Trombotsitopoez. Trombotsitlar yoki qon plastinkalarining hosil bo`lishi suyak ko`migida
amalga oshadi. 1906 yildayoq Obraztsov va Rayt qon plastinkalari suyak ko`migidagi gigant
hujayralar - megakariotsitlar sitoplazmasining bo`laklari ekanligini aytib o`tgan edilar. Obrazli qilib
aytganda: suyak ko`migi gigantlari mayda qon hujayralarini yaratadi.
Sxematik ravishda trombotsitopoez mana bunday ifodalanadi: o`zak hujayra
miyelopoezning boshlang`ich hujayrasi
megakarioblast
promegakariotsit
megakariotsit
qon plastinkalari (trombotsitlar). Megakarioblastlar o`z morfologik xususiyatlari bilan
differensiallanmagan blast hujayralarga o`xshab ketadi. Ular ancha yirik (15-25 mkm) bo`lib,
dumaloq yoki ovalsimon shaklga ega. Sitoplazma Romanovskiy usuli bilan bazofil bo`yalib, to`q ko`k
rangni oladi va o`zida hech qanday donadorlik saqlamaydi.
Elektron mikroskopda megakarioblastlar sitoplazmasining erkin holda joylashgan ribosoma va
polisomalarga boy ekanligini, mitoxondriyalar, endoplazmatik to`r kanalchalarining esa juda kam
sonli bo`lishini ko`ramiz. Megakarioblastlar takomillashishi davomida promegakariotsitlar hosil
bo`lib, ular megakarioblastlarga nisbatan ancha yirikroqdir. Ularning yadrosi bir necha botiqliklarga
ega bo`lishi tufayli o`zining yumaloq shaklini yo`qotib, bo`g`imlarga bo`lina boshlagan bo`ladi. Shu
bilan bir vaqtda yadro xromatinining zichlashishi ham qayd etiladi.
Elektron mikroskopda promegakariotsitlar sitoplazmasida ancha yaxshi taraqqiy etgan hujayra
organellalari, donachalar va vakuolalar borligi ko`zga tashlanadi. Shu bilan birga hujayra
sitoplazmasining markaziy qismida - endoplazmada organellalar joylashganligi va periferik qismi -
ektoplazma organellalaridan xoli bo`lib, yakka-yarim vakuolalar va donachalar saqlashi diqqatni
tortadi. Promegakariotsitlar yadrosi yirik bo`lib, bir necha bo`g`imlardan iboratligi tufayli noto`g`ri
shaklga ega bo`ladi. Bu bo`g`imlar segment yadroli leykotsitlardagi yadro bo`laklaridan farq qilib,
bir-biri bilan ingichka yadro ko`prikchalari bilan bog`lanmay, balki uzluksiz tutashib ketgandir.
Rivojlanish davomida hujayra sitoplazmasida donadorlik ko`payadi, shu bilan birga
sitoplazmadagi kanalchalar ko`payib, ular sitoplazmani alohida bo`lakchalarga bo`ladi. Bu
kanalchalar demarkatsion membranalar ham deb yuritilib, bo`lg`usi qon plastinkalarining ajralib
chiqish chegaralarini belgilab beradi.
M e g a k a r i o t s i t l a r yirik hujayralardir, ularning o`rtacha diametrlari 60 mkm bo`lib, bu
hol ularning suyak ko`migining gigant hujayralari deb atalishi uchun asos bo`lib hisoblanadi. Voyaga
yetgan megakariotsitlar sitoplazmasi oksifil bo`yalib, unda juda ko`p sonli mayda azurofil donachalar
ko`zga tashlanadi. Megakariotsitlar yadrosi turli xil shakllarga ega bo`lishi mumkin. Yadro 4-5,
ba’zan undan ham ko`proq bo`lakdardan iborat bo`lib, ular bir-biriga tutashgan holda joylashadi va
yadroning noto`g`ri shaklga ega bo`lishini belgilaydi. Elektron mikroskopda ko`rilganda
megakariotsit sitoplazmasining kattaligi 0,2-0,4 mkm keladigan donachalarga boy ekanligi, ulardan
tashqari
sitoplazmada
erkin
joylashgan
ribosomalar, yumaloq mitoxondriyalar va
105
vakuolalar borligi ko`zga tashlanadi. (68-rasm). Megakariotsitlardan qon plastinkalari hosil bo`lish
protsessini quyidagicha tasavvur etish mumkin. Dastavval sitoplazmadagi kanalchalar soni ko`payadi
va ular uzunlashib, uzluksiz yoriqlar shaklini oladi. Bu kanalchalar yoki demarkatsion membranalar
kengayib, sitoplazmani mayda (kattaligi 2- 3 mkm) bo`lakchalarga bo`ladi. So`ngra har bir mayda
bo`lakcha sitoplazmadan ajralib chiqib, mustaqil elementga - qon plastinkasiga aylanadi.
Megakarioblastdan megakariotsit hosil bo`lish jarayoni o`rtacha 25 soat ichida sodir bo`ladi.
68-rasm. Odam suyak ko`migidagi megakariotsit. Elektron mikrofotogramma. x5.000.
1-yadrolar; 2-spetsifik donadorlik.
Megakariotsitlarning hayot muddati esa o`rtacha 10 kunga teng. Megakarioblastlar bo`linib,
megakariotsitlar hosil qilishi davomida yadrodagi DNK miqdori bir necha baravar oshadi, natijada,
megakariotsitlar yadrosidagi xromosomalar soni 92, ba’zida 184 ga teng bo`ladi, ya’ni
megakariotsitlar yadrosi o`zida xromosomalarning poliploid sonini saqlaydi. Bir megakariotsit
sitoplazmasi hisobiga taxminan 16 mingga yaqin qon plastinkasi hosil bo`lishi mumkin. Trombotsitlar
hosil bo`lishi jarayonining tezligi, periferik qondagi trombotsitlar miqdorining doimiyligi nerv va
endokrin mexanizmlar orqali boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |