Qonovchi milk
Bunga kuydirib sirka bilan o’chirilgan achchiqtoshga ikki barobar osh tuzi, bir
yarim barobar qizil zokni qo’shib sepilsa, foyda qiladi. Shunga o’xshash tarvix
deb ataladigan baliqning tuzlanganini cho’g’ga aylangunicha kuydirib, kulidan
bir bo’lak, quritilgan guldan ikki bo’lak, shuningdek mirta va kuydirilgan
yasmiqning har biridan bir bo’lak, tatim va qizil zokdan ikki bo’lak, qora chayir
gulidan uch bo’lak olib aralashtirib ishlatiladi.
Tish milkining yaralari, yeyilishi va oqma yaralar
Milk yaralarning ba'zisi moddasiz toza, ba'zisi sasishga boshlagan va ba'zisi
o’yilishga tutingan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |