VOYAGA YETGAN ORGANIZMDA QON YARATILISHI
Voyaga yetgan organizmda qon yaratuvchi asosiy organlar qizil suyak ko`migi, taloq, limfa
tugunlari va bo`qoq bezi (ayrisimok bez) hisoblanadi. Barcha qon shaklli elementlari uchun yagona
boshlang`ich hujayra qonning o`zak hujayralaridir. Uzak hujayralarning mavjudligini kanadalik
olimlar Mak Kullox va Till 1960 yilda isbot qildilar va bu bilan rus olimi A. A. Maksimovning asrimiz
boshida barcha qon hujayralari uchun yagona boshlang`ich hujayra mavjud ekanligi to`g`risidagi
fikrini tasdiqladilar. Uzak hujayralar qon yaratilishining barcha yo`nalishlarida, ya’ni eritrotsitopoez,
granulotsitopoez, limfotsitopoez, monotsitopoez va trombotsitopoez yo`nalishlarida rivojlana oladigan
hujayralar sinfiga kiradi. Ularning asosiy xususiyatlari o`z-o`zini saqlab qolish qobiliyatining borligi
ko`payish imkoniyatiga egaligi va turli yo`nalishlarda rivojlana olishi hisoblanadi. Uzak hujayralar
ma’lum bir miqdorda bo`lib, bo`linganida ham ularning soni o`zgarmay doimiy qoladi, ya’ni o`zak
hujayra bo`linishi natijasida hosil bo`lgan ikki hujayraning faqat bittasigina takomillashishni davom
ettirib, ikkinchisi o`zgarmay, o`zak hujayraligicha qoladi. Bu hujayralar tuzilishi bo`yicha mayda
qoramtir limfotsitlarga o`xshab ketadi. Hujayralar diametri o`rtacha 8-10 mkm bo`lib„ sitoplazmasi
tor. Hujayra organellalari va polisomalar kam„ erkin ribosomalar esa ko`p. Uzak hujayralarni
o`rganish ular-ning koloniyalar (ma’lum bir yo`nalishda takomil etuvchi hujayralar to`plami) ni hosil
qilish xususiyati bilan chambarchas bog’liqdir. Bir o`zak hujayra faqat bitta koloniya hosil qila-di va
uni koloniya hosil qiluvchi birlik deb ataladi. Uzak. hujayralar asosan ikki yo`nalishda
differensiallanishi aniqlangan. Birinchi yo`nalishda yarim o`zak hujayra yoki miyelopoezning
boshlang`ich hujayrasi (M B H) hosil bo`ladi. Bu hujayra eritro-, granulo-, mono- va
megakariotsitopoezlar yo`nalishida differensiallanadi. Ikkinchi yo`nalishda boshqa yarim o`zak
hujayra yoki limfotsitopoezning boshlang`ich hujayrasi (L B H) hosil bo`ladi. U o`z navbatida T- va
B-limfotsitopoezlar yo`nalishida differensiallanish qobiliyatiga ega. Yarim o`zak hujay-ralar (MBH,
LBH) dan tashqari gemotsitopoezning har bir qa-tori uchun xos bo`lgan boshlang`ich unipotent
hujayralar ham mavjudligi aniqlangan. Masalan, eritrotsitlarning (EBH),, neytrofillarning (NBH),
bazofillarning (BBH), eozinofillarning (EOBH), monotsitlarning (MNBH), megakariotsitlarning
(MGBH), T- va B-limfotsitlarning (TlBH, BlBH) o`z bosh-lang`ich hujayralari bor. Ulardan o`z
navbatida morfologik jihatidan identifikatsiya qilinishi mumkin bo`lgan blast hujayralar-
eritroblastlar,
monoblastlar,
miyeloblastlar,
megakarioblastlar,
T-va
B-limfoblastlar
differentsiallashadi.
Shunday qilib, gemotsitopoez jarayonida turli hujayralar sinflari mavjudligi ko`riladi: o`zak
(yoki polipotent) hujayralar, yarim o`zak hujayralar (MBH va LBH), unipotent hujayralar (EBH,
EOBH, NBH, BBH, MNBH, MGBH, TlBH, BlBH), blast hujayralar, yetiluvchi hujayralar, yetuk
hujayralar. Uzak hujayralardan boshlab to yetuk qon shaklli elementlari hosil bo`lguncha kechadigan
jarayon qon yaratuvchi a’zolarda mavjud bo`lgan mikromuhit ta’sirida bo`ladi. Mikromuhitni hosil
qiluvchi asosiy elementlar bo`lib, retikulyar, interdigitik, dendritik hujayralar va makrofaglar
hisoblanadi.
Bo`qoq bezi yoki timusda esa bu jarayonda retikuloepitelial hujayralar asosiy rol o`ynaydi.
Mikromuhit hujayralari o`zak yoki yarim o`zak hujayralarining qon shaklli elementlariga
differensialanishini ta’minlovchi biologik aktiv moddalar ishlab chiqaradi. Bu moddalarga
eritrotsitopoezda aktiv ishtirok etuvchi eritropoetin, megakariotsitopoezda qatnashuvchi
trombopoetin yoki T-limfotsitlarning hosil bo`lishida aktiv rol o`ynaydigan timopoetin va boshqalar
misol bo`la oladi.
Gemotsitopoez jarayoni to`g`risida ko`p nazariyalar yaratilgan. Ularni polifiletik (ya’ni bir
necha o`zak hujayralari mavjudligini tan oluvchi), dualistik (ikki o`zak hujayrasi mavjud deyuvchi)
va unitar (yagona o`zak hujayrasi borligini tan oluvchi) nazariyalarga bo`lish mumkin. Hozirgi paytda
barcha talablarga javob beradigan qon yaratilishi nazariyasi unitar nazariya hisoblanadi. Bu nazariya
rus va sovet olimlari A. A. Maksimov, A. N.
Kryukov, I. A. Kassirskiylarning ishlari va,
98
nihoyat, oxirgi 15-20 yillar ichida olib borilgan eksperimental ishlar natijasida rivojlandi va
mustahkamlandi. Unitar nazariya bo`yicha barcha qon elementlari uchun yagona polipotent o`zak
hujayrasi mavjud. Bu hujayra qonning barcha shaklli elementlari uchun eng bosh hujayra hisoblanadi.
Gemotsitopoez jarayonini shartli ravishda ikki to`qimada - miyeloid va limfoid to`qimalarda kechadi
deb hisoblanadi. Miyeloid to`qimada (textus myeloideus) asosan eritro-, granulo-, mono- va
megakariotsitopoezlar sodir bo`ladi. Bu to`qimaga asosan qizil suyak ko`migi kiritiladi. Limfoid
to`qimaga (textus lymphoideus) esa timus, taloq, limfa tugunlari va boshqa limfoid tuzilmalar kirib,
bu yerda limfotsitlar va plazmatik hujayralar hosil bo`lishi kuzatiladi. Ammo bu ikkala to`qimaning
ajratilishi juda shartli bo`lib, ular ichki muhit to`qimasining faqat bir qismidir. Gemotsitopoez
sxematik tarzda 65-rasmda keltirilgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |