2.1. Avtomatlashtirish va loyihalash jarayonining
o`ziga xos xususiyatlari
Avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va bevosita ishlab chiqarish
jarayonlariga joriy qilish ko`p bosqichli jarayondir. Unga ilmiy tadqiqot, loyihalash
va montaj-sozlash ishlari, shuningdek, ishlatish jarayonida avtomatlashtirish
tizimlarining ishonchli ishlashida ta’minlovchi tadbirlar majmuasi kiradi.
Zamonaviy
ishlab
chiqarishning
ishlab
chiqarish
jarayonlari
avtomatlashtirishda
hal
qilinadigan
masalalar
mutaxassislardan
turli
avtomatlashtirish asboblarining tuzilishi va ishlash printsiplarini, avtomatik
tizimlarining turlari, ko`rinishlari va sinflarini yasash metodlarini bilishni ham,
texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish sohasidagi ishlar bilan birga aniq va bir
qiymatli almashish mumkin bo`lgan umumiy texnika tilini egallashni ham talab
qiladi.
Bu biror texnologik jarayonni avtomatlashtirishni mantiqiy hisoblangan va
texnik jihatdan asoslangan tizimni avtomatlashtirish tizimlarining montaj qilish,
sozlash va ishlatish masalalari bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar uchun birday
tushunarli bo`ladigan tilda ifodalanishi kerak demakdir.
Bunda barcha mutaxassislarda yaratilayotgan avtomatlashtirish tizimining
asbob bilan ta’minlanishi, berilgan rostlash qonunlarini amalga oshirish,
asboblarini va avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish usullarini impul`sli va
komanda liniyalarini va manba liniyalarini o`tkazish sohasida tushuncha yagona
bo`lishi talab etadi.
Yangi sanoat ob’yektlarini qurish va mavjud korxonalarni qayta qurish
loyiha asosida amalga oshiriladi. Loyiha texnikaviy hujjatlarni texnikaviy
kompleksidan iborat bo`lib, bularga ob’yektni qurish yoki qayta qurish zaruryatini
printsipial tarzda asoslovchi yozuvlar, nostandart uskunalarni tayyorlash uchun
45
lozim bo`lgan, shuningdek, hamma turdagi qurilish montaj va sozlash ishlarini
amalga oshirish uchun kerak bo`lgan hisoblashlar va chizmalar kiradi.
Qurilayotgan ob’yektning murakkabligiga qarab, loyiha ma’lum qismlardan
iborat bo`ladi. Loyihada texnik-iqtisodiy, texnologik, qurilish, santexnika, elektr va
avtomatika kabi qismlar bo`lishi mumkin.
Avtomatlashtirish loyihasining bir bo`limi texnologik jarayonlarni nazorat
qilish va avtomatik rostlash hamda boshqarish qismini shu sohaga
ixtisoslashtirilgan
tashkilot
yoki
texnologik
loyihalash
institutining
avtomatlashtirish bo`limi amalga oshiradi.
Bu loyiha texnologik jarayonlarning samarali ishlashini va uskunalar
ishidagi xavfsizlikni ta’minlovchi nazorat o`lchov asboblarni, rostlagichlar
avtomatik va signalli qurilmalarini, loyihalashtirayotgan ob’yektda ishlatiladigan
texnikaviy hujjatlarni o`z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash
bosqichida boshqarishning texnologik ob’yektlari mufassal tahlil qilinishi kerak.
Bunday tahlil tizimi bo`lishi ishlab chiqarish jarayonlarini texnik jihozlash va
texnologik xom ashyo va tayyor mahsulot sifati, jarayonini boshqarishni tashkil
etish nuqtai nazaridan tadqiq etishni ko`zda tutish lozim. Tahlil jarayonida aniq
ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari o`rganiladi, jarayonni ifodalovchi
katttaliklar aniqlanadi, ular orasidagi o`zaro bog`lanish topiladi.
Boshqarishning
texnologik
ob’yektlari
(BTO)
tahlil
natijalari
avtomatlashtirish tizimining eng oddiy to`zilmalari va bir tenglamali
markazlashtirilgan tizimlar bo`ladi. Bunday tizimlar texnologik jarayonlar (TJ)
funktsional bog`lanmagan yoki o`zaro kuchsiz bog`langan ishlab chiqarishlarda
qo`llaniladi. Bu tizimlarda har bir uchastka uchun yoki ishlab chiqarish bo`linmasi
uchun shaxsiy boshqarish punktlari (BP) yaratiladi, ular avtomatlashtirish uchun
zarur barcha vositalar bilan jihozlanadi. Ularda quyidagi vazifalar hal qilinadi:
texnologik kattaliklarni o`lchash va nazorat qilish, ularni chegara qiymatlari
haqida signal berish;
46
texnologik reglament bilan aniqlanadigan parametrlarni ushlab turish bu
sistemalarda bir turdagi TJ lar uchun.
Masalan, isitish jarayoni uchun apparatura rasmiylashtirish va qayta
ishlanayotgan mahsulot xossalaridagi farqqa qaramasdan avtomatlashtirish
bo`yicha umumiy yechimlardan foydalaniladi. Avtomatlashtirish tizimini zarur va
yetarlicha aniq ma’lumot bilan ta’minlovchi rostlanuvchi kattalikni va nazorat
nuqtalarini to`g`ri tanlashdir.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlarini
jihozlash turli darajada bo`lishi bilan ifodalanadi. Texnologik boshqarishning
ob’yektlari: agregatlar, qurilmalarning ishlab chikarish tezliklari va tsexlar
markazlashgan
avtomatlashtirish
tizimlari
bilan
borgan
sari
ko`proq
jihozlanmoqda. Bu tizimlarda markaziy boshqaruv pul`tiga ob’yekt to`g`risidagi
barcha axborot chiqariladi.
Markazlashtirilgan tizimlardan ishlab chiqarishda foydalanish tajribasi
quyidagi ko`rinishdagi bir qator kamchiliklari aniqlanadi, avtomatlashtirish
tizimining
ishlashi
ishonchliligi
MBPida
xotiralarni
tuzatish
mumkin
bo`lmaganligi tufayli pasayadi. MBP ni va aloqa ishlarini texnik jihozlashga
ketadigan harajatlar oshadi, bu MBP dagi barcha operativ axborotning
to`planishiga bog`lik MBP da ta’minlash va profilaktik ishlarni bajarish doimiy
ishlovchi uzluksiz TJli korxonalar uchun mo`ljallanadi.
Texnologik
jarayonlarni
avtomatlashtirish
tizimlarini
hisoblash
mashinalarini ishlatib loyihalashtirishda shuningdek, yangi o`zlashtirilmagan yoki
juda murakkab texnologik jarayon ishlab chiqarish, yoxud yangi uskunalar
ishlatilgan ob’yektlarni avtomatlashtirishda yuqorida ko`rsatilgan loyihalashtirish
bosqichlaridan avval ilmiy tekshirish yoki tajriba konstruktorlik ishlari amalga
oshiriladi, ularning natijalaridan esa loyiha tuzishda foydalaniladi.
Ishchi chizmalarni yaratishda shit va pul`tlarni tayyorlash, avtomatlashtirish
vositalari va asboblarini tanlash hamda buyurtma, shuningdek, qurilish va montaj
ishlarini amalga oshirish uchun yetarli bo`lgan texnikaviy loyihaning vazifalari
aniqlanadi va detallashtiriladi.
47
Avtomatlashtirish tizimlari ishchi chizmalarining hajmi va tarkibi qurilish va
montaj ishlarini zamonaviy usullarda amalga oshirish imkonini berish va montaj
maydonidan tashqarida tayyorlangan bloklardan foydalanishni ham qamrab olish
lozim.
Tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etishdagi murakkab va
dolzarb vazifalardan biri ishlab chiqarishni konstruktsion tayyorlashni
avtomatlashtirish hisoblanadi. Ushbu muammolarni hal qilish darajasi ko`p
jihatdan assortimentning kengligi va mahsulot sifatini belgilaydi. Dizayner,
konstruktor va texnologning ijodiy o`zaro hamkorligi uchun sharoit yaratish juda
muhimdir. Buning uchun SAPRda "Gratsiya" - "Assortimentni rejalashtirish"
maxsus tizimi ishlab chiqilgan. To`plamlarning tarkibini rejalashtirish, ish
bajaruvchilarni tayinlash va ishning bajarilish muddatlarni belgilash, ishlab chiqish
jarayonini avtomatik ravishda boshqarish, ishlarni qabul qilish va ularning aktlarini
tuzish hamda ish xaqini hisoblash uchun mo`ljallangan. Vazifani belgilangach,
dizayner, konstruktor va texnolog mahsulotni loyihalash va ishlab chiqarishning
barcha jihatlarini aniqlab oladilar va muvofiqlashtiradilar hamda uning texnik
tavsifi xujjatini tuzadilar. Texnik tavsifga muvofiq, har bir mutaxassis o`z
vazifasini bajaradi. Konstruktor quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishi kerak:
bazaviy o`lchamda andaza qurish, hamma gavdva va bo`y o`lchamlaridagi va
to`liqlikdagi andozalarni yaratishi mahsulotning yuqori sifatni ta’minlashi kerak.
Bu juda qiyin vazifa. SAPR turlari yondashuvi uni hal qilish uchun turli xil
yechimlardan foydalanadi. Grafik yondashuv - aksariyat xorijiy va mahalliy
tizimlarda qo`llaniladi. Bazaviy o`lchamdagi andozalar qo`lda ishlab chiqiladi va
raqamlashtirgich (digitayzer) yordamida kompyuterga kiritiladi yoki grafika
tizimida yaratiladi. Har qanday grafik tizimning asosiy xususiyati shundan iboratki,
ish yakunida konstruktor natija, andozalar to`plamiga ega bo`ladi, ammo qurilish
jarayoni haqida ma’lumot berilmaydi. U kompyuterda yozilmaydi va saqlanmaydi.
Boshqa o`lchamdagi andozalar asosiy o`lcham andozalaridan gratsiya bo`yicha –
kontstruktiv nuqtalarda o`sish normalarini belgilash orqali olinadi. Ushbu usul
taxminiy bo`lib, u kiyim bo`laklarining juftlashishi va mahsulotning muvozanat
48
xususiyatlarining buzilishiga olib keladi. Muayyan o`lcham bazaviy o`lchamdan
qanchalik uzoq bo`lsa, muvozanat og`ishi shunchalik katta bo`ladi. Bunday
xususiyatlarni normal holatga keltirish va nazoratda ushlab turish juda og`ir ish.
Barcha grafik tizimlarning o`ziga xos xususiyati bilan bog`liq: bitta andozaga
o`zgartirishlar kiritilganda, konstruktor barcha ko`paytirilgan va hosila andozalarga
mos keladigan o`zgarishlarni amalga oshirishi kerak.
Analitik, hisoblash va grafik yondashuv. U faqat "Gratsiya" SAPR-da yuqori
darajadagi kompyuter texnologiyalari ko`rinishida amalga oshiriladi, bu
konstruktorlik
tayyorgarlik
muammolarini
hal
qilish
uchun
kompleks
avtomatlashtirishni ta’minlaydi. Ushbu texnologiyaning mohiyati shundaki,
konstruktor algoritm ko`rinishidagi harakatlar ketma-ketligini qayd etadi. Ushbu
harakatlarni bajarishda tizim hisob-kitoblarni amalga oshiradi va grafik
konstruktsiyalarni bajaradi. Ushbu yondashuvning asosiy printsipi shundan
iboratki, ish natijasida konstruktor qurilish jarayonini algoritm shaklida, natijani
esa andozalar to`plami shaklida oladi. Konstruktor ijodiy ishlarni bajaradi - har
qanday mahsulotni har qanday loyihalash usullarini qo`llab bazaviy o`lchamda
ishlab chiqadi. Tizim texnik, muntazam ishlarni bajaradi - kerakli o`lchamdagi
andozalarni, bo`y va to`liqlikni individual gavdaga tuzadi, o`lchamlar o`sib borishi
va konstruktor qarorlarini o`zgartirgandan so`ng andozalarni tezda tiklaydi, vaqt
tabelini va andozalarning spetsifikatsiyasini shakllantiradi. Andozalarni gavda
o`lchamlari, razmer va bo`y o`lchamlari bo`yicha ko`paytirishdagi muhim va
murakkab vazifasi bu o`lchovli xususiyatlarning tegishli qiymatlariga ega bo`lgan
qurilish algoritmini bajaruvchi tizim natijasida tez va samarali hal qilinishidir. Har
bir o`lchamdagi andozani qurish jarayoni amalga oshiriladi va ularning shakli
xotirada saqlab qolinadi. Avtomatik boshqarish va interfeyslarni sozlash amalga
oshiriladi. Bunday konstruktorlik ishida mahsulot sifati kafolatlangan bo`ladi. Har
bir o`lchamdagi andozalarni qurish mohiyatini
"
Agar ..., keyin ..., aks holda ..."
shartli operatori yordamida hisobga olish mumkin. Grafik usulda yondoshishdan
farqli o`laroq, bu yo`sindagi yondashuv andozalarning qurilishi bo`yicha o`zaro
bog`liqligini ta’minlaydi. Andozalarni o`zgartirganda, barcha etalon va hosila
49
andozalarga kerakli o`zgartirish avtomatik ravishda kiritiladi. Ushbu yondashuv
konstruktorni hech narsada cheklamaydi, modulli konstruktorlik printsipi va aqlli
jarayonlarni tashkil qilish, ko`pincha markaning asosini tashkil etadigan o`ziga xos
brendlarni yaratishga imkon beradi.
Aralash yondashuv. Ushbu yondashuv tizimlar o`zlarini avtomatik va yarim
avtomatik pozitsiyasidan foydalanadi. O`zining mohiyatiga ko`ra ular yopiq yoki
yarim yopiq tizimlar hisoblanadi. Mahsulotning bazaviy konstruktsiyasi
konstruktorlar tomonidan qurilgan va tizimga kiritilgan. Ba’zan ularni intelektual
bazaviy konstruktsiya deb nomlanadi. Konstruktiv modellashtirish usullaridan
foydalangan holda konstruktor taklif etilayotgan bazaviy konstruktsiya asosida
model tuzilmalarini yaratishi mumkin. Bunday yondashuv ishni soddalashtiradi va
tezlashtiradi. Avvaliga bu juda yoqimli ko`rinadi. Lekin, bu yondashuv
konstruktorrning ijodiy imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydigan bir qator
xususiyatlarga ega. Va shunga o`xshash bir xillikdagi mahsulotlarni yaratishga olib
keladi va mahsulot turlarini kengaytirish uchun jiddiy to`siq hisoblanadi. Aralash
yondashuvdan foydalangan holda barcha tizimlarda ishlashning eng muhim va
qaytarib bo`lmaydigan xususiyati shundaki, asosiy dizaynga hatto ozgina
o`zgarishlar kiritilganda, mahsulotni modellashtirish jarayonini qayta o`zgartirish
kerak bo`ladi.
Andozalarni razmer va bo`y o`lchamlari bo`yicha ko`paytirish masalasida
tizimda 2 xil yondoshuv qo`llaniladi. Agar taklif qilinadigan intelektual bazaviy
konstruktsiya deb nomlanuvchi konstruktorlik ishi grafik rejimda bajarilgan bo`lsa,
unda boshqa razmer va bo`ylar uchun andazalar olish andazadagi konstruktiv
nuqtalarda kengaytirish yoki kichraytirish me’yorlarini qo`llash yordamida
gradatsiyalanadi. Belgilangan me’yorlarni model kunstruktiv andozalarini
gradatsiyalashda
qo`llaniladi.
Bu
andozalarni
ko`paytirish
jarayonini
tezlashtirishga imkon beradi, ammo bir qator xususiyatlarni keltirib chiqaradi.
Birinchi xususiyat shundaki, u yaqin, qisqa vaqtda amalga oshiriladi, ikkinchisi esa
yopiq, ko`rinmasligidir. Konstruktor ma’lum o`lchamdagi andozalarni qurishda
qanday og`ishliklar bo`lganligini ko`radi, jarayon yakunlanganligi sababli ularni
50
tuzata olmaydi. Bunday muammolarning kelib chiqishi andozalarga kertimlarni
noto`g`ri qo`yilishi sababli yuzaga keladi. Bu xatoliklar, albatta, ishlab chiqarishga
joriy qilinadigan andozalarining sifatiga va umuman mahsulot sifatiga sezilarli
ta’sir qiladi. Mutaxassislar bilan bir qatorda, ishni tashkil qilish usullari va SAPR
natijalari ham sezilarli darajada farq qiladi. Shartli ravishda konstruktorlarni uch
guruhga bo`lish mumkin:
Ijodkor va faol. Birinchi guruh konstruktorlari o`zlari xohlagan narsani va
xohlagan tarzda bajarishni xohlashadi. Ular ijodiy ishlarni yaxshi ko`rishadi va
odatdagi ishlardan qochadilar. Qat’iyatli va oldilariga qo`ygan maqsadlariga
erishish uchun aqliy mehnatga tayyor. Bunday mutaxassislar "aqlli" tizim
mavjudligini orzu qilganlar, hatto ko`pchiliklari uni yaratishga yordam berganlar.
O`zlari uchun “Gratsiya” SAPR tizimini kashf etdilar, uni yaratadilar, unda
o`zlarining original konstruktsiyalarini yaratadilar. Yaratilgan mahsulotlarning
sifati va miqdori ularni qiziqtirmaydi. An’anaviylikdan chiqa olganliklaridan
o`zlarini baxtiyor xis qiladilar. "Gratsiya" ijodkor odamlar uchun yaratilgan.
Hayotdan misollar keltirilganda, odatdagi ishidan charchagan buxgalter va
shifokor, deylik, bichish va tikish kurslarini tugatdilar, “Gratsiya”ni o`rganib,
kiyim konstruktsiyasini qurishda muvaffaqiyatga va ajoyib natijalariga erishdilar.
Mutaxassisligidan qat’iy nazar sohaga tegishli ma’lumotga ega bo`lgan ijod
qilishni istovchilar foydalanishi isbotlandi.
Ijodkor, ammo qat’iyatli emas. Bu guruh vakillari yangilik yaratishga qodir
va o`z ishlarini sevadilar, lekin o`zlarining imkoniyatlari va kutiladigan natijalariga
ishonmay ikkilanadilar. Ular har qanday tizimda ishlashlari mumkin. Ammo
“Gratsiya” da eng yaxshi natijalarga erishishadilar. O`ziga bo`lgan ishonchni
rivojlantirishda ularga ozgina yordam kerak: konstruktsiyalash uslubini
aniqlashtirish, bazaviy konstruktsiyani qurish, razmer va bo`y shkalalari bo`yicha
to`g`ri ko`paytirishga erishishni ko`ra olish kerak. Ularga tezkor yordam ko`rsatish
uchun “Gratsiya” dasturini masofaviy o`qitish vositalari, mustaqil yordam
dasturlari ishlab chiqilgan va ishonch telefonlarii tashkil qilingan.
51
Loqayd, tashabbuskor emas. Uchinchi guruh konstruktorlari tavakkal
qilishni va ijod qilishni uncha yoqtirmaydilar. Ular shunday fikr yuritadilar:
"kompyuter, tizim sotib oldim va men hali ham o`ylashim kerak, formulalarni
xotiramda eslab qolishim kerak”. Bunday konstruktorlarga "Gratsiya" kerak emas.
Ular uchinchi turdagi tizim bilan ishlash juda qulay hisoblaydilar. Bunday
tizimning distribyutorlari quyidagicha yozadilar: "SAPR dasturining to`laqonli
foydalanuvchisi bajarishi kerak bo`lgan narsa bu ekranda zarur bo`lgan intelektual
konstruktsiyani
chaqirish
va
vizual
boshqaruv
yordamida
model
konstruktsiyasiining parametrlarini qo`yish...". bu tipdagi konstruktorlar o`ylashlari
va natijaga javobgar bo`lishlari shart bo`lmagan vaziyatdan qoniqishadi. Ular
uchun bu ishlarning barchasini tizim qiladi. Ammo u buyurilgandek qiladi va har
doim ham vaziyat talab qilganidek aniqlikda bajara olmaydi. Oxir oqibat, tizim
"aybdor" bo`lib qoladi. Tizimlarni tahlil qilishda ularning xususiyatlarini
ta’kidlandi va bejizga ularni afzalliklari yoki kamchiliklari deb nomlanmadi.
Chunki bitta mutaxassis nuqtai nazaridan tizimning bir xil xususiyati afzallik,
boshqasining nuqtai nazaridan esa – kamchilik deb qabul qilinadigan nisbiylikdir.
Tabiiyki, konstruktor fikri bilan tizimning funktsiyasi bir-biriga mos kelganda
ularning ish natijalari yaxshi bo`ladi, va bu korxona gullab-yashnashini
ta’minlaydi, ularga muvaffaqiyatli raqobatlashishga va ertangi kunga ishonch bilan
qarashga imkon beradi degani emas.
“Gratsiya” haqida to`liq ma’lumotni saprgrazia.com saytida topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |