Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

                            Tishlarni sug’urib olish tadbiri 
Goho  og’riq  tish  hech  bir  davoni  qabul  qilmaydigan  bo’lib  qoladi  yoki  unga 
azob  berib  turgan  ofat  to’xtasa,  u  yana  tezda  qaytib  kela  beradi.  Keyin  og’riq 
tishning qo’shniligi boshqa tishlar uchun zararli bo’lib, o’zidagi kasallikni ularga 
o’tkazadi, oxir tuzatish yo’li qolmaydi. Shunda uning iloji sug’urib tashlashdir. 
Tishni  goho,  uning  ildizini  o’rab  turgan  etni  ajratgandan  keyin,  ombur  bilan 
olinadi.  Tishni  sug’urishdan  ilgari  kasallik  uning  o’zidami  ekanligini  qarash 
kerak. O’zida bo’lmasa, sug’urish kerak emas, uni sug’urilmasin. U paytda sabab 
tish  milkida  yo  tish  tagidagi  asabda  bo’ladi.  Bunda  sug’urib  tashlash  og’riqni 
yengillatsa  ham  uni  yo’q  qilib  yubormaydi,  balki  og’riq  yana  qaytadi.  Og’riq 
yengillashining  sababi  o’sha  ondayoq  moddaning  tarqalishi  va  dorining  og’riq 
joyga  yetib  borishidir. 
Qimirlamaydigan tishni sug’urishda ko’p vaqt xavf-xatar bor: ko’pincha jag’ni 
ochib qo’yadi, uning  moddasini buzadi va  qattiq. Og’riq qo’zg’atadi. Ba'zan bu 
narsa  ko’z  og’rishini  qo’zg’atadi  va  isitma  chiqaradi.  Tishning  sug’urilishi 
qiyinligini va uni  bemor  ko’tara olmasligini bilsang, tishni  qattiq qimirlatishing 
to’g’ri  emas.  Bunday  qilish  og’riqni  ko’paytiradi.  Ba'zi  vaqtlarda  shunday 
bo’ladiki,  sabab  tishda  bo’lmaydi  va  uni  qimirlatilgach,  uning  tagidagi  modda 
tarqalib og’riq to’xtaydi. 
Goho tishni dorilar orqali qo’porib tushiriladi. Eng to’g’risi tishning tevaragini 
nishtar bilan ochib, unga dori ishlatishdir. U dorilarning biri: tut ildizining po’sti 
va nazla o’ti olinadi va o’tkir sirka bilan oftobda asaldek bo’lgunicha ezib, keyin 
kunda uch marta tishning ildiziga surtiladi. Yoki nazla o’tini ezib, sirkaga solib 


236 
 
qirq  kun  quyoshga  qo’yiladi,  keyin  tevaragi  ochilgan  tishga  tomizib,  bir  soat 
yoki  ikki  soat  qo’yiladi  va  o’sha  paytda  sog’  tishlarga  mum  qoplanadi.  Keyin 
tishni  tortib,  sug’urib  olinadi.  Yoki    nazla  o’ti  o’rniga  yovvoyi  bodring  ildizini 
qo’yiladi,  yoki  sirka  bilan  qo’shilgan  zirnix  surtiladi,  bu  tish  ildizini 
bo’shashtiradi  yoki  qichitqio’t  urug’i  va  gal'ban  yelimidan  barobar  miqdorda 
olib,  yoki  qichitqio’t  urug’ini  va  bunga  ikki  barobar  kundur  yelimini  olib 
qoziqtish  tagiga  qo’yiladi.  Ba'zan  uni  anjir  bargi  bilan  qaynatib  ishlatilsa  ham 
tishni  bo’shashtiradi  va  osonlik  bilan  qo’porib  tushiradi.  Bu  to’g’rida  sirka 
loyqasining  o’zi  ajoyib  xususiyatga  egadir.  Yoki  tut  po’stini,  kovul  po’stini, 
sariq  zirnixni,  nazla  o’ti,  zarchava,  Abu  Jahl  tarvuzi  ildizi  va  yelimli  suto’tni 
olib, ukrop suvi yoki o’tkir sirka bilan qorib, uch kun o’z holiga qo’yiladi, keyin 
surtiladi. Yoki  zarchava va tut ildizining har biridan bir bo’lak, sariq zirnixdan 
ikki  bo’lak  olib,  asal  bilan  qorilsa  va  qoziq  tishning  tevaragiga  bir  muddat 
qo’yilsa,  uni  qo’porib  tushiradi.  Yoki  bo’yimodaron  va  yattu'  sutidan  bir 
bo’lakdan,  yattu'  ildizidan  ikki  bo’lak  olib  tishga  qo’yiladi.  Agar  tish  kuchsiz 
bo’lsa, mumni asal bilan quyoshda erit, keyin unga zaytun yog’i tomizib bemorni 
o’sha tarkibni chaynashga buyuriladi.  
Yeyilgan kovak tishni uvalantirish - bu tishni og’riqsiz olish kabidir 
Unni  yattu'  suvi  bilan  qorib,  bir  necha  soat  tishga  qo’yib  turilsa,  tishni 
uvalantiradi.  Unday  tishga  katta  va  mazasi  o’tkir  qo’ypechakning  bargini  
qo’yish  kerak. 
Daraxt  qurbaqasining  yog’i  ham  tishni  ajratuvchi  va  uvalantiruvchidir.  Daraxt 
qurbaqasi  o’simlik  va  daraxtlarda  yashaydigan  va  daraxtdan  sakraydigan  ko’k 
cho’l qurbaqadir.

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish