52
JINSIY HUJAYRALAR (GAMETALAR)
Jinsiy hujayralarning yoki gametalarning 2 xil turi tafovut etiladi - erkaklar va ayollar jinsiy
hujayralari. Ular bir-birlaridan ham morfologik, ham fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladi.
ERKAKLAR JINSIY HUJAYRASI-SPERMATOZOIDNING TUZILISHI
Spermatozoidning boshchasi, bo`yni, tana qismi va dumchasi tafovut qilinadi (31-rasm).
Spermatozoidning boshchasi uncha katta bo`lmagan zich yadro va sitoplazmaning yupqa qavatidan
tashkil topgan. Boshchaning oldingi yarmida g`ilofcha (akroblast) joylashib, uning ichida bevosita
boshchaning oldingi uchida akrosoma (yunon. acron - ustki, soma - tanacha) zich tanacha shaklida
yotadi (32-rasm). Akrosoma urug`lanish uchun zarur tuzilma bo`lib, u o`zida ko`p miqdorda tuxum
hujayra qobig`ini yemiradigan gialuro nidaza fermentini saqlaydi. Spermatozoidning bo`yin qismida,
yadroning orqa qutbi sohasida proksimal sentriola joylashib, u silindrsimon shaklga ega. Urug`lanish
vaqtida proksimal sentriola tuxum hujayraga o`tadi va urug`langan tuxum hujayraning yoki
zigotaning bo`linishida ishtirok etadi. Yadrodan birmuncha uzoqda bo`lgan distal sentriola ikki
bo`lakdan iborat. Uning tayoqchasimon ko`rinishga ega bo`lgan birinchi yarmi bo`yin chegara sini
hosil qiladi va undan spermatozoidning tanasi orqali dumchasiga o`tuvchi o`q ip boshlanadi. Distal
sentriolaning halqasimon shaklga ega bo`lgan ikkinchi bo`lagi esa tana oxirida joylashadi. Shunday
qilib, spermatozoidning tanasi distal sent-riolaning tayoqchasimon va halqasimon bo`laklari orasida
joylashgan tuzilmalardan iborat. Bu yerda o`q ip atrofida spiral holatda mitoxondriyalar joylashadi.
Spermatozoidning tana qismida oksidlanish fermentlarining yuqori aktivligi aniqlangan. Bu qismda
glikogen, fosfatlar, shuningdek, ko`p miqdorda ATF saqlanadi. ATFning bo`lishi va
mitoxondriyalarning ko`pligi tana qismining spermatozoidni energiya bilan ta’minlab turishidan
dalolat beradi.
Spermatozoidning dumchasi asos va
oxirgi bo`laklarga bo`linadi. Dumchaning asosi
faqatgina o`q iplardan va uni o`rab turuvchi
adenozintrifosfataza (ATF-aza) fermentini
tutuvchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment
mitoxondriyalarda
sintezlangan
ATF
ni
parchalaydi va shu yo`l bilan energiya
ajralishini ta’minlaydi. Sitoplazmada o`q ip
atrofida spiralsimon ko`rinishda nozik nplar
joylashib,
ularni
kortikal
spiral
deb
nomlashadi. Uq ip kiprikchalarning o`q ipiga
o`xshash bo`lib, klassik tuzilishga ega. U
gomogen matriksda joylashgan, 10 juft mikro-
naychadan iborat bo`lgan tutamdir. Bunda 9
juft mikronaychalar o`q ipning periferiyasida
yotsa,
1
jufti
markazda
joylashadi.
Dumchaning oxirgi bo`limi asta-sekin to`g`ri
joylanishini yo`qo tib boruvchi juda ingichka
o`q ipchadan tashkil topgan. Oxirgi bo`limning o`q ipi tashqi tomondan faqatgina plazmalemma bilan
o`ralgan. Urug`lanish jarayonida spermatozoidlar 3 asosiy vazi-fani bajaradi: 1) bo`lg`usi organizmga
otalik genlarini uzatadi; 2) o`zining maxsus harakat apparati yordamida tuxum hujayra bilan
to`qnashishni ta’minlaydi va tarkibidagi gialuronidaza fermenti yordamida tuxum hujayraga
spermatozoidning boshchasi va bo`yin qismining kirishini yengillashtiradi; 3) tuxum hujayraga
urug`langan tuxum hujayraning bo`linishi uchun
zarur bo`lgan sentrosomani olib kiradi.
31-rasm.
Erkak
jinsiy
hujayralari-
spermatozoidlar. Sperma suyuqlig`ining surtmasi.
0b. 40, ok. 10. 1-boshcha; 2-dum qismi .
53
32- rasm. Spermatozoid tuzilishi. 33-22. Elektron mikrofotogramma. 33 - 19. O`rta qismining
ko`ndalang kesmasi. X54.000. 33-20. Tana qismining turli sohalaridan olingan ko`ndalang kesmalar.
X40.000 33- 21. Dum qismining ko`ndalang kesmasi, X36.000. 33-32. Boshcha old qismining
bo`ylama kesmasi. X35.000. 33-23. Boshcha-bo`yin va tananing old qismining bo`ylama kesmasi.
X25.500 33-24. Tana qismining bo`ylama kesmasi X32.090. 33-25. Tananing dum qismiga yaqin
sohasining bo`ylama kesmasi. x48.000. 1-hujayra qobig`i; 2-akrosoma; 3-akrosoma qalpoqchasi; 4-
subakrosomal bo’shlik; 5 - yadro; 6- yadro qobigi; 7-yadroning orqa qismi; 8- o’zgargan proksimal
sevtriola; 9- distal sentriola; 13 - markaziy mikro-naychalar; 11-periferik mikronaychalar; 12-tashqi
zich firillalar; 13-bo`ylama o`q; 14-tolali plastinkaning cheti; 15-mitoxondriyalar (Rodindan).
Turli hayvonlarning spermatozoidlari bir-biridan kattaligi va asosan boshchasining tuzilishi
bilan farq qiladi. Odam spermatozoidining uzunlgi 60 mkm ga teng.
Spermatozoidning siljishi uning dum harakati bilan bajariladi. Odam spermatozoidn minutiga
54
1-2 mm tezlik bilan harakat qiladi. Bachadon bo`ynidan to tuxum yo`lining oxirigacha bo`lgan
oraliqni spermatozoid taxminan 3 soat mobaynida bosib o`tadi. Spermatozoid yashashga o`ta
chidamliligi bilan ajralib turadi. Urug`donda va uning ortig`ida ular oylab tirik saqlanadi, murdada
esa ular o`zining harakatchanligini 2-3 kungacha saqlab qoladi. Tanadan tashqarida, ya’ni termostatda
urug`lantirishga qobiliyatli holatda bir haftadan ortiq saqlash mumkin. Ularning uzoq muddat
yashashi
muhitning
pHiga,
temperaturaga,
urug`
suyuqlig`idagi
spermatozoidlarning
kontsentratsiyasiga va boshqa shu kabi faktorlarga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: