Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

 

 

 


 

52 


JINSIY HUJAYRALAR (GAMETALAR) 

Jinsiy hujayralarning yoki gametalarning 2 xil turi tafovut etiladi  - erkaklar va ayollar jinsiy 

hujayralari. Ular bir-birlaridan ham morfologik, ham fiziologik xususiyatlari bilan farq qiladi. 

 

ERKAKLAR JINSIY HUJAYRASI-SPERMATOZOIDNING TUZILISHI 



 

Spermatozoidning  boshchasi,  bo`yni,  tana  qismi  va  dumchasi  tafovut  qilinadi  (31-rasm). 

Spermatozoidning boshchasi uncha katta bo`lmagan zich yadro va sitoplazmaning yupqa qavatidan 

tashkil topgan. Boshchaning oldingi  yarmida g`ilofcha (akroblast) joylashib, uning ichida bevosita 

boshchaning oldingi uchida akrosoma (yunon. acron  - ustki, soma  - tanacha) zich tanacha shaklida 

yotadi (32-rasm). Akrosoma urug`lanish uchun zarur tuzilma bo`lib, u o`zida ko`p miqdorda tuxum 

hujayra qobig`ini yemiradigan gialuro nidaza fermentini saqlaydi. Spermatozoidning bo`yin qismida, 

yadroning orqa qutbi sohasida proksimal sentriola joylashib, u silindrsimon shaklga ega. Urug`lanish 

vaqtida  proksimal  sentriola  tuxum  hujayraga  o`tadi  va  urug`langan  tuxum  hujayraning  yoki 

zigotaning  bo`linishida  ishtirok  etadi.  Yadrodan  birmuncha  uzoqda  bo`lgan  distal  sentriola  ikki 

bo`lakdan iborat. Uning tayoqchasimon ko`rinishga ega bo`lgan birinchi yarmi bo`yin chegara sini 

hosil qiladi va undan spermatozoidning tanasi orqali dumchasiga o`tuvchi o`q ip boshlanadi. Distal 

sentriolaning halqasimon shaklga ega bo`lgan ikkinchi bo`lagi esa tana oxirida joylashadi. Shunday 

qilib, spermatozoidning tanasi distal sent-riolaning tayoqchasimon va halqasimon bo`laklari orasida 

joylashgan tuzilmalardan iborat. Bu yerda o`q ip atrofida spiral holatda mitoxondriyalar joylashadi. 

Spermatozoidning tana qismida oksidlanish fermentlarining yuqori aktivligi aniqlangan. Bu qismda 

glikogen,  fosfatlar,  shuningdek,  ko`p  miqdorda  ATF  saqlanadi.  ATFning  bo`lishi  va 

mitoxondriyalarning  ko`pligi  tana  qismining  spermatozoidni  energiya  bilan  ta’minlab  turishidan 

dalolat beradi. 

 

Spermatozoidning  dumchasi  asos  va 



oxirgi bo`laklarga bo`linadi. Dumchaning asosi 

faqatgina  o`q  iplardan  va  uni  o`rab  turuvchi 

adenozintrifosfataza  (ATF-aza)  fermentini 

tutuvchi  sitoplazmadan  iborat.  Bu  ferment 

mitoxondriyalarda 

sintezlangan 

ATF 

ni 


parchalaydi  va  shu  yo`l  bilan  energiya 

ajralishini  ta’minlaydi.  Sitoplazmada  o`q  ip 

atrofida  spiralsimon  ko`rinishda  nozik  nplar 

joylashib, 

ularni 

kortikal 

spiral 

deb 


nomlashadi.  Uq  ip  kiprikchalarning  o`q  ipiga 

o`xshash  bo`lib,  klassik  tuzilishga  ega.  U 

gomogen matriksda joylashgan, 10 juft mikro-

naychadan  iborat  bo`lgan  tutamdir.  Bunda  9 

juft  mikronaychalar  o`q  ipning  periferiyasida 

yotsa, 


jufti 


markazda 

joylashadi. 

Dumchaning  oxirgi  bo`limi  asta-sekin  to`g`ri 

joylanishini  yo`qo  tib  boruvchi  juda  ingichka 

o`q ipchadan tashkil topgan. Oxirgi bo`limning o`q ipi tashqi tomondan faqatgina plazmalemma bilan 

o`ralgan. Urug`lanish jarayonida spermatozoidlar 3 asosiy vazi-fani bajaradi: 1) bo`lg`usi organizmga 

otalik  genlarini  uzatadi;  2)  o`zining  maxsus  harakat  apparati  yordamida  tuxum  hujayra  bilan 

to`qnashishni  ta’minlaydi  va  tarkibidagi  gialuronidaza  fermenti  yordamida  tuxum  hujayraga 

spermatozoidning  boshchasi  va  bo`yin  qismining  kirishini  yengillashtiradi;  3)  tuxum  hujayraga 

urug`langan tuxum hujayraning bo`linishi uchun 

zarur bo`lgan sentrosomani olib kiradi. 

 

31-rasm. 



Erkak 

jinsiy 


hujayralari- 

spermatozoidlar. Sperma suyuqlig`ining surtmasi.  

0b. 40, ok. 10. 1-boshcha; 2-dum qismi . 

 



 

53 


 

 

32- rasm. Spermatozoid tuzilishi. 33-22. Elektron mikrofotogramma. 33 - 19. O`rta qismining 



ko`ndalang kesmasi. X54.000. 33-20. Tana qismining turli sohalaridan olingan ko`ndalang kesmalar. 

X40.000  33-  21.  Dum  qismining  ko`ndalang  kesmasi,  X36.000.  33-32.  Boshcha  old  qismining 

bo`ylama  kesmasi. X35.000. 33-23. Boshcha-bo`yin va tananing old qismining bo`ylama kesmasi. 

X25.500  33-24.  Tana  qismining  bo`ylama  kesmasi  X32.090.  33-25.  Tananing  dum  qismiga  yaqin 

sohasining bo`ylama kesmasi. x48.000. 1-hujayra qobig`i; 2-akrosoma; 3-akrosoma qalpoqchasi; 4-

subakrosomal bo’shlik; 5 - yadro; 6- yadro qobigi; 7-yadroning orqa qismi; 8- o’zgargan proksimal 

sevtriola; 9- distal sentriola; 13 - markaziy mikro-naychalar; 11-periferik mikronaychalar; 12-tashqi 

zich firillalar; 13-bo`ylama o`q; 14-tolali plastinkaning cheti; 15-mitoxondriyalar (Rodindan). 

 

Turli  hayvonlarning  spermatozoidlari  bir-biridan  kattaligi  va  asosan  boshchasining  tuzilishi 



bilan farq qiladi. Odam spermatozoidining uzunlgi 60 mkm ga teng. 

Spermatozoidning siljishi uning dum harakati bilan bajariladi. Odam spermatozoidn minutiga 




 

54 


1-2  mm  tezlik  bilan  harakat  qiladi.  Bachadon  bo`ynidan  to  tuxum  yo`lining  oxirigacha  bo`lgan 

oraliqni  spermatozoid  taxminan  3  soat  mobaynida  bosib  o`tadi.  Spermatozoid  yashashga  o`ta 

chidamliligi bilan ajralib turadi. Urug`donda va uning ortig`ida ular oylab tirik saqlanadi, murdada 

esa ular o`zining harakatchanligini 2-3 kungacha saqlab qoladi. Tanadan tashqarida, ya’ni termostatda 

urug`lantirishga  qobiliyatli  holatda  bir  haftadan  ortiq  saqlash  mumkin.  Ularning  uzoq  muddat 

yashashi 

muhitning 

pHiga, 


temperaturaga, 

urug` 


suyuqlig`idagi 

spermatozoidlarning 

kontsentratsiyasiga va boshqa shu kabi faktorlarga bog`liq. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish