Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Monotsitlar  (monocyti).  Monotsitlar  qonning  eng  yirik  hujayralari  hisoblanadi.  Ularning 

kattaligi  surtmalarda  20  mkm  gacha,  qonda  esa  9-12  mkm  gacha  bo`ladi.  Monotsitlar  soni  yetuk 

organizmda umumiy leykotsitlar miqdorining 6-8% ini tashkil etadi. Monotsitlar yadrosi shaklining 

turli  xilda  bo`lishi  bilan  xarakterlanadi  -  ko`pchilik  hollarda  yadro  loviyasimon  yoki  taqasimon 

shaklga  ega  bo`ladi.  Xromatin  siyrak,  note-kis  to`r  shaklida  joylashib,  Romanovskiy  usuli  bilan 

bo`yalganda qizg`ish binafsha rangga bo`yaladi. 

Ba’zan  1-2  ta  oksifil  bo`yalgan  yadrocha 



 

93 


ko`rinadi.  Monotsitlar  sitoplazmasi  bazofil  bo`yalish  xususiyatiga  ega  bo`lib,  ularning  bazofilligi 

limfotsitlarga nisbatan ko`proq ifodalangandir. 

Sitoplazma  Romanovskiy  usuli  bilan  qisman  ko`k,  qisman  binafsha  rangga  bo`yalib,  bu 

sitoplazmaga xarakterli ko`kish-binafsha tus beradi. Monotsitlar sitoplazmasida nafis maxsus azurofil 

donadorlik,  ba’zan  esa  yirikroq  bazofil  bo`yaluvchi  donadorlik  ham  uchrashi  mumkin.  Elektron 

mikroskopda monotsitlar sitoplazmasining limfotsitlarga nisbatan hujayra or-ganellalariga ancha boy 

ekanligi ko`zga tashlanadi (62-rasm). 

Mitoxondriyalar ko`p sonli bo`lib, endoplazmatik to`r va Golji komplekslari yaxshi taraqqiy 

ztgan.  Hujayra  qobig`i  ostida  juda  ko`p  pinotsitoz  pufakchalar  joylashib,  ba’zan  ularda  fagotsitoz 

qilingan zarrachalar uchraydi. Bundan tashqari, sust elektron zichlikka ega bo`lgan, kattaligi 0,1-0,5 

mkm  keladigan  donachalar  ham  bo`lib,  ular  yorug`lik  mikroskopida  ko`rinadigan  azurofil 

donachalariga  mos  keladi.  Bir  hujayra  sitoplazmasida  150  ga  yaqin  donacha  bo`lishi  mumkin. 

Donachalar  tarkibida  kislotali  fosfataza,  peroksidaza  va  arilsulfataza  fermentlari  bo`lib,  ular 

donachalarning  o`ziga  xos  lizosomalar  ekanligidan  dalolat  beradi.  Monotsitlar  aktiv  harakat  qilish 

qobiliyatiga  ega  bo`lib,  ularning  asosiy  vazifalaridan  biri  fagotsitozdir.  Ular  qonda  2-3  sutka 

davomida  aylanib,  so`ngra  to`qimalarga  o`tadi.  To`qimalar  va  organlarda  monotsitlar  mikromuhit 

ta’siri ostida makrofagotsitlarga aylanadi. Barcha makrofaglarni monotsitlarning avlodi deb hisoblash 

mumkin. Shu tufayli monotsitlar mononuklear fagotsitlar sistemasining asosiy hujayralaridir. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish