Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Miyelotsitlar bir oz maydaroq bo`lib (10-17 mkm), ular ham xuddi promiyelotsitlar singari o`z 

sitoplazmasidagi donadorlikning  tuzilishi va bo`yalish  xususiyatlariga  qarab uch tur-ga  - neytrofil, 



 

103 


eozinofil va bazofil miyelotsitlarga bo`linadi. Neytrofil miyelotsitlar sitoplazmasi promiyelotsitlarga 

nisbatan ancha sust bazofil bo`yalib, Romanovskiy usulida ko`k-qizg`ish tusda bo`ladi. 

Elektron  mikroskopik  va  sitoximik  tekshirishlar  odamning  suyak  ko`migidagi  neytrofil 

miyelotsitlarda asosan ikki xil donachalar mavjudligini va bu donachalar o`zaro fermentativ xos-salari 

bilan farqlanishini ko`rsatadi («Neytrofillar» ga q.). 

 

 



 

67-rasm.  Odam  suyak  ko`migidagi  neytrofil  promiyelotsit.  Elektron  mikrofotogramma. 

 

X8.000. 


 1-yadro;  2-xromatin;  3-donador  endoplazmatik  to`r;  4-spetsifik  donachalar;  5-

 

mitoxondriya. 



 

Neytrofil  miyelotsitlarda  ham  promiyelotsit  bosqichidagi  kabi  yaxshi  taraqqiy  etgan 

endoplazmatik  to`r  va  Golji  kompleksi  joylashgan  bo`lib,  bu  hujayrada  aktiv  ravishda  ikkilamchi 

donachalar hosil bo`lishi amalga oshayotganligidan dalolat beradi. 

Eozinofil  va  bazofil  miyelotsitlar,  asosan,  ularning  sitoplazmasidagi  donadorlikni  mustasno 

etganda neytrofil miyelotsitlardan deyarli farq qilmaydi. Eozinofil miyelotsitlar sitoplazmasini sariq-

qizg`ish  donachalar  to`ldirib,  bu  donachalarning  ultrastrukturasi  promiyelotsitlar  bosqichida 

ta’riflanganidek.  Faqat  shuni  qayd  qilish  kerakki,  miyelotsit  bosqichida  o`zida  kristalloid  tuzilma 

saqlaydigan tipik eozinofil donachalarning miqdori ancha ko`paygan bo`ladi. 

Bazofil  miyelotsitlarning  donachalari  yirik  bo`lib,  elektron  mikroskopda  ularning 

plastinkasimon yoki donador tuzilishga ega ekanligi va tashqi tomondan qalinligi 5-6 mkm keladigan 

membrana bilan qoplanganligi aniqlangan. 

Bazofil miyelotsitlarda endoplazmatik to`r va Golji kompleksi neytrofillarga nisbatan sustroq 

takomillashgandir. 

Granulotsitlarning rivojlanishi davomida, ya’ni ular yosh metamiyelotsit va tayoqcha yadroli 

leykotsit  bosqichiga  o`tganida  yadro  va hujayra  sitoplazmasida  ma’lum  o`zgarishlar ro`y  berib, bu 

o`zgarishlar  granulotsitlarning  ko`rsatilgan  uch  turi  uchun  ham  umumiydir.  Metamiyelotsit 

bosqichida yadroning shakli o`zgaradi  - unda botiqlik paydo bo`lib, bu botiqlik yadroga tatsasimon 

shaklni  beradi.  Shu  bilan  birga  yadro  xromatini  zichlashadi  va  xromatin  ipchalari  yo`g`onlashib 

dag`allashadi. 

Elektron mikroskopda ko`rilganda metamiyelotsitlarda hujayra organellalarining reduksiyaga 



 

104 


(ya’ni teskari taraqqiyotga) yuz tutganligini ko`rish mumkin. Endoplazmatik to`r va Golji kompleksi 

kam sonli bo`lib qoladi. Bu hol metamiyelotsitlar bosqichiga kelib hujayrada donadorlik hosil bo`lish 

jarayonining  ancha  sustlashganligidan  yoki  butunlay  to`xtaganidan  darak  beradi.  Sitoplazmaning 

asosiy  qismini  donadorlik  to`ldirib,  bu  donadorlikning  tuzilishi  neytrofil,  eozinofil  va  bazofil 

metamiyelotsitlarning har birida o`ziga xosdir. 

Takomillashish davomida yadrodagi botiqliklar chuqurlashib boradi va yadroni alohida bir-biri 

bilan  ingichka  qismlar  orqali  bog`lanadigan  bo`laklarga  bo`ladi  va  natijada  yetuk  yoki  segment 

yadroli granulotsitlar hosil bo`ladi. 

Granulotsitopoez jarayoni davomida yosh hujayralar - p r o m i y e l o t s i t l a r, miyelotsitlar 

mitoz  yo`li  bilan  bo`linib  ko`payadi.  Metamiyelotsit  va  tayoqcha  yadroli  granulotsitlar  bo`linish 

qobiliyatini yo`qotgan hujayralardir. Uzak hujayradan yetuk granulotsit hosil bo`lishi uchun taxminan 

7,5-11,5  sutka  vaqt  talab  etiladi.  Voyaga  yetgan  granulotsitlar  darhol  qonga  chiqmay,  suyak 

ko`migida 2-3 sutka ushlanib qoladi va so`ngra sinusoid kapillyarlardagi endotelial yoriqlardan qonga 

o`tadi. 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish