Til yorilishini davolash
Bundan shikoyat qiluvchi kishi ispaqul shirasini og’ziga turib, undan yutadi ham.
Unga turli baqaloqlar va chala pishirilgan tuxum yediriladi. Tarrak va sabiston
olxo`risini palla qilib bir-biriga ishqalashdan paydo bo`lgan ko`pik bunga qarshi
ishlatib sinalgan dorilardan sanaladi.
Tilning og’izdan chiqib qolishi
Bu goho, tilning o`zidagi katta shishlar sababli yuz beradi, goho tomoq og’rig’i
kasalliklarida tabiat yoki kishining irodasi nafas yo`lining kengayishi uchun tilni
og’izdan chiqarib turishidan bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |