Tish milkining shishlari Tish milkida ko’pincha boshdan unga tushayotgan modda sababli shishlar
paydo bo’ladi, bular goho me'daning hamkorligi bilan ham bo’ladi. Goho istisqo
kasalining boshlanishida va su' ulqunya kasalining paydo bo’lishida milklarga
buzuq bug’larning ko’tarilishi sababli tish milkida shishlar vujudga keladi.
Moddaning qaysi jinsdan ekaniga milkning rangi va tegib sezilishi dalolat qiladi.
Shishlarning ba'zisi aniq ko’rinib turuvchi va sirtga yaqin bo’lib, davolashni tez
239
qabul qiladi.Ba'zisi chuqur va sirtdan uzoqlikda bo’lib, davolashni sustlik bilan
qabul qiladi. Goho shish isitmali bo’ladi.