Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


AGRANULOTSITLAR (DONASIZ LEYKOTSITLAR, AGRANULOCYTI)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

AGRANULOTSITLAR (DONASIZ LEYKOTSITLAR, AGRANULOCYTI) 

 

Agranulotsitlar  yoki  donasiz  leykotsitlar  o`z  sitoplazmalarida  maxsus  donachalar 



saqlamaydigan oq qon tanachalaridir. Ammo  «agranulotsitlar» termini ko`p jihatdan shartli bo`lib, 

hujayralarning  tuzilishini  to`la  ifodalamaydi.  Tuzilishi  va  funksiyasi  jihatidan  agranulotsitlar 



limfotsitlarga va monotsitlarga bo`linadi (62-rasm). 

Limfotsitlar (lymphocyti). Ular voyaga yetgan organizmda leykotsitlar umumiy sonining 20-

35% ini tashkil qiladi. Organizmda o`rta hisobda 1,5 kg atrofida limfotsitlar bo`lib, shundan faqatgina 

5  g  ga  yaqinigina  periferik  qonda,  70  g  suyak  ko`migida,  qolganlari  esa  to`qima  va  organlarda 

taqsimlangan bo`ladi.  Limfotsitlar  yirik (diametri 10-15 mkm),  o`rta(diametri 7-9  mkm)  va  mayda 

limfotsitlarga (diametri 4,5-6 mkm) ajratiladi. Normal sharoitlarda qonda faqat 10% ga  yaqin  yirik 

limfotsitlar  bo`lib,.  qolgan  90%  ini  esa  o`rta  va  mayda  limfotsitlar  tashkil  qiladi.  Limfotsitlarning 

umumiy  tuzilish  prinsipi  juda  oddiy,  ular  ko`pincha  markazda  joylashgan  yirik,  yumaloq  va 

loviyasimon shaklga ega bo`lgan yadro saqlaydi. 

 Elektron mikroskop ostida yadro strukturasining yirik, o`rta va mayda limfotsitlarda har xil 

ekanligi ko`rinadi. Mayda limfotsitlarda yadro yumaloq yoki birgina botiqlikka ega bo`lib, xromatin 

zichlashgan va yadro bo`ylab barobar taqsimlangandir. Urta va yirik limfotsitlar ochroq yadroga ega 

bo`lib, xromatin mayda donachalar shaklida asosan yadro qobig`i ostida to`plangan. Bu limfotsitlar 

yadrosida  ko`pincha  bir  yoki  bir  necha  yadrochalarni  uchratish  mumkin.  Limfotsitlar  sitoplazmasi 

ingichka„  ba’zida  esa  keng  hoshiya  shaklida  yadro  atrofida  joylashib.  Romanovskiy  usuli  bilan 

bo`yalganda  to`q  ko`kish  rangdan  (o`ta  bazofil)  och  havorang  tusgacha  (sust  bazofil)  bo`yalishi 

mumkin. 



 

91 


 

 

 



62- rasm. Agranulotsitlarning yoki donasiz leykotsitlarning ultramikroskopik tuzilishi (sxema). 

A-limfotsit;  B-  monotsit;  1-  yadro;  2-ribosomalar;  3  -mikrovorsinkalar:  4  -  lizosomalar  5-Golji 

kompleksi; 6-mitoxondriyalar; 7- pinotsitoz pufakchalar (N.A.Yurina va L.S. Rumyan- tsevadan). 

 

Elektron  mikroskop  yordamida  mayda  va  o`rta  limfotsitlar  sitoplazmasida  ko`p  sonli  erkin 



ribosomalarni va bir necha mitoxondriyalarni ko`rish mumkin. Endoplazmatik to`r va Golji kompleksi 

sust taraqqiy etgan bo`ladi. Ba’zida yadroning botiq zonasida hujayra markazi va mayda pufakchalar 

uchraydi.  Rastrlovchi  elektron  mikroskop  ostida  limfotsitlarning  yuzasida  tur-li  miqdorda  va 

kattalikda  bo`lgan  mikrovorsinkalar  ko`rinadig  (63-rasm).  yirik  limfotsitlar  sitoplazmasi  nisbatan 

ko`prots  va  tekis  taqsimlangan  mitoxondriyalar  bo`lishi,  ba’zi  bir  hollarda  esa  elektron  zich 

donachalar saqlashi bilan xarakterlanadi. Shuni qayd etib o`tish kerakki, limfotsitlar garchand donasiz 

leykotsitlar qatoriga kirsada, ularning ma’lum bir miqdorida sitoplazmada zich donachalar va parallel 

yo`nalgan  naychalar-(PYN)  sistemasi  topilgan.  Bu  limfotsitlar  asosan  yirik  bo`lib,  «yirik  donador 

limfotsitlar» nomi bilan yuritiladi. Ular umumiy limfotsitlarning taxminan 10-15% ini tashkil etib, yot 

hujayralar yoki mikroorganizmlarni halok etishda asosiy rolni o`taydi. Sitoximiyaviy va bioximiyaviy 

usullar  bilan  limfotsitlar  tarkibida  ko`p  miqdorda  nukleoproteidlar,  katepsinlar,  glikogen,  gistidin, 

fermentlardan  nukleazalar,  amilaza,  kislotali  fosfataza,  sitoxromoksidaza  va  boshqalar  bo`ladi. 

Limfotsitlar immunitet jarayonida eng faol ishtirok etadigan hujayralardir. 

Immunologik  va  funktsional  nuqtai  nazardan  limfotsitlarning  ikki  turi  -  T-  va  B-limfotsitlar 



sistemasi  farqlanadi.  T-limfotsitlar  buqoq  bezida  (Thymus)  rivojlanadi.  Ularning  nomi  ham  shu 

organning bosh harfidan kelib chiqadi. Timusga kelgan o`zak hujayralar shu a’zoda hosil bo`luvchi 

moddalar  ta’sirida  T-limfotsitlarga  aylanadi.  T-limfotsitlar  qon  orqali  periferik  organlarga  (taloq, 

limfa  tuguni,  murtaklar  va  boshqalar)  boradi  va  shu  a’zolarning  ma’lum  qismida  (T-zonasida) 

joylashadi. Taloqda  T-zona periarterial  qismda,  limfa tugunida  esa parakortikal  qismda joylashadi. 

Hozirgi vaqtda T-limfotsitlarning anchagina turi farqlanadi. B-limfotsitlar xaqidagi ta’limot birinchi 

marta qushlarda topilgan Fabritsiy xaltasi (Bursa Fabricius) bilan bog`liq bo`lib, shu tufanli B-l i m f 

o  si  t  l  a  r  deb  yuritiladi.  Ammo  qushlarda  mavjud  bu  a’zo  odamda  yo`q,  demak,  uning  o`rnini 

bosuvchi a’zolar bo`lishi kerak. Ko`p yillik muhokamalar odam organizmida bu xaltaning (bursaning) 

o`rnini qizil suyak ko`migini (ingl.- bone marrow) bosishini ko`rsatdi. 

 



 

92 


 

 

63-rasm.  Periferik  qondagi  mikrovorsinkalar  tutuvchi  limfotsit.  Rastrlovchi  elektron 



 

mikroskopda ko`rinishi. X 8.000.  

1-mikrovorsinkalar. 

 

Demak, odamda T-sistemaning asosiy a’zosi bo`lib timus xizmat qilsa, V-sistemaning asosiy 



a’zosi  qizil  suyak  ko`migidir.  Unda  hosil  bo`lgan  B-limfotsitlar  taloq,  limfa  va  boshqa  limfoid 

tuzilmalarga borib, u yerda ma’lum bir qismlarda yetuk B-limfotsitlarga shakllanadi. Bu qismlar B-l 

i m f o s i t l a r zonasi  yoki B-z o n a deb nomlanadi. B-limfotsitlar organizm biror antigen bilan 

uchrashganda ko`paya boshlaydi. Dastlab B-blastlar hosil bo`lib (yirik, yosh hujay-ra), ulardan esa 

antitelolar sintez qiladigan plazmatik  hu-jayralar hosil  bo`ladi. T-limfotsitlar hujayraviy  immunitet 

reaksiyalarida  ishtirok  etsa,  B-limfotsitlar  gumoral  immunitet  reaktsiyalarini  ta’minlaydi. 

Limfotsitlarning  immunologik  reaksiyalarda  tutgan  o`rni,  T-,  B-limfotsitlarning  xususiyatlari  va 

o`zaro  munosabatlari  darslikning  «Immunologik  reaktsiya-larning  morfologik  asoslari»  bobida 

keltirilgan. 

Limfotsitlarning  ma’lum  sharoitlarda  turli  moddalar  -  stimulyatorlar  (masalan, 

fitogemagglyutinin - FGA, bakterial antigenlar) ta’sirida kam differensiallangan blast hujay-ralarga 

aylanishi  ularning  muhim  xususiyatlaridan  biridir.  Blast  hujayralar  bo`linish  va  differensiallanish 

qobiliyatiga  ega  bo`lib, natijada, ular hisobiga  aktivlashgan limfotsitlar (immunotsitlar) kloni hosil 

bo`ladi. 

Limfotsitlarning yashash muddati turlicha bo`lib, ular orasida qisqa muddat (hafta va oylab) 

yashovchi  B-limfotsitlar  10-  20%  ni  tashkil  etadi.  Uzoq  muddat  (bir  necha  yilgacha)  yashovchi 

limfotsitlar ko`proq (80% gacha) bo`lib, asosan, T-limfotsitlardan iboratdir. Limfotsitlar miqdorining 

absolyut  ko`payib  ketishi  (limfotsitoz)  turli  kasalliklarda  kuzatilishi  mumkin.  Yangi  tug`ilgan 

chaqaloqlarda limfotsitlar 50-60% ni tashkil etadi. 

Limfotsitlar  sonining  kamayib  ketishi  (limfopeniya)  nur  kasalligida  va  turli  xil 

intoksikatsiyalarda uchraydi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish