Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Tishlarni davolash va tishlarga ishlatiladigan dorilar to’g’risida umumiy bir



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

 
Tishlarni davolash va tishlarga ishlatiladigan dorilar to’g’risida umumiy bir 
so’z 
Tish  dorilarining  ba’zisi  tishning  sog’ligini  saqlovchi  va  ba’zisi  tishni 
davolovchi  bo’ladi.  Tishlarning    moddasi  quruq    bo’lganidan    ularning  sog’ligini 
saqlovchi  va  sog’ligini  keragicha  qaytarib  keltiruvchi  dorilar  qurituvchi  dorilar 
bo’ladi. Issiqlik yoki sovuqlik  dorilar esa , ikkala issiq va sovuq tabiatning biridan 
bo’lgan  kasallik sababli  tishlarning tabiiy mizoji anchagina  o’zgargan paytda kerak 
bo’ladi. Tishlar uchun  eng muvofiq dori keyingi  ikki  kayfiyati mo’ta’dil bo’lgan 
qurituvchi  dori  va  umuman    quritish  xususiyatiga  ega  bo’lgan  doridir.  Biroq 
tishlarga ishlatilamaydigan har bir  qurituvchi dori muvofiq kelavermaydi.  Munosib 
bo’lmasligi  tishga  ishlatilmasligidan  emas,  balki,  ishlatilganda  biron  kasallik  yuz 
berishidandir. Keyin tishni qurituvchi dorilari sovuq, quruq va issiq  – quruq bo’ldi. 
Tish  dorilarining  eng  yaxshisi  quritish  shimish  vazifasini  bajarish  bilan  birga 
tishlarni yaltiratuvchi , ularga  kelgan ortiqcha  moddani mo’tadil darajada erituvchi 
va moddaning tishga qarab tortilishiga  to’sqinlik qiluvchi dorilardir. 


224 
 
Qurituvchi sovuq va biroz  sovuq bo’lib , nordonlik yoki  mozi mazaligi taxirligi 
bilan  uzum  g’orasi  va  sitron  suvi  singari  tishni  qamashtirmaydigan  dorilar 
quyidagilardan  iborat:  omil  shirasi  ,  kofur  ,  sandal  ,gul,  gulning  urug’i,  anor  guli, 
baqam  daraxti  yelimi,  yulg’un  daraxtining  mevasi,    mozi,  qahrabo,marvarid,  fufal, 
arpa uni, tut daraxtining patak ildizi, yulg’un daraxtinng bargi va qo’ziquloq ildizi.  
 Issiqlik  va  issiqlikka  yaqin  dorilardan  ba’zisining  issig’i  moddasida  bo’ladi  va 
ba’zisini esa,  keyin hosil qilingan bo’ladi. Kuydirilgan tuz, kuydirilgan darmana , 
to’poloqni  kuydirilmagani  hamda  kuydirilgani    ,  dorchin  ,  zufo  ,  qorachayir  guli  , 
kovul  mevasi  ,  kovul  ildizining  po’sti  mevasidan  kuchliroq,  ud  cho’pi,  mushk  , 
sumbul  sochning  kuydirilmagani  va  kuydirilgani.  Archaning  bargi  ,  sodaj  ,  tog’ 
echkisi  shoxining  kuydirilgani  va  kuydirilmagani,  yalpiz  ,  yalpiz  kuli,  mastakiy  , 
kuydirilgan ya’ni qattiq qizdirilgan shishsa, buraq va yumaloq aristoloxiyaning kuli , 
tok po’stining kuli, quyon boshining kuli va kuydirilgan xurmo issiqligi moddasida 
bo’ladigan dorilardandir. 
Issiqlik  quvvatini  hosil  qilgan  dorilar  esa  mozi  kuli,  mozi  kulini  sirka  bilan 
aralashtirilsa,  mo’tadillika  yaqinlashadi,  tok  novdalarining  kuli,  qamish  kuli  va 
shularga o’xshashlardan iboratdir. 
Tog’ echkining kuydirib yuvilgan shoxi , chinor yonyug’i ,  sanavbar daraxtining 
patak  ildizi  kabilar  issiq  sovuqligi  mo’tadil  dorilardan  hisoblanadi.  Aralashtirish 
bilan tayyor bo’ladigan quyidagi dorilar ham shular jumlasidandir: tuz va gulsapsar 
sharbati  bilan  qorishtirib,  keyin  kuydirilgan  arpa  uni  va    qatron    bilan  qorishtirib, 
chog’dek bo’lgunicha kuydirgandan keyin ustiga gulsapsar sharbati sepilgan xurmo. 
Quyida   bayon  qilinadigan dori  tishga ishlatib sinalgan dorilardan bo’lib, uning 
tarkibi  shunday:  o’n  dirham  kuydirilgan  tog’  echkisi  shoxi,  o’n  dirham  sarv 
daraxtining  bargi,  besh  dirham  o’z  holida  qoldirilgan  chinor  yong’og’i  o’n  dirham 
hamsatu  avroq  ildizi  ,  besh  dirham  kuydirilgan  sunbulsoch,    uch  dirham  dumi 


225 
 
yulingan gul va uch dirham sunbulni mayin yanchib tishga ishqalanadigan elaki dori 
tayyorlanadi. 
Tish  dorisining  boshqa  yaxshiroq  tarkibi  mana  bu  :    kuydirilgan  tog’  echkisi 
shoxi, yulg’un daraxtining mevasi, to’poloq , gul va xushbo’y sunbulning har biridan 
bir dirham, andiron tuzidan ¼ dirham tishga ishqalanadigan dori tayyorlanadi.  
Boshlab  shuni  aytamizki,  tishlarni    qurituvchi  dorilar  bilan  davolash,  bilib 
o’tganingga ko’ra eng munosibdir, isituvchi va sovutovchi dorilar bilan davolashga 
kelsak  ularni  tish  o’ziga  xos  bo’lgan  mo’tadil    mizojliligini  anchagina  yo’qotgan   
vaqtdagina ishlatish kerak. 
 Tishga ishlatiladigan dorilarning ba’zisi ishqalanadigan , ba’zisi chaynaladigan, 
ba’zisi  chaplanadigan,  tishlarga  jag’ga  surtiladigan  ,  ba’zisi  og’iz  chayiladigan, 
ba’zisi tishga ishqalanadigan,  ba’zisi tish kovagiga tiqiladigan  , ba’zisi paxtadog’ 
qilinadigan,  ba’zisi  dog’laydigan,  ba’zisi  tishni  qo’porib  tushiradigan  ,  ba’zisi 
bug’laydigan,  ba’zisi  burunga  yuboriladigan  va  ba’zisi  esa  burun  va  quloqqa 
tomiziladigan dorilar bo’ladi. Ba’zan tishning eng yaqin joyidagi tomirdan qon olib 
yoki  o’sha  joyga  qortiq  qo’yib  modda  bo’shatiladi.    Yana  tish  dorilarining  ba’zisi 
tarqatuvchi,  ba’zisi  sovutuvchi,  ba’zisi  esa  uvushtiruvchi  bo’ladi.  Uvushtiruvchi 
dorilarni  tishga  ishlatish  xavf-xatardan  juda  uzoqdir,  lekin  ko’p  ishlatish    tish 
moddasini  buzadi.  Shuningdek,  Abu  Jahl  tarvuzi,  harbaq  va  yovvoyi  bodring  kabi 
shimdirish,  isitish  xossasi  kuchli  bo’lgan  dorilarni  zarur  bo’lgandagina  ishlatish 
kerak.  Shu            kuchli  dorilardan    va  uvushtiruvchi  dorilardan  ozginasining  ham  
ichga ketmasligi kerak. Tishga aziyat berib turgan modda chiqib ketsin va dorilarni 
tishning chuqurigacha yetsin uchun , ko’pincha tishni ingichka burg’u bilan kovak 
qilish zarur  bo’ladi.  
Sirka  tishga zarar qilsa ham u sovutuvchi dorilarga ham, isituvchi dorilarga ham 
qo’shiladi.  Sirka  o’z  moddasi  bilan    sovitgani    va  dorini  singdirgani  uchun  
sovutuvchilarga  qo’shiladi.  Isituvchi  dorilarga  qo’shilishining  sababi  esa,  u  dorini 


226 
 
singdiradi  va  dorini  parchalab  ajratish  bilan  ularning  shimilishiga  yordam  beradi. 
Sirkaning zarari esa  unga aralashgan tish dorilari bilan kuchsizlantirilgan bo’ladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish