Klinik praktikada gemogrammaniig yoshga qarab o`zgarishini bilish ham muhim ahamiyatga
Leykotsitlar soni ham yoshga qarab turlicha bo`ladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda ular juda
Organizm o`sishi davomida leykotsitlar miqdori sekin-asta kamayadi va balog`at yoshida voyaga
yetgan odamnikidek bo`lib qoladi. Yangi tug`ilgan bolalarda neytrofillar va limfotsitlarning nisbati
voyaga yetgan odamlarnikidek bo`ladi. Ammo limfotsitlar soni tez oshadi va 4-5 sutkada neytrofillar
bilan tenglashadi (birinchi fiziologik kesishuv). Limfotsitlar miq-dorining oshuvi davom etadi va 1-2
yashar bolalarda ular 60- 65% ni, neytrofillar esa 20-25% ni tashkil etadi. So`ngra limfotsitlar soni
95
sekin-asta kamayadi va 4 yoshli bolalarda ular yana neytrofillar bilan tenglashadi (ikkinchi fiziologik
kesishuv). Limfotsitlarning kamayishi va neytrofillarning oshishi balog`at yoshigacha davom etadi.
LIMFA (LYMPHA)
Umurtqali hayvonlar organizmida qon tomirlar sistemasi-dan tashqari limfatik tomirlar
mavjud. Bu nozik tomirlar ichidan sarg`imtir rangda oqsil tabiatiga ega bo`lgan va o`z tarkibida
shaklli elementlarni saqlagan suyuqlik-limfa oqadi. Limfa - limfoplazmadan va shaklli elementlardan
iborat. Ximiyaviy tuzilishi jihatidan limfoplazma qon plazmasiga yaqin, ammo limfoplazma tarkibida
oqsillar ancha kam. Oqsil fraksiyalaridan albumin limfoplazmada globulindan birmuncha ko`pdir.
Oqsillardan tashqari limfoplazmada fermentlar, neytral yog`lar, oddiy karbon suv, erigan mineral
tuzlar va mikroelementlar bo`ladi.
Shaklli elementlari asosan limfotsitlar (95-98%), monotsitlardan tashkil topgan. Bundan
tashqari, leykotsitlarning boshqa turlari, bir oz miqdorda eritrotsitlar ham uchraydi.
Limfa to`qima va organlarning limfatik kapillyarlarida hujayra oraliq suyuqlik hisobiga hosil
bo`ladi va limfatik tomirlar orqali limfa tuguniga quyiladi. U yerdan limfa tomirlariga o`tib va nihoyat
venaga quyiladi. Shuning uchun 3 xil limfa suyuqligini tafovut qilish mumkin.
1. Periferik limfa (limfa tugunigacha).
2. Oraliq. limfa (limfa tugunidan utgandan so`ng).
3. Markaziy limfa (kukrak qafasida joylashgan yirik limfatik tomirdagi limfa).
Limfa tarkibi organizm holatiga qarab o`zgarib turadi. Periferik limfa tomirlar bir uchi berk
naychani eslatadi. Uning ichidagi limfa suyuqligi limfoplazmadan tashkil topgan bo`lib, qon shaklli
elementlari ko`rinmaydi. Limfa suyuqligi limfa tugunlaridan o`tish jarayonida limfotsitlarga boyiydi.
Markaziy limfa tomirlaridagi limfa suyuqligi qon shaklli elementlarini ko`p tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: