Barcha granulotsitlarning umumiy tuzilishi bir-biriga o`xshaydi (maxsus donachalari bundan
mustasno). Ular yumaloq bo`lib, yadrosi bir necha alohida bo`laklarga (segmentlarga) bo`lingan.
Xromatin zichlashgan bo`lib, asosan yadroning chekka qismida joylashadi. Elektron mikroskop ostida
granulotsitlar hujayra qobig`ining ko`p sonli psevdopodiyalari hisobiga noto`g`ri shaklda ekanligi
ko`rinadi. Hujayra organellalari kam sonli: sitoplazma bo`ylab bir tekisda tarqoq joylashgan mayda
mitoxondriyalar va endoplazmatik to`r pufakchalari ko`rinadi. Sitoplazmaning asosiy qismini esa bir-
Neytrofil leykotsitlar yoki neytrofillar (granulocyti neutrophilici). Ular yumaloq shaklga ega
bo`lib, diametri qonda 7- 9 mkm, qon surtmalarida esa yapaloqlashib 10-13 mkm gacha yeta-di.
Neytrofillar leykotsitlar ichida eng ko`p sonli bo`lib, ular umumiy miqdorining 65-70 protsentini
87
60-rasm. Granulotsitlarning yoki donador leykotsitlarning ultramikroskopik tuzilishi (sxema).
A-segment yadroli neytrofil leykotsit; B-eozinofil leykotsit; V-bazofil leykotsit; 1-yadro segmentlari;
2 - jinsiy xromatin; 3 - birlamchchi yoki azurofil donachalar; 4 - ikkilamchi yoki spetsifik donachalar;
5- spetsifik, kristalloid saqlovchi eozinofil donachalar; 6- turli tu-zilishga ega bo`lgan bazofil
donachalar; 7-organellalar bo`lmaydigan periferik zona; 8-mik-rvorsinkalar va psevdopodiyalar (N.
A. Yurina va L. S. Rumyantsevadan).
Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda neytrofillar sitoplazmasi och oksifil bo`lib, unda ko`p
sonli ko`kish-pushti rangli mayda donachalar ko`rinadi. Elektron mikroskop ostida neytro-fillarning
donachalari asosiy ikki xildan - birlamchi (azurofil) va ikkilamchi (maxsus) donachalardan iborat
ekanligi aniqlangan (61-rasm). Birlamchi donachalar yirikroq (0,4- 0,8 mkm diametrga) va katta
elektron zichlikka ega. Ikkilamchi donachalar elektron zichligi kamroq va o`lchamlari ham nisbatan
kichikroqdir (0,2-0,5 mkm). Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, neytrofil hujayralarining suyak
ko`migidagi taraqqiyoti davomida birlamchi donachalarning soni kamayib boradi va ular yetuk
neytrofillarda umumiy donachalar sonining faqatgina 10-15% ga yaqin qismini tashkil etadi. Elektron
mikroskopik, sitoximik va bioximik usullar yordamida mazkur donachalar bir-biridan o`z ximiyaviy
tarkibi bilan tubdan farq qilishi aniqlangan. Birlamchi donachalar o`z tarkibida bir qator gidrolitik
fermentlar,
jumladan,
kislotali
fosfataza,
b-glyukuronidaza,
arilsulfataza,
proteaza
va
miyeloperoksidaza saqlaydi. Ikkilamchi donachalarning tarkibi boshqacharoq bo`lib, ularda asosan
ishqoriy fosfataza bo`ladi, kislotali fosfataza va miyeloperoksidaza esa uchramaydi. Ularga xos bo`lib
laktoferrin, kationli oqsillar, lizotsim va boshqa mikroblarga sarshi xizmat qiluvchi moddalar
hisoblanadi. Neytrofillar tashqi tomondan qalinligi 10 nm va ko`p sonli yolg`on oyoqlari
(psevdopodiylar) tufayli notekis bo`lgan hujayra qobig`i bilan o`ralgandir. Ko`p sonli
psevdopodiylarning bo`lishi neytrofillarning aktiv harakat silish qobiliyatiga ega ekanidan dalolat
beradi.
88
61-rasm. Odam qonining segment yadroli neytrofil leykotsiti. Elektron
mikrofotogramma.
X 10.000.
1-yadro segmentlari; 2-sitoplazmadagi spetsifik donachalar; 3-gialoplazma.
Leykotsitlar umumiy sonining mutloq ko`pchiligini (60- 65%) segment yadroli yetuk
neytrofillar tashkil etadi. Yetuk neytrofillar yadrosi ko`pincha 3-4 ta alohida bo`laklardan (seg-
mentlardan) iborat bo`lib, bu bo`laklar ingichka ko`prikchalar yordamida o`zaro tutashib turadi.
Xromatin asosan yadro chekkasida to`plangan bo`lib, yadro markazida esa siyrak joylashadi.
Neytrofillarning bir qismi (2-4%) egilgan tayoqcha yoki «S» shaklida yadro tutadi va tayoqcha
yadroli neytrofillar deb ataladi. Yosh neytrofillar yoki metamiyelotsitlar deb ataluvchi neytrofillar
loviyasimon yoki taqasimon, xromatini tarqoq yadroga ega. Bu neytrofillar fiziologik sharoitlarda
periferik qonda ham uchrab, ularning mitsdori 0,5% Dan oshmaydi. Tayoqcha yadroli va yosh
neytrofillar sonining ko`payib ketishi muhim diagnostik ahamiyatga ega. Ayollarning yetuk
neytrofilla-rida maxsus xromatin tanachalari yoki Barr tanachalari uchraydi. Ular yadro qobig`i ostida
baraban tayoqchasi yoki uzilayotgan tomchi shaklida bo`ladi. Barr tanachalari XX xromosomaga ega
bo`lgan kishilarda, ya’ni faqat ayollar neytrofillaridagina bo`lib, erkaklarda bitta X-xromosoma
bo`lganligi sababli uchramaydi. Barr tanachalari yoki jinsiy xromatinning bo`lishi sud-meditsina
tajribasida muhim ahamiyatga ega. Neytrofillar aktiv harakat qilish qobiliyatiga ega bo`lib,
organizmning yallig`lanish jarayoni va to`qimalar yemirilishi sodir bo`layotgan joylariga yetib boradi.
Bu yerda neytrofillar yot zarrachalar, mikroblar va yemirilgan hujayra bo`laklarini fagotsitoz qiladi.
Shu xususiyati tufayli neytrofillarni mikrofaglar ham deb ataladi. Neytrofillarning muhim
xususiyatlaridan biri ularning bazal membranadan va hujayra elementlari orasidan o`tib, biriktiruvchi
to`qimaning asosiy moddasi tomon siljish qobiliyatidir. Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, neytrofillar
o`z sitoplazmasida qator gidrolitik fermentlarni saqlaydi. Bulardan tashqari, neytrofillarda 5 ga yaqin
bakteritsid (mikroorganizmni «miruvchi) oqsil moddalar, jumladan, fagotsitin, opsonin va boshqalar
topilgan. Neytrofillarda glikogen va bir qator aminokislotalarning bo`lishi ularning modda
almashinuv protsesslarida aktiv ishtirok etishidan dalolat beradi. Bulardan tashqari, neytrofillarda
maxsus moddalar - keylonlar bo`lib, ular granulotsitlarning proliferatsiya va differensiala-nish
jarayonlarini boshtsarishda ishtirok etadi. Neytrofillarning yashash muddati o`rta hisobda 10,2
sutkaga teng bo`lib, shundan 4 sutkasi suyak ko`migida o`tadi. Neytrofillar periferik qonda oz muddat
(8-24 soat) bo`ladi. To`qimaga tushgach, ular qaytib tomirlarga o`tmaydi, to`qimalarda o`z
vazifalarini ado etgach, yemiriladi. Neytrofillar miqdorining ko`payib ketishi - neytrofilyoz turli xil
89
yallig`lanish reaksiyalarida kuzatiladi. Bunday hollarda ko`pincha tayoqcha yadroli va yosh
neytrofillar protsent miqdoriniig ko`payishi, ya’ni leykotsitar formulaning chapga siljishi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: