Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

So`zlashga xalal yetishi 
          Bu  to`g’rida  aytilishi  zarur  bo`lgan  ba`zi  narsalarni  tilning  bo`shashuvi 
bobida  aytildi.  Endi  aytamizki,  soqovlik  va  undan  boshqa  so’zlashga  yetadigan 
zararlar, goho miyadagi va tilga kelib, uni harakatlantiruvchi asabning kelib chiqqan 
joyidagi  zarardan  paydo  bo`ladi.  Goho  zarar  asab  shaxobchasining  o`zida,  goho 
mushakning  o`zida  bo`ladi.  O’sha  xalal  tirishish,  tortishish,        qattiqlashish,   
bo`shashish, boylikning qisqaligi, yoki bitib qolgan jarohatdan yoki qattiqlashishdan 
bo`lgan  tugunchadan  iborat  bo`ladi.  Senga    ma`lumki,    bu  narsa  ko`pincha 
rutubatdan bo`ladi, goho quruqlikdan ham bo`ladi. So`zlashishning zararlanishi goho 
tilda  va  til  tevaragida  paydo  bo`ladigan  shishlar  va  yaralardan,  goho  miya 
pardasidagi  issiq  shish  yallig’lanishidan  keyin  chiqindilarning  miyadan  asablarga 
haydalib borishi sabablari vujudga keladi.     Isitmalarda ham yuz beradi,    chunki 
isitmalar  tilni  qattiq  quritib  qo`yadi,  shunda  til  bujmayib  tirishib  qoladi;  Biroq  bu 
kam uchraydi. Shu  aytilganlar aslida bo`lmay, keyin paydo bo`ladigan   zararlardir. 
       So`zlashga  yetgan  zarar  goho  bo`g’iz  mushagidagi  sababdan,  ya`ni  undagi 
tortishish  yoki  bo`shashishdan  yuz  buyuradi;  Shunda  kishining  dastlab  tovush 


214 
 
chiqarishi  qiyin  bo`ladi,  chunki  u  ko`krak  va  bo`g’iz  mushaklarini  ular  ko`tara 
olmaydigan  bir  kuch  bilan  harakat  qildirishga  urinadi,  lekin  mushaklar 
bo`ysunmaydi. U kishi so`zga boshlayotganda ichiga nafas olsa, keyin shoshmasdan 
ravon  so`zlay  oladi.  Bunday  kishi  so`zlamoqchi  bo`lganda  zo`r  nafas  olishi  va 
ko`krakni qattiq harakatlantirishi kerak, keyin bir oz shoshmay so`zlashga kirishishi   
lozim.  U  kishi  shuni  odat  qilsa,  so`zlashi  oson  bo`lib,        osonlik  bilan  so`zlashga 
odatlanadi. 
         Boshqa xil sabablarga    ko`ra bo`ladigan    zararlanishga    kelsak, ularni 
davolash  tadbirlarini  o`z  boblarida  aytdik.      Sarsom  kasallikdan  keyin  so`zlashga 
yetadigan zararlanishda til tagidagi ikkita tomirdan qon olish juda foyda qiladi. 
"Qurbaqa" lapsha kasalligi 
Bu  tilning  tagida  bo`ladigan  qattiq  bezga  o`xshash  bir  narsadir.  Uning  rangi  til 
sathining  va  undagi  tomirlarning  rangidan  tarkib  topgan  bo`lib,  qurbaqa  rangiga    
o`xshaydi. Bu  kasallikka quyuq va yopishqoq  rutubat  sabab   bo`ladi. 
Davolash. Bunga yeyuvchi, parchalovchi va tarqatuvchi dorilarni va shuningdek 
navshadil,  sirka  va  tuz  kabi  juda  qurituvchi  dorilar  ishlatib  ko’riladi  va  zangor 
hamda zok bilan tilni ishqalanadi. Bu bilan tuzalmasa, Abirun dorisi, osqoriyu dorisi 
va karobodinda ko`rsatilgan va yangi tuxumdan tayyorlangan dori kabi o`tkir dorilar    
ishlatiladi. Yana til tagidagi tomirdan qon olib, kuchli og’iz chaqasining dorilari ham 
ishlatib ko`riladi.    Bu bilan    ham tuzalmasa kul tadbirini ishlatishdan boshqa chora 
yo`q. Bunga  qarshi  ishlatish uchun  maqtalgan dorilardan biri mana  bu:  Fors kaklik 
o`ti,  anor  po`sti  va  tuzni  olib  shu    tarkibda  yasalgan  dori  bilan        "qurbaqa" 
kasalligiga uchragan bolaning tilini ishqalanadi,  bu tadbir  uni tuzatadi. Kuydirilgan 
zokni va savrinjonni tuxum oqi bilan qo`shib til tagiga qo`yish ham sinab ko`rilgan 
tadbirlardandir. 
                                   Tilning kuyib achishishi 


215 
 
 
Tilning  kuyib  achishishi  goho  me`da  og’zi  va  miyadagi  isitma  darajasiga 
yetmagan harorat sababli, yoki o`tkir, sho`r, achchiq, shirin narsalar va qattiq tashna 
qiluvchi narsani yeyish sababli paydo bo`ladi. Yana o`tkir isitmalar va  ichki shishlar 
kabi ulardan ko`ra  kattaroq sabablardan ham bo`ladi. 
Umuman  ularning  chorasi  shu  :  tili  ko`p  achishganidan  shikoyat  qiluvchi 
kishining, ayniqsa u kishi kasal bo`lsa, chalqancha va og’zini katta ochib yotishdan 
tiyish kerak. Doimo qovun, tarrak, bodring va qovoq urug’i, yantog’ shakar, kraxmal 
va  shularga  o`xshash  narsalardan  tayyorlangan  hab  dorilarni  iste`mol  qilinadi. 
Unday  kishi  olxo`ri  danagi,  tamr  qindiy,  qijoz  shakari,  ma`lum  shiralar  va  sovutib   
qo`llovchi siqib olingan suvlarni og’ziga olib turishi kerak. Agar tilda yopishqoq xilt 
bo`lsa,  unga  yog’  surtiladi.  Keyin  tilni  yog’lab  turish,  turli  yog’lar,  mum,  
chilonjiyda,  turli    shiralar    va    siqib    olingan  suvlar  va  qushlarning  yog’lari  bilan 
og’iz chayib turish lozim. Ba`zi kishilar kasallikni davolash uchun tilni bog’ yalpiz 
bilan ishqalaydilar.   

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish