Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Eozinofil  leykotsitlar  yoki  eozinofillar  (granulocyti  eosinophilici)



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Eozinofil  leykotsitlar  yoki  eozinofillar  (granulocyti  eosinophilici).  Ular  neytrofillarga 

nisbatan birmuncha yiriqroq bo`.lib, diametri qonda 10-11 mkm, qon surtmasida esa 12-15 mkm ga 

teng. 

Eozinofillar  fiziologik  holatda  leykotsitlar  umumiy  miqdorining  2-5%  ini  tashkil  etadi. 



Eozinofillar yadrosi, neitrofillarnikiga o`xshash tuzilgan bo`lib, alohida bo`laklardan (segmentlardan) 

iborat. Bo`laklar soni eozinofillarda asosan 2 ta bo`lib, 3 yoki undan ko`p segmentli yadro saqlovchi 

eozinofillar  juda  kam  uchraydi.  Eozinofillarni  boshqa  leykotsitlardan  aljatib  turuvchi  asosiy 

xususiyati ular sitoplazmasida joylashgan  maxsus donachalarning o`ziga xos tuzilishidir. Eozinofil 

donachalari ikki turli bo`lib, birinchisi yumaloq yoki oval shaklga ega va neytrofillarnikiga nisbatan 

yirikroqdir (diametri 0,3-1,5 mkm). Ular ko`p miqdorda bo`lib, Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda 

eozin bilan qizil rangga bo`yaladi va tashqi ko`rinishi bo`yicha «qizil ikrani» eslatadi. 

Elektron  mikroskop  ostida  eozinofillar  o`zlarining  hujayra  organellalari  tuzilishi  bo`yicha 

neytrofillardan deyarli farq qilmaydi. Ular sitoplazmasidagi maxsus eozinofil donadorligi esa o`ziga 

xos ultramikroskopik tuzilishga ega. 

Odamda va kalamush eozinofillarida  birinchi tur donachalar oval  yoki cho`zinchoq  shaklga 

ega  bo`lib,  har  xil  elektron  zichlikka  ega  bo`lgan  qismlardan  iborat  (60-rasm).  Donachalarning 

markazida yoki markazdan sal chetroqda katta elextron zichlikka ega bo`lgan prizma, trapetsiya yoki 

to`g`ri  burchak  shaklidagi  kristalloid  tuzilma  joylashgan  bo`lib,  qolgan  qismi  esa  elektron  zichligi 

kamroq  donador  materialdan  iborat.  Ikkinchi  tur  donachalar  maydaroq  (0,1-0,5  mkm)  bo`lib, 

gomogen  yoki  donador  tuzilishga  ega.  Ularda  kristalloid  uchramaydi.  Bu  donachalar  oz  miqdorda 

bo`lib, o`zida kislotali fosfataza va arilsulfataza fermentlarini saqlaydi. Ularga birinchi tur donachalar 

hosil bo`lishidagi dastlabki bosqich deb qaraladi. 

Bioximiyaviy  va  sitoximiyaviy  usullar  bilan  birinchi  tur  eozinofil  donachalarda  kislotali 

fosfataza  va  arilsulfatazadan  tashqari  oksidlanish  fermentlari  -  peroksidaza,  diaminoksidaza 

(gistaminaza) va katalazalar borligi aniqlangan. Peroksidaza eozinofillarda neytrofillarga nisbatan 2,5 

baravar ko`p bo`lib, ximiyaviy tarkibi bilan laktoperoksidazalarga kiradi. Peroksidaza donachalarning 

periferik qismida joylashib, kristalloid tuzilmalarda uchramaydi. Fermentlardan tashqari donachalar 

tarkibida ko`p miqdorda asosiy va kation oqsillar bor. Barcha ko`rsatilgan moddalar eozinofillarning 

maxsus vazifalarni bajarishini ta’minlaydi. 

Eozinofil  leykotsitlar  aktiv  harakat  qilish  va  birmuncha  fagotsitoz  qobiliyatiga  ega.  Biroq 

eozinofil  leykotsitlarning  fagotsitoz  qilish  qobiliyati  juda  past  bo`lib,  neytrofillar  fagotsitoz 

aktivligining faqat yarmini tashkil etadi. Eozinofillarning allergik reaktsiyalarda ishtirok etishi hozirgi 

paytda to`la tasdiqlangan. 

Turli  allergik  holatlarda  eozinofillarning  soni  bilan  gistamin  moddasi  almashinuvi  orasida 

o`zaro  bog`lanish  bo`lib,.  eozinofillar  gistaminni  aktiv  ravishda  yutadi  va  gistaminaza  fermenti 

yordamida parchalaydi. Arilsulfataza va asosiy oqsillar ham allergik reaksiyalarda hosil bo`ladigan 

moddalar (mediatorlarni) ni neytrallashda aktiv ishtirok etadilar. Peroksidaza, asosiy va kation oqsillar 

organizmga tushgan turli xil parazitlarga va ularning lichinkalariga sitotoksik ta’sir ko`rsatadi. 

Eozinofillar  sonining  oshib  ketishi  eozinofiliya  deb  atalib,  turli  xil  allergik  holatlarda, 

jumladan,  bronxial  astmada,  zardob  kasalligida,  parazitar  kasalliklarda  va  boshqalarda  uchraydi. 

Eozinofillar  takomili  va  ularning  qonga  tushishi  gumoral  boshqaruv  mexanizmlari  ta’siri  ostida 

bo`ladi.  Buyrak  usti  bezi  po`st  moddasining  gormonlari  (glyukokortikoidlar)  va  gipofiz 

gormonlarining  (AKTG)  miqdori  oshgan  paytda  eozinofillar  sonining  kamayib  ketishi  kuzatiladi 

(eozinopeniya).  Shu  sababdan  eozinofillar  miqdori  ko`rsatilgan  gormonlar  yorda-mida  boshqarib 

turiladi  deb  hisoblanadi.  Eozinofillarning  yashash  muddati  10-12  sutkaga  teng  bo`lib,  shundan  4 

sutkasi suyak ko`migida o`tadi. Ular qonda qisqa vaqt (4-12 soat) bo`lib, keyin to`qimalarga chiqadi 

va o`z asosiy vazifalarini bajaradi. 



 

90 


 Bazofil  leykotsitlar  yoki  bazofillar  (granulocyti  basophilici).  Ular  neytrofil  va 

eozinofillarga nisbatan maydaroq bo`lib, o`rtacha diametrlari qonda 7-8 mkm, qon surtmalarida esa 

10-12  mkm  ga  teng.  Bazofillar,  leykotsitlar  ichida  eng  kam  sonli  hujayralar  bo`lib,  fiziologik 

sharoitlarda  ular  leykotsitlar  umumiy  miqdorining  0,5-1  %  ini  tashkil  etadi.  Bazofil  leykotsitlar 

yadrosi ko`pincha 2 segmentdan iborat bo`lib, hujayra organellalarining tuzilishi jihatidan neytrofil 

va eozinofillardan deyarli farq qilmaydi. Bazofillar sitoplazmasidagi maxsus donachalarning tuzilishi 

va  bo`yalishi  ularni  boshqa  donador  leykotsitlardan  ajratishga  imkon  beradi.  Bazofil  donachalari 

Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda o`zlariga ishqoriy bo`yoqlarni yaxshi qabul qilib, har xil, ya’ni 

pushti  binafshadan  tortib  qora  ranggacha  bo`yaladi.  Bazofil  donachalarining  bu  xususiyati,  ya’ni 

bo`yoq rangiga xos bo`lmagan tusni olishi metaxromaziya deb nomlanadi va donachalar tarkibidagi 

maxsus glikozaminoglikan - geparin bilan bog`liq. 

Elektron mikroskop ostida ko`rilganda bazofil donachalarining bir xil tuzilishga ega emasligi 

aniqlangan.  Donachalar  ancha  yirik  (diametrlari  0,4-1,2  mkm)  bo`lib,  yumaloq  yoki  oval  shaklga 

egadir.  Ularning  mag`zida  bir-biriga  parallel  yo`nalgan  ko`p  sonli  tuzilmalar  ko`rinadi. 

Donachalarning ximiyaviy tarkibi ancha murakkab bo`lib, ularda geparin, gistamin va serotonin (5-

oksitriptamin)  borligi  aniqlangan.  Bazofillar  tarkibida  qondagi  barcha  gistaminning  yarmi 

mujassamlashgandir.  Ular  geparinga  ham  boy.  Bazofillar  tarkibida  glikogen,  kislotali  fosfataza  va 

peroksidaza ham uchraydi. Bulardam tashqari, donachalarda maxsus gistidindekarboksilaza fermenti 

bo`lib, u gistidindan gistamin sintezlanishini ta’minlaydi. Shunday qilib, ximiyaviy tarkibi bo`yicha 

bazofil leykotsitlar biriktiruvchi to`qimaning semiz hujayralari yoki to`qima bazofillariga juda ham 

yaqin  turadi.  Uz  tarkibida  ko`p  miqdorda  geparin  va  gistamin  saqlovchi  bu  hujayralar  allergik 

reaksiyalarda va immunitet protsesslarida faol ishtirok etadk. Ular organizmda allergenlarning maxsus 

IgE antitelolar bilan hosil qilgan kompleksiga javoban o`z donachalarini chiqaradi (degranulyatsiya). 

Natijada, ajralib chiqqan gistamin va boshqa biologik aktiv mediatorlar to`qimalar ichki muhitining 

o`zgarishiga  va  allergiya  paydo  bo`lishiga  olib  keladi.  Bazofillarning  hayotiy  sikli  10-12  sutkadan 

iborat bo`lib, eozinofillardan deyarli farq qilmaydi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish