Hujayraning ta’sirlanuvchanligi. Yuqorida aytib o`tilganidek, hujayra ochnq sistema bo`lib,
u tashqi muhit bilan doimo aloqada bo`ladn. Hujayra temperatura, ximiyaviy tarkibi va boshqa
muhitlarning o`zgarishiga o`ziga xos ta’sirlanish bilan javob beradi. Hujayraning bu universal
reaktsiyasi h u j a y r a n i n g t a ’s i r c h a n l i g i deyiladi. Hujayrada u yoki bu o`zgarishlarga
olib keluvchi faktor esa ta’sirlovchi hisoblanadi. Hujayraning ta’sirlovchi faktorlarga bo`lgan javobi
uning komponentlarining funktsional va morfologik o`zgarishlari orqali ifodalanadi.
Agar ta’sirlovchi faktorga javoban hujayra tinch holatdan o`ziga xos bo`lgan funktsiyani
(sekretsiya, o`tkazuvchanlik, qisqarish va boshqalarni) bajarishga o`tsa, bunga hujayra qo`z g`a- l u v
c h a n l i g i deb ataladi.
Hujayra qo`zg`aluvchanligi ta’sirlanuvchanlikning yuqori formasidir. Hujayra o`zi uchun
adekvat (mos) ta’sirdan tashqari normal holatda uchramaydigan va uning uchun favqulodda bo`lgan
ta’sirlovchi faktorlarga duch keladi. Bu turdagi qo`zg`atuvchilarga ionlovchi nurlar, temperatura,
mexanik va boshqa ta’sirlar kiradi. Tabiiyki, ta’sirlovchi faktorlar turli , vaqt davom etgani singari,
hujayraning ularga javobi ham har xildir.
Yirik sitologi D.N. Nasonov va uning o`quvchilari uzoq yillar davomida hujayraning turli
ta’sirlarga javobini o`rganishgan. Buning natijasida D.N. Nasonov paranekroz kontsepsiyasini
yaratdilar. Hujayraga turli faktorlar (temperatura, ionlovchi nurlar, gipoksiya va boshqalar) ta’sir
qilganda hujayraning ularga javobi printsipial bir xil bo`ladi. Bu o`zgarishlar yadro va sitoplazma
kolloidi dispersligining o`zgarishidan iborat. Sitoplazmaning yopishqoqligi, bo`yoq bilan bo`yalishi
oshadi, uning muhiti o`zgaradi. Bu o`zgarishlar yig`indisiga paranekroz deyiladi. Paranekroz
boshlanish davrida ta’sirlanish to`xtatilsa, orqaga qaytadi.
Uzoq va kuchli ta’sirlanish natijasida hujayra nobud bo`ladi. Paranekroz hujayraning
29- rasm. Pinotsitoz. Ingichka ichak prizmatik
hujayrasining
apikal
qismi.
Elektron
mikrofotogramma. X35.000.
1-mikrovorsinka; 2-pinotsitoz invaginatsiya; 3-
pinotsitoz vakuol.
48
o`limi- nekrozga o`tishda bir bosqich hisoblanadi.
Hujayra organellalari shikastlovchi ta’sirlarga turlicha sezgi bilan javob beradi. Eng sezgir
organellalar mitoxondriya, Golji kompleksi, silliq endoplazmatik to`r membranalari, hu-jayra
qobig`ining maxsus strukturalaridir. Granulyar endoplazmatik to`r, yadro qobig`i shikastlovchi
ta’sirlovchiga anchagina chidamli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |