Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


PLAZMATIK HUJAYRALAR YOKI PLAZMOTSITLAR (PLASMOCYTI)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

PLAZMATIK HUJAYRALAR YOKI PLAZMOTSITLAR (PLASMOCYTI) 

 

Plazmotsitlar  sut  emizuvchilarda  va,  xususan,  odamda  ko`p  uchrovchi  hujayra  turidir.  U 

murtaklarda,  taloq,  limfa  tuguni,  jigar,  ichakning  shilliq  qavatida  va  boshqa  a’zolarda  uchraydi. 

Plazmatik hujayralar oval yoki yumaloq shaklga ega bo`lib, yadrosi ekstsentrik joylashadi. Hujayra 

sitoplazmasi to`q bazofil bo`yaladi. 

Elektron  mikroskopda  plazmotsit  sitoplazmasida  juda  yaxshi  rivojlangan  donador 

endoplazmatik to`r, Golji kompleksi va erkin ribosomalarni ko`rish mumkin. Golji kompleksi atrofi-

da  lizosomalar ham uchraydi. Plazmotsitlarning asosiy  vazifasi immunoglobulinlar  yoki antitelolar 

ishlab chiqarishdir. Hozirgi vaqtda immunoglobulinlarning asosan 5 sinfi (A, G, M, D, E) plazmatik 

hujayrada  hosil  bo`lishi  tasdiqlangan.  Bu  moddalar  donador  endoplazmatik  to`rda  vujudga  kelib, 

boshqa  a’zo  hujayralaridagi  singari  sekretor  konveyerga  tushib,  hujayradan  tashqariga  chiqariladi. 

Sekretor  moddaning tashqariga chiqishi plazmotsitoz (sitoplazma bo`lakchalarining ajralnshi)  yo`li 

bilan  yuzaga  chiqishi  mumkin.  Hozirgi  davrda  plazmatik  hujayralarning  B-  limfotsitlardan  hosil 

bo`lishi aniqlangan. Qonning o`zak hujayralaridan qushlarda Fabritsiy xaltachasi, sut emizuvchilarda 

esa qizil suyak ko`migida B-limfotsitlar hosil bo`ladi. B-limfotsitlar esa antitelolar ishlab chiqaruvchi 

plazmatik hujayralarga aylanishi mumkin. 

Plazmatik  hujayralarning  bir  necha  turlari  farqlanadi:  plazmoblastlar,  proplazmotsitlar  va 

yetuk  plazmatik  hujayralar.  Plazmoblast  hujayrasida  RNK  to`planadi  va  bu  hujayra  intensiv  oqsil 

sintez qiladi. Antitelolarning hosil bo`lishi plazmoblastlarning yetilgan plazmatik hujayraga aylanishi 

bilan  bog`liq.  Bunda  bir  necha  ketma-ket  hujayra  bo`linib,  bir  plazmoblastdan  o`nlab  yetilgan 

plazmatik hujayralar hosil bo`ladi. Immunologik aktiv klon antigen kiritilgandan 1--2 kundan so`ng 

plazmoblastlarning  bo`linishidan  hosil  bo`ladi.  Plazmoblastlar  tez  bo`linuvchi  hujayralardir.  Ular 

proplazmotsitlar  bosqichiga  o`tib,  ko`p  miqdorda  immunoglobulin  hosil  qiladi.  Shu  bilan  ularda 

ko`payish  qobiliyati  saqlanib  qoladi.  So`ngra  proplazmotsitlar  yetilgan,  ko`payish  qobiliyatini 

yo`qotgan  hujayralarga  aylanadi.  Hujayra  bo`linishidan  boshlab,  ya’ni  klon  hosil  bo`lishidan  to 

yetilgan  plazmatik  hujayralar  hosil  bo`lguncha  3  sutka  o`tadi.  Antitelo  hosil  bo`lishining  to`xtashi 

antitelo  hosil  qiluvchi  hujayralar  populyatsiyasiningso`nishi  bilan  bog`liq.  Antigen  to`qimaga 

tushganda  unda  plazmatik  qatorning  hamma  hujayralari,  ko`proq  yetilgan  plazmatik  hujayralar 

bo`ladi.  Lekin  immunologik  reaksiya  boshlanishida  avval  antitelo  hosil  qiluvchi  plazmoblastlar, 

undan so`ng yetilgan hujayralar ko`payadi. Immunologik reaksiyaga tayyorlik boshlang`ich hujayraga 

bog`liq  bo`lib,  yetilgan  hujayralarga  bog`liq  emas.  Bir  plazmatik  hujayra  faqat  bir  immunologik 

spetsifik antitelo hosil qiladi. 

 



 

114 



Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish