Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

 

SILLIQ MUSHAK TO’QIMASI 

 

Silliq mushak to`qimasi hujayra tuzilishiga ega. Silliq mushak ko`pgina ichki organlar - me’da-



ichak yo`li, tanosil organlari, tomirlar devorining shakllanishida qatnashadi. Silliq mushak tuzilishi 

hamda  funktsiyasi  bo`yicha  ko`ndalang-targ`il  mushakdan  qancha  farq  qiladi.  Silliq  mushaklar 

vegetativ  nerv  sistemasi  tomonidan  innervatsiya  qilinadi  va  shu  sababli  kishi  ixtnyoriga 

bo`ysunmaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, silliq mushak to`qimasi hujayra tuzilishiga ega bo`lib, 

cho`ziq, duksimon va tarmoqlangan bo`ladi. Hujayraning o`lchamlari turlicha bo`ladi, ya’ni uzunligi 

50-250 mkm, yadro sathining maksimal diametri 5-20 mkm. To`qimada bir-biriga yondoshib yotgan 

hujayralar qatlamlar hosil qiladi (90-rasm). 

 

90-rasm. Silliq mushak to`qimasining tuzilishi (sxema). 



A  -  ichak  devorining  silliq  mushak  qavati,  B  -  alohida  ajratilgan  silliq  mushak  hujayralari 

(oddiy mikroskop ostida ko`rinishi).1 - mushak qavatining bo`ylama kesimi; 2 - mushak qavatining 

ko`ndalang kesimi; 3  -silliq  mushak hujayra; 4  - hujayra  yadrosi; 5  -  mushak hujayralari orasidagi 

biriktiruvchi to`qima; 6 - qon tomir. 




 

139 


V,  G  -silliq  mushak  hujayrasining  bo`shashgan  (V)  va  qisqargan  (G)  holati  (elektron 

mikroskopda ko`rinishi). (A.Xem, D.Kormakdan, 1982). 1 - sarkolemma (plazmolemma); 2 - yadro; 

3  -  yadro  teshiklari;  4  -  Golji  kompleksi;  5  -  miofibrillalar;  6  -  zich  tanacha;  7  -ribosoma  va 

polisomalar; 8 - mikropinotsitoz pufakchalar; 9 - mitoxondriyalar. 

Ular    bir-biriga  nisbatan  shunday  joylashadiki,  bir  hujayraning  markaziy  qismiga  boshqa 

hujayraning  o`tkir  uch  qismi  yopishadi.  Silliq  mushak  hujayralari  sirtdan 



sarkolemma  bilan  qoplangan,  unda  qalinligi  taxminan  7,5  nm  ga  teng 

plazmatik membrana va tashqi bazal membrana farq qilinadi. 

Yonma-yon  yotgan  hujayralarning  plazmatik  membranalari  ba’zi 

joylarda 

juda 

yaqinlashib 



tutashish 

nuqtalarini 

hosil 

qiladi. 


Membranalarning bunday yaqinlashish joylari silliq mushak hujayralarining 

biridan  ikkinchisiga  qo`zg`alish  o`tishiga  xizmat  qiladi,  degan  taxminlar 

bor.  Hujayra  sitoplazmasida  yadro,  umumiy  organellalar  va  miofibrillalar 

joylashadi. 

 Yadro va organellalar hujayraning  t r o f i k  a p p a r a t i n i  tashkil 

etadi.  Silliq  mushak  hujayrasining  yadrosi  uning  markazida  joylashib, 

cho`ziq oval yoki tayoqchasimon shaklga ega (90, 91-rasmlar). Yadroning 

shakli  qissarish  paytida  o`zgaradi.  Unda  ko`p  hollarda  ikkita  yoki  undan 

ko`proq  yadrocha  bo`ladi.  Yadro  yonida  sust  rizojlangan  plastinkasnmon 

kompleks  joylashadi.  Shu  yerda  hujayra  markazi  ham  yotadi.  Mushak 

hujayrasida  endoplazmatik  to`r  sust  rivojlangan.  Mitoxondriyalar  kichik, 

shakli cho`ziq, oz miqdorda bo`lib, sitoplazmada tarqoq joylashadi. Ammo 

yadro yonida ularning soni ko`proq bo`lishi mumkin. Mitoxondriyalarning 

kristallari ko`ndalang-targ`il mushaklardagiga nisbatan kam. 

Miofibrillalar mushak hujayrasining q i s q a r u v c h I  a p p a r a 

t  i n i  tashkil etishi sababli ular eng muhim ahamiyatga ega. Miofibrillalar 

skelet  mushagiga  xos  bo`lgan  ko`ndalang-targ`illikka  ega  emas  va  oddiy 

mikroskopda bir jinsli ipchalar 'shaklida ko`rinadi. Elsktron mikroskop bilan 

silliq mushak hujayralari o`rganilganda hujayraning butun uzunligi bo`yicha 

yotuvchi  uzluksiz  miofibrillalar  aniqlangan  emas.  Hujayra  sitoplazmasida 

bo`ylama  joylashgan  submikroskopik  protofibrillalar  mavjud  bo`lib,  ular 

tutamlar hosil qilmaydi. Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi 

farqlanadi: a k t i n  va  m i o z i n . Miozin protofibrillalar diametri 17 nm 

ga  teng  bo`lib,  yo`g`on  protofibrillalardir.  Aktin  mikrofilamentlar  nozik 

bo`lib qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak bo`shashgak 

holatda burchak hosil  qilib  yoki hujayra bo`yi bo`yicha  joylashgan bo`lib 

mushak  qisqarganda  o`z  joylashishini  uzgartiradi.  Silliq  mushak 

hujayralarida ko`ndalang-targ`illik kuzatilmaydi, chunki filamentlar o`zaro 

tartibli  joylashmagan.  Ular  sarkomerlar  hosil  qilmaydi,  plastinkalar  ham 

topilmagan. Sil-liq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-

aktinin oqsillari topilgan. 

Aktin  oqsillarining  sitolemmaga  birlashgan  qismida  yoki  aktin 

protofibrillaning  o`rta  qismida  zich  tanachalar  uchraydi.  Zich  tanachalar 

oddiy  mikroskopda  to`q  dog`  shakliga  ega.  Zich  tana-chalar  ko`ndalang-

targ`il mushak tolasining Z plastinkasida uchrovchi aktinin tutgani uchun, 

bu  tanachalarni  Z  plastinkaning  analogi  deb  taxmin  qilish  mumkin,  lekin 

ular  betartib  joylashtan.  Mushak  qisqarish  jarayonida  xuddi  ko`ndalang-

targ`il  mushakdagi  singari  aktin  va  miozinning  o`zaro  sirpanishi  yuzaga 

keladi.  Tortilish  kuchi  zich  tanachalar  orqali 

sarkolemmaga 

 

91-rasm.  Silliq 



mushak. Me’da devori 

shilliq 


qavatining 

mushak plastinkasidan 

olingan  silliq  mushak 

hujayrasi. 

Elektron 

mikrofotogramma. 

X.85OO. 

1-  yadro;  2  - 

sitoplazma; 3 - hujayra 

atrofidagi 

kollagen 

tolalar. 

 



 

140 


(sitolemmaga) o`tadi, natijada, silliq mushak hujayra qisqaradi. 

Silliq mushak hujayra sitoplazmasida kaltsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo`lib, ular 

ko`ndalang-targ`il  mushakdagi  sarkoplazmatik  retikulumni  eslatadi.  Lekin  sarkoplazmatik 

retikulumning  o`zi  silliq  mushakda  kuchsiz  rivojlangan.  Bu  pufakchalarga  hujayra  plazmatik 

membranasining  botishidan  hosil  bo`lgan  tuzilmalar  tegib  yetadi.  Bu  tuzilmalar  ko`ndalang-targ`il 

mushakning  T-sistemasini  eslatadi.  Ular  impuls  tarqalishida  va  kaltsiy  ionining  sitoplazmaga 

chiqishida muhim o`rin tutadi. 

Har bir mushak hujayra yuqorida qayd etilganidek, bazal membrana bilan qoplangan. Mushak 

hujayralarining  bir-biriga  tegib  yotgan  qismlarida  tirqishli  tutashish  -  neksuslar  uchrab  ular  silliq 

mushak  hujayralarining  ma’lum  guruhlari  barobar  qisqarishinn  ta’minlaydi.  Bazal  membranaga 

biriktiruvchi to`qima tolalari kirib to`r hosil qiladi. Mushak hujayralarining truppalari yoki muayyan 

qavatlari biriktiruvchi to`qima qatlamlari bilan o`raladi. Ana shu biriktiruvchi to`qima sarkolemma 

bilan birga silliq mushak to`qimasining tayanch apparatini hosil qiladi. 

Silliq  mushak  to`qimasi  yaxshi  taraqqiy  etgan  qon  tomirlar  sistemasiga  ega,  Qon  tomirlar 

to`qima ichida kapillyarlargacha tarmoqlanib,  mushak hujayralari tutamlari  orasidagi birikti-ruvchi 

to`qima qatlamlarida kapillyarlar to`rini hosil qiladi. 




Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish