Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Tishlarni sog’ saqlash tadbirlari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Tishlarni sog’ saqlash tadbirlari 
 
Tishlarni  sog’lom  bo’lib  turishini  sevgan  kishi  8  narsani  ko’z  oldida  tutishi 
kerak. Bulardan biri ovqat va ichiladigan  narsani 1-me’dada ketma-ket buzilishidan 
saqlashdir. Buzilishga  yoki ovqat moddasining o’zi sabab bo’ladi, masalan, u sut , 
tuzlangan baliq  va tuzlangan mayda baliq kabi tez buzilishga qobiliyatli narsalardan 
bo’ladi yoki unga ovqat yeyish tadbirining yomonligi sabab bo’ladiki,  bu haqda o’z 
joyida  aytib  o’tildi.  2-  qusishni,  ayniqsa,  nordon  qusish    odat  bo’lsa  ,  uzoq  vaqt 
davom  ettirmaslikdir  .    3-  har  bir  yopishqoq  narsani,  ayniqsa  notif  deb  ataladigan  
holva  va  yopishqoq  anjir  kabi  shirin  narsalar  chaynashdan  ,  4-  qattiq  narsani  tish 


222 
 
bilan sindirishdan saqlanish, 5- tishni qamashtiruvchi narsalardan saqlanish, 6- juda 
sovuq  narsadan,  ayniqsa  uni  issiq  narsadan  keyin  tishga  tegizishdir  va  juda  issiq 
narsadan, ayniqsa uni sovuq narsadan keyin uni tishga tegizishda saqlanish, 7- tishlar 
orasidagi narsalarni doimo  tozalab turish  , lekin  tishni juda chuqur kovlamaslik va 
shu  bilan  tish  ildizidagi  va  oralig’idagi  etlarga  zarar  yetkazmaslik  kerak.  Bunday 
kovlash oraliqdagi etni sirtga chiqarib  yoki   tishlarni  qimirlatib qo’yadi. 8-gandano 
kabi    xususiyati  bilan  tishlarga    zarar  qiladigan    narsalardan  saqlanishdir,  chunki  
gandano  tishlarga va milklarga juda zarar qiladi. Yana  oddiy dorilar bobida bayon 
qilingan boshqa zararli narsalardan ham saqlanish kerak. 
   Tish  tozalaydigan  cho’p  misvoqni    ishlatishga  kelsak,  uni    o’rta  darajada 
ishlatish,  tishlarning  tiniqlik  va  yaltiroqligini  ketkazadigan  ,  ularni  nazlalar    va  
me’dadan  ko’tariladigan  bug’larni  qabul  qilishga  tayyorlaydigan  va  biror  xatarga 
sabab  bo’ladigan  darajada  nihoyasiga  yetqazib  ishqamaslik  kerak.  Misvoq    o’rta 
darajada  ishlatilsa  ,  tishlarni  yaltiratadi,  kuchaytiradi,  milklarni  mahkamlaydi, 
tishlarning  kovaklanishiga  to’sqinlik qilib , og’izni xushbo’y qiladi. Misvoq uchun 
eng yaxshi cho’p burishtirish xususiyati va achchiqligi bor bo’lgan cho’pdir. 
 Doimo    uxlash  oldidan  tishlarni  yog’lab  turish  kerak.  Tish  mizojini  sovutish  
zarur  bo’lsa  gul  yog’i    bilan  isitish  zarur  bo’lsa,    bon  va  Rum  sunbulining  yog’i  
bilan yog’lanadi. Ba’zan shu ikki xil yog’larni qo’shib ishlatish zarur bo’ladi. Eng 
yaxshisi tish mizoji sovuq bo’lsa, oldin asal bilan, agar sovuqqa moyillik yoki  kam 
issiqlik   bo’lsa , shaker bilan ishqalash lozim. Ularning  har ikkalasi ham bir qancha 
yaxshi ishlarni birdam  bajaradi: tishlarni yaltiratadi, zichlashtiradi, baquvvat  qiladi, 
isitadi va tozlaydi. Lekin  shakar bunday ta’sir ko’rsatishida asaldan quyiroq turadi. 
Novvotni yanchib asal bilan aralashtirib ishlatilsa tishlarni yaltiratadi va tozalaydi va  
milkni mustahkamlaydi. So’ngra yog’lash kerak bo’ladi.  
 Yattu’  ildizi  qaynatilgan  sharob  bilan  oyida  2  marta  og’iz  chayib  turish  ham 
tishlarning sog’ligini saqlaydigan tadbirlardan sanaladi. Bu juda yaxshi tadbir bo’lib, 


223 
 
buni qo’llab yuradigan kishining tishlari og’rimaydi. Shuningdek, quyonning boshini 
kuydirib  tishga ishqalansa ham shunday.  Shunga o’xshash, asal bilan qorishtirilgan 
tuz  kuydirilsa  ham  kuydirilmasa  ham  shunday  ta’sir  qiladi,  biroq  kuydirilganini 
ishlatish  yaxshiroq.  O’shanday  tuz  qorishmasidan    g’olak  tayyorlab  ,  lattaga  o’rab 
tishlarga  ishqalanadi.  Yana  Misr    boqilasini  yoki  Yaman  achchiq  toshini          bir     
murr  bilan  qo’shib,  ayniqsa    kuydirilgan  achchiq  toshni  sirka  bilan  qo’shib  ham 
ishqalash kerak. U dorilar bilan tishlarning rangi o’zgarib qo’lsa, ulardan keyin  asal 
iste’mol qilish va  tishlarni asal yoki shakar bilan ishqalash kerak. Keyin biz  aytib 
o’tgan  tartibga  muvofiq  yog’lar  bilan  ishqalanadi.  Tishga    nazlalar  tushib  tursa  , 
burishtiruvchi narsalarning  qaynatmasini uzoq vaqt og’izga olib turish va tishlarga 
kuydirilgan achchiq tosh va tuzni doimo ishqab yurish kerak.

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish