tuzilma vazifasini o`taydi. Mushak tolasining ko`ndalang kesimida ingichka va yo`g`on
protofibrillalarning geksogonal sistema shaklida o`zaro tartibli joylashuvini kuzatish mumkin.
142
yo`g`on protofibrilla. atrofida 6 ta ingichka protofibrilla va har bir ingichka protofibrilla atrofida 3 ta
yo`g`on protofibrilla yotadi. (94-rasm). Elektron mikroskopda juda kattalashtirib ko`rilganda
tutashish zonasida ingichka va yo`g`on protofibrillalar ingichka ko`ndalang ko`prikchalar - o`simtalar
yordamida o`zaro bog`langanligi ko`rinadi.
Miofibrillalarning ultrastrukturasiga asoslanib, mushak qisqarish mexanizmi haqida turli
nazariyalar ishlab chiqilgan. Xaksli taklif etgan ikki xil protofibrillalarning sirpanish: nazariyasi eng
keng tarqalgan. Bu nazariyaning asosiy qoidalaridan biri qisqarish jarayonida protofibrillalarning
uzunligi o`zgarmaydi, deb hisoblanadi. Yo`g`on protofibrillalar miozin oqsilidan iborat. Ingichka
protofibrillalar esa aktindan tuzilgan. Tutash zonasida yo`g`on protofibrillalardan chiqqan mayda
o`simtalar ingichka protofibrillalarga yopishadi. Bu o`simta-lar ingichka protofibrillalarga
mustahkam bog`lanmay, har bir qisqarishda yopishish o`rnini ko`p marta o`zgartiradi va shu bilan
protofibrillalarni
tortadi.
Natijada
ingichka
protofibrilla-lar
yo`g`on
protofibrillalar
bo`ylab
sirpanib,
sarkomerning qisqarishiga olib keladi.
Bunda
miofibrillalarning
ko`ndalang-
targ`il manzarasi biroz o`zgaradi: A
diskning uzunligi o`zgar-maydi, I disk esa
qisqaradi va kuchli qisqarish holatlarida
butunlay yo`qoladi. (93-rasm, a, b ga q.).
Ingichka
protofibrillalar
yo`g`on
protofibrillalar
bo`ylab
sirpanib
M
chiziqqa
yaqinlashadi
va
hatto
M
chiziqdan
o`tib,
bir-birining
ustiga
chiqishi mumkin, yo`g`on protofibrillalar
esa Z chiziqqacha tarqaladi.
Qisqarish davrida aktin va miozin
qo`shilib aktomiozin sistemasini hosil
qiladi, mushak yozilganda esa qaytadan
aktin va miozinga bo`linadi. Mushak tolasi
qisqarishida sarkoplazmatik retikulum, T
kanalchalar va mitoxondriyalarning roli
kattadir. Qisqarish uchun shart bo`lgan
Ca++
sarkoplazmatik
retikulumda
saqlanadi. Mitoxondriyalar esa qisqarish
jarayonida sarf bo`ladigan ATF ni ishlab
chiqaradi. Mualliflarning fikricha, T
sistema orqali nerv impulsi keladi. Bu
sistema mushak tola ustiga ochilgani
uchun kerakli moddalar (oziq moddalar)
ham shu kanalchalar orqali sarkoplazmaga
yetib kelsa kerak. Mushak tolalari
qisqarganda tana qismlari harakatlanadi.
Mushak tolalari qisqarish kuchining
uzatilishi mushak to`qimasining tayanch
strukturalari tomonidan amalga oshiriladi.
Sarkolemma
shunday
strukturalar
jumlasidan
bo`lib,
unga
paylarning
kollagen tolalari yopishadi.
93- rasm. A - Bo`shashgan (yozilgan) skelet
ko`ndalang- targ`il mushagining bo`ylama
kesmasi.
Elektron mikrofotogramma.
1 - M chiziq 0,13 mkm; 2 - Z chiziq 0,08 mkm; 3 -
I disk 1,3 mkm (izotrop disk); 4 - A
disk 1,5 mkm
(anizotrop disk); 5 - sarkomer 2,7 mkm; 6 - H zona 0,63
mkm (Rodindan).
143
93-rasm. B. Qisqargan ko`ndalang- targ`il mushakning bo`ylama kesmasi. Elektron
mikrofotogramma.
1 -M chiziq 0,13 mkm; 2 -Z chiziq O.08 mkm; 3 –I -izotrop disk 0,63 mkm; 4 - A anizotrop disk 1,5
mkm ;
5 - sarkomer 2,1 mkm (Rodindan).