XIX asr boshlarida keng ko`lamda olib borilgan mikroskopik tadqiqotlar natijasida o`simlik va
hayvon organizmlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Hujayra tuzilishini o`rganishga Ya.
Purkinye, I. Myuller maktablari katta hissa qo`shdilar. Ya. Purkinye fiziologiya va farmakologiya
sohasida yirik mutaxassis bo`lsa ham, hayvon va o`simlik hujayralarini o`rganishi va ta’riflab berishi
uning nomini keyingi avlodlar-ga tanitdi. Uning o`quvchilaridan bo`lgan G. Valentin hujayra
nazariyasini ochishga juda ham yaqin keldi. Berlinlik botanik F. M e y y e n va Yena so`ngra Derpt
universitetlarida ishlagan M. Shleyden ham hujayra nazariyasining ochilishiga asos soluvchilardan
hisoblanadi. Ammo hujayra nazariyasini ochish I. Myuller o`quvchilaridan bo`lgan T. Shvannga
50
Berlindagi Iogannes Myuller maktabi eng kuchli maktablardan bo`lib, Myuller atrofiga o`z
zamonasining kuchli tadqiqotchilari yig`ilgan edi. Bular orasida hujayra nazariyasini yaratuvchi T.
Shvann, yirik anatom Ya. G y e n l e, yirik embriolog va nerv sistemasi bo`yicha mutaxassis R. R y e
m a k, gistologiya faniga asos soluvchilardan A. Kyolliker, yirik fiziolog E. Dyubua - R y e y m o n,
patolog R. V i r x o v va boshqa yirik mutaxassislar bor edi.
1839 yilda nemis zoologi T. Shvanning «Hayvon va o`simliklarning o`sishi va tuzilishining
mutanosibligiga doir mikroskopik tadqiqot» kitobi chiqdi. Bu kitobda hujayra nazariyasining
asoslarini, to`qimalarning hujayralardan tashkil topganligini, hujayralar umumiy rivojlanish
printsipiga ega ekanligini, har bir hujayra mustaqil rivojlanishi mumkinligini ko`rsatib berdi. Ammo
Shvann ta’kidlashicha, hujayra organizmdan ajralgan holda yashay ol- maydi.
Hujayra nazariyasi biologiya fanida eng buyuk kashfiyotlardan hisoblanadi. «Bu kashfiyot, -
deb yozgan edi F. Engels o`zining«Lyudvig Feyerbax va nemis klassik filosofiyasining oxiri» degan
asarida, - barcha murakkab organizmlarning bitta umumiy qonunga binoan rivojlanishi va o`sishiga
ishontirish bilan birga, hujayralarning o`zgarishga qobil ekanliklarini ko`rsatib, organizmlarning tur
jihatidan o`zgarishiga olib boradigan yo`lni ham ko`rsatib berdi, bu o`zgarishlar shunday
o`zgarishlardirki, ularning natijasida organizmlar individual rivojlanishiga qaraganda hiyla yuqoriroq
darajada turadigan rivojlanish protsessini kechira oladilar».
Hujayra nazariyasining rivojlanishida 1858 yilda chop etilgan nemis patologi R. Virxovning
«TSellyulyar patologiya»sn katta o`rin tutadi. R. Virxovgacha kasalliklarning kelib chiqishi
suyuqliklar tarkibiy qismining o`zgarishi bilan bog`lanar edi. R. Virxov patologik jarayonni
tushuntirishga materialistik yondoshadi, kasalliklarni hujayralar tuzilishining o`zgarishi bilan
ta’riflaydi. Bu tadqiqot yangi ta’limot - «hujayra patologiyasi» ning kelib chiqishiga asos bo`ldi.
Hujayra patologiyasi nazariy va klinik meditsinaning negizini tashkil etadi. R. Virxovning «Hujayra
hujayradan» degan iborasi biologiyaning keyingi rivojlanishiga turtki bo`ldi. Hozirgi vaqtda
hujayralar bor hujayraning bo`linishi natijasida hosil bo`ladi, degan xu-losa biologiyaning asosiy
xulosalaridan biri hisoblanadi. R. Virxovning hujayradan tashqarida hayot yo`q degan iborasi
hozirgacha o`z qadrini yo`qotmagan. Ko`p hujayrali hayvonlarda hujayra bo`lmagan strukturalar bor.
Ammo bu strukturalar hujayralar mahsulotidir. Hatto viruslar ham aktiv hayot jarayonini va
bo`linishini biror bir hujayraga kirgandan so`ng bosh-laydi. Ammo R. Virxovning tushunchalari
xatodan xoli emas edi. U organizm hujayralar yig`indisidan iborat, deb hisobladi. Bu esa
organizmdagi patologik jarayon alohida hujayralar yig`in-disining hayot jarayonining buzilishi
natijasida hosil bo`ladi. ya’ni patologik protsess mahalliy (lokal) protsess degan fikrga olib keladi.
Rus fiziologlari va klinitsistlari I. M. S ye ch ye n o v, I. P. P a v l o v, S. P. B o t k i n bu
g`oyalarga qarama-qarshi o`laroq organizmning bir butun ekanligi haqidagi fikrni asoslab berdilar.
Chunonchi, I. M. Sechenov 1860 yili R. Virxovning organizmni muhitdan, a’zolarini esa organizmdan
ajralgan holda o`rganish kerak, degan nazariyasini tanqid qildi. Rus klini-tsistlari va fiziologlari o`z
tadqiqotlarida organizmning bir butunligini uning hujayralar o`rtasidagi o`zaro munosabati bilan
emas, balki organizmning nerv sistemasi orqali atrof muhit bilan bo`ladigan aloqasi bilan tushuntirib
berdilar.
Umuman, R. Virxovning «Sellyulyar patologiya»si biologiya va meditsinaning rivojlanishida
muhim rol o`ynadi. Mexanistik xatolardan holi qilingan va yangi tadqiqotlar bilan to`ldirilgan bu
ta’limot organizmning hujayraviy tuzilishi to`g`risidagi fikrga asos bo`ladi.
Hujayra nazariyasi ochilgan davrdan boshlab hujayraning elementar mikroskopik tuzilishini
o`rganish rivojlana boshladi. Utgan asr oxirlariga kelib, hujayra organellalari va ular-ning vazifalari
ta’riflandi. Bu bilan sitologiya fanining rivojlanishiga asos solindi.