Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Tishlarning kovaklanishi va yeyilishi



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Tishlarning kovaklanishi va yeyilishi 
Bularning  hammasi  ham  tishlarda  sasib  qoladigan  yomon  rutubatdan  paydo 
bo’ladi. 
Davolash.  Yeyilishni  davolashdan  maqsad  uning  ko’payishiga  to’sqinlik 
qilishdir.  Bu  esa  tishning  buzilgan  qismini  tozalash  bilan  va  yeyilishga  olib 
keladigan  moddani  tarqatish  bilan  bo’ladi.  Tishning  o’sha  moddalarni  qabul 
qilishiga  to’sqinlik  qilish  va  zarur  bo’lsa,  o’sha      moddalarni    bo’shatuvchi 
dorilar bilan tishlardan ketkazish lozim. 
Qurituvchi  dorilar  yeyilishga  to’sqinlik  qiladigan  dorilardir.  Yeyilish  kuchli 
bo’lsa  quritishi  va  isitishi  kuchli  bo’lgan  dori  kerak  bo’ladi.  Kuchsiz  bo’lsa, 
mirta, huzaz va Rum sunbuli kabi quritish va burishtirish xossasiga ega bo’lgan 
dorilar  bilan kifoyalanadi. Bularni  yuqorida  bayon qilingan  hamma  usulda  ham 
ishlatiladi.  Biroq  ko’pincha  tishning  kovagiga  tiqiladigan  dorilar  shaklida 
ishlatiladi.  Omila  shirasi  va  to’poloqni  tiqib  qo’yish  shular  jumlasidandir.  Yoki 
omila  shirasining  o’zini  mushk  bilan  qo’shib  tiqilsa  ham  yeyilishga  to’sqinlik  
qiladi  va  og’riqni  to’xtatadi. 
Tishning kovagiga yana to’poloq bilan mastaki, murr va may'a yelimini qo’shib 
yoki  huzaz  bilan  mozini,  afyun  bilan  may'a  yelimini  yoki  sariq  oltingugurt  va 
huzaz bilan gal'ban yelimini, yoki murch bilan saqichni, yoki yalpiz bilan omila 
shirasini, yoki yanchib sirka va asal bilan  qorilgan sedanani, yoki oltingugurtni, 


232 
 
buni  ham  tiqiladi  ham  surtiladi,  yoki  asal  va  sirka  bilan  qaynatilgan  zanjabilni, 
bu  nihoyatda  foydali  yoki  qatron  bilan  anguzani,  yoki  darmana  bilan  anguzani, 
yoki anguzaningo’zini, uning oqib tarqalmasligi uchun mum qo’shib qaynatiladi; 
bu  tish  og’riqini  qoldirishda  kuchli,anbarning  o’zini  yoki  uni  dorilar  bilan 
qo’shib yoki zok bilan huzazni tiqiladi. Kofurni tiqib sinalganda, g’oyat darajada 
foydali  bo’ladi,  yeyilishning  ko’payishiga  to’sqinlik  qiladi  va  tish  og’riqini 
to’xtatadi.  Yana  tish  og’riqi  bobida  aytilib  o’tgan  dorilardan  ham  foydalanish 
kerak.Tishlarning  yeyilishida  goho  qunduz  qiri,  nazla  o’ti,  afyun  va  gal'ban 
yelimidan barobar  bo’laklar  olib, yoki  asal,  murch va  hil, yo  asal, nazla  o’ti  va 
murr  yoki  asal  bilan  saqich  daraxtining  urug’i  yoki  ustiga  qaynatilgan  sirka 
quyilgan  toza  tuproq,  kaltakesak  jigari,  o’ziga  barobar  huzaz  bilan  qo’shilgan 
o’ldirilmagan oltingugurt yoki yattu' suti bilan qo’shilgan murch, nazla o’ti bilan 
qo’shilgan  buraq,  mingdevona  urug’i  bilan  qo’shilgan  gal'ban  yelimi  va  afyun 
bilan  qo’shilgan  may'a  yelimini  surtiladigan  dori  qilib  ishlatiladi.  Tishlarning 
yeyilishiga qarshi yaxshi dorining tarkibi: buraq va mingdevona har biridan ikki 
bo’lak,  nazla  o’ti  va  murchning  har  biridan  bir  bo’lak  va  afyundan  uch  bo’lak 
olib, tishning yeyilgan kovak joyiga qo’yiladi. Yana bir tarkib: anor dumi, murch 
va archa bujurining har biridan bir bo’lak, tog’ mayizi, qichitqio’t va afyunning 
har  biridan  yarim  bo’lak  olib  ishlatiladi.  Goho  tiqiladigan  va  surtiladigan 
dorilarni  birgalikda  ishlatiladi.  Goho  kovak  tishga  kuchli  falfandiyun,  yo 
savrinjon,  yoki  ohakdan  ikki  bo’lak,  navshadil,  achchiqtosh,  murr,  mozi,  arab 
akatsiyasi shirasi va gulsapsar ildizidan bir bo’lakdan, kuydirilgan arpa va dengiz 
ko’pigidan iborat murakkab dori qo’yiladi. Ba'zan o’sha tarkibga gal'ban yelimi 
qo’shiladi. Og’izga olib turiladigan og’iz chayiladigan dorilarning juda foydalik-
laridan biri kovulni sirka bilan to sirkaning yarmi ketgunicha qaynatilib, og’izga 
olib  turishdir.  Goho  yeyilgan  joyning  o’ziga  tomiziladigan  dorilar  ishlatiladi, 


233 
 
masalan, zaytun yog’ida qaynatib eritilgan zirnixni yeyilgan joylarga tomiziladi. 
Og’izning yeyilgan  tish tomoniga bodom yog’ini tomizilsa ham foyda qiladi. 
                      Tishlarning uvalanishi va sinishi 
Ko’pincha  bunga  tish  mizojining  qo’lga  aylanishi  sabab  bo’ladi.Tish  mizoji 
goho juda quruq bo’lib ham qoladi. Ularning orasidagi ayirma tishning ozg’inligi 
yoki  buning  aksicha  bo’lishligidir.  Agar  tishda  rang  o’zgarganlik  yoki 
yeyilganlik belgisi bo’lsa, bu narsa moddali ho’l mizojga dalolat qiladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish