Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


V BOB  UMUMIY EMBRIOLOGIYA ASOSLARI



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

V BOB 

UMUMIY EMBRIOLOGIYA ASOSLARI 

 

Embriologiya  yunon.  embryon  -  homila  va  logia  -  ta’limot  demakdir.  Ammo  bu  nom  shu 

fanning mazmunini to`la ta’riflay olmaydi. Embriologiya  fani tuxum hujayralarining otalanishidan 

tortib,  tuxum  qo`yuvchilarda  homilaning  tuxum  qobig`idan  chiqquncha,  tirik  tu-g`uvchilarda  esa 

homilaning  tug`ilguncha  bo`lgan  davridagi  hamma  jarayonlarni  ta’riflab  beradi.  Shuningdek, 

embriologiya  fani  pushtdan  oldingi,  ya’ni  j  i  n  s  i  y  hujayralarning  rivojlanishi  hamda  homila 

tug`ilganidan keyingi dastlabki davrni ham o`rganadi. Chunki taraqqiyoti mutlaqo tuxum qobig`ida 

yoki  tug`ilguncha  tugallanib,  so`ngra  rivojlanmaydigan  birorta  organizm  yo`q.  Sut  emizuvchilarda 

organlarning tuzilishi va funksiyasy voyaga yetgan organizmning a’zolari holatini tug`ilgandan so`ng 

ma’lum vaqt o`tgandan keyingina egallaydi. 

Embriologiya  organizmning  normal  individual  taraqqiyoti  va  patologik  holatlarda  embrion 

rivojlanishinyng  buzilishsabablarini  va  ularning  oldini  olish  yo`llarini  o`rganadi.  Shuning  uchun 

embriologiya  organizmlarning  individual  taraqqiyoti  -  ontogenezning  bir  qismi  hisoblanadi. 

Embriologiya hamma hujayrali organizmlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlaridan tortib, alohida 

tip,  sinf  va  tur  vakillari  uchun  xarakterli  bo`lgan  xususiy  rivojlanish  jarayonlarini  ham  o`rganadi. 

Shuning uchun ham embriologiya fani individual rivojlanishniig keng masalalarini o`rganuvchi u m 

u m i y va ayrim gruppa hayvonlar taraqqiyotini tekshiruvchi x u s u s i y embriologiyaga bo`linadi. 

Xususiy embriologiyaning muhim bo`limlaridan biri odam embriologiyasidir. 

Embrional taraqqiyotni o`rganish usullari turlichadir. Oddiy va qadimiy usul bo`lgan tasviriy 

embriologiya pusht taraqqiyotining qanday o`tganini ta’riflab beradi. Turli xil hayvonlar taraqqiyoti 

jarayonini qiyoslab o`rganuvchi ta’limot kiyosiy embriologiyadir. A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov, 

E. Gekkel va boshqalarning izlanishlari natijasida qiyosiy embriologiya evolyutsion mazmunga ega 

bo`ldi.  Evolyutsion  nazariyani  asoslashda  muhim  rol  o`ynagan  evolyutsion  embriologiya  dastlab 

qiyosiy-tasviriy  embriologiyadan  kelib  chiqdi.  Keyinchalik  tajriba  usuli  embriologiyaning  asosiy 

usuli bo`lib qoldi. 

K. F. Volf, X. I. Pander va K. M. Ber zamonaviy embriologiyaning asoschilaridan hisoblanadi. 

Darvinning evolyutsion targ`iboti embriologiya  masalalariga materialistik yondoshish uchun zamin 

yaratdi. Rus olimlaridan I. I. Mechnikov (1845-1916) va A. O. Kovalevskiy (1840-1901) Darvinning 

evolyutsion  nazariyasi  bilan  qurollanib  embriologiyaga  ko`pgina  yangiliklar  kiritdilar.  Ular 

umurtqasiz va sodda umurtqali hayvonlarni o`rganib, turli sinf hayvonlar embrional takomil davomida 

o`xshash  davrlarni  boshdan  kechirishlarini  (masalan,  embrional  varaqlarni)  ko`rsatib  berdilar.  Bu 

bilan hayvonot dunyosining birligi yana bir bor tasdiqlandi. I. I. Mechnikov va A. O. Kovalevskiyning 

bu tadqiqotlari evolyutsion gistologiya va embriologiyaga asos bo`ldi. Hayvon organizmi individual 

taraqqiyotining hamma jarayonlarini 3 davrga bo`lish mumkin. 

1. Taraqqiyotning homiladan oldingi davri - bu jinsiy hujayralarning rivojlanishi va yetilishini 

o`z ichiga oladi. 

2. Urug`lanish jarayonidan boshlab tug`ilguncha davom etadigan homilaning rivojlanish davri. 

3.  Taraqqiyotning  homiladan  keyingi  davri  -  tug`ilgandan    to  jinsiy  balog`atga  yetguncha 

bo`lgan o`zgarishlar davri. 

Homiladan  avvalgi  davr,  yuqorida  aytganimizdek,  jinsiy  hujayralarning  taraqqiyoti  va 

yetilishini o`z ichiga oladi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish