozini  shinniga 
solib,  yoki  mozi,  achchiqtosh  va  anor  gulidan  barobar  bo`lak  olib  qo`shib  ishlatish 
kerak.  Yana  musoro    kulcharini  yoki  taraxumotiqun  surmasini  uzum  qo`rasining 
shirasi  kabi  burishtiruvchi  shira  bilan  qo`shib  ishlatiladi.  Sepiladigan  dori  singari 
to`zondek  qilib  yanchilgan  achchiqtosh  va  mozi  og’iz  yaralarining  hamma  xiliga 
umumiy  dorilardan  sanaladi.  Buni  og’izga  sekinlik  bilan        ishqalash  kerak.    
Og’izdagi  hamma  xil  yomon  yaralarga  mozi,  ayniqsa  uning  sirka  va  tuz  bilan 
qaynatilgani  foyda  qiladi.  Bolalarning  og’iz  yaralarida  o`sha  qaynatma  bilan  og’iz 
chayiladi.  Og’izning  yomon  yarasiga  qarshi  ta`sir  qilishda  mozariyun  kuli  ayrim 


219 
 
xususiyatga ega bo`lib, og’iz yaralarining    hamma turlari uchun umumiy dorilardan 
biridir.  Gultojixo`roz,  mis  suvi  hamda  sharobning  kuydirilgan  loyqasi  ham 
shunday.Og’izning  savdodan  bo`lgan  qora  yarasiga  urug’i  olinib  asalga 
qorishtirilgan mayizni va rum arpabodiyonini  surtish foyda qiladi. Agar og’izda shu  
bilan  birga  shish  ham  bo`lsa,  bir  sukurraja  tog’rayhonni  yarim  sukurraja  gul  yog’i, 
yarim sukurraja yasmiq va ikki miskol za`faronni olib shu  tarkibdan  malham qilib 
ishlatiladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish