Uyquda og’izning ochilib qolishi
Chuqur nafas olishga bo`lgan qattiq ehtiyojdan, yo qizdiruvchi alangalanishdan,
yoki nafas yo`lining torligi va tomoq bo`g’ilishidan, yoki og’iz mushagi kuchsiz
bo`lib, uyquda ishlay olmasligidan uyquda og’iz ochilib qoladi. O’shanday
holning o`tkir kasalliklarida yuz berishi yomon belgilardan sanaladi. Tilning
ranglariga kelsak, ularni birma-bir bayon qilish uchun eng munosib o`rin boshqa
boblar va o`tkir kasalliklar bayon qilinadigan yerlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |