Yeyilgan narsalarning yomon hidlarini og’izdan ketkazish
Bunga g’azago`tni va maymunjon bargini chaynash, ulardan keyin yovvoyi
piyoz sirkasi bilan og’iz chayqash, to`poloq va yovvoyi zanjabilni og’izda olib
yurish foyda qiladi.
Og’izdan qon tuflash
Agar qon og’iz moddasidan va pardasidan chiqayotgan bo`lsa uni mayda
chiqiqlar va boshqa yaralar bobida aytilgan burishtiruvchi dorilar bilan davolash
kerak. Tok novdalari va o`rmovichlari qaynatmasining bunga zo`r foydasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |