M. M. Niyazaliyeva


  SAPRda kiyimlar ishlab chiqarishning sodda metodikasi



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana12.09.2021
Hajmi2,19 Mb.
#172241
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
2 5348471255576087486

2.3.  SAPRda kiyimlar ishlab chiqarishning sodda metodikasi 
 
 
So`nggi yillarda hayotning deyarli barcha sohalarida ro`y berayotgan keskin 
o`zgarishlar  kiyim-kechak  ishlab  chiqaruvchi  kompaniyalarning  ishiga  keskin 
ta’sir  ko`rsatmoqda.  Sanoat  infratuzilmasining  jadal  rivojlanishi  raqobatning 
korporativ  faoliyatga  ta’siri  ortib  borayotganligidan  dalolat  beradi:  tadbirkorlik 
madaniyati,  zamonaviy  kompaniyalarning  qadriyatlari  va,  albatta,  boshqaruv  va 


57 
 
ishlab chiqarish texnologiyalari o`zgarib bormoqda. Shu munosabat bilan, o`zining 
asosiy  biznes-jarayonlarini  muntazam  ravishda  takomillashtirish  qobiliyati 
kompaniyaning  ertangi  kun  bozoridagi  o`rnini  belgilaydi.  Mahalliy  kiyim  kechak 
ishlab  chiqaruvchilar  uchun  qo`shimcha  qiymat  yaratishning  asosiy  manbalaridan 
biri  bu  "o`z  vaqtida"  modellar  to`plamining  chiqarilishi,  ya’ni  bozordagi 
raqobatchilarning  o`xshash  mahsulotlari  bilan  to`ldirilganidan  ancha  oldinroq 
ishlab  chiqarishga  erishish  zaruratidir.  Zamonaviy  texnologiyalar  kompaniyaga 
yangi  modellarni  ishlab  chiqarishni  tezlashtirish  va  ularni  "noldan"  yoki  oldingi 
konstruktorlik  ishlanmalariga  asoslangan  holda  tayyorlashga  qanday  yordam 
berishi haqida ma’lumot keltiriladi.  
An’anaviy usullarning cheklanishi. Ko`pgina avtomatlashtirilgan loyihalash 
(SAPR)  ish  tizimlari  uchun  "an’anaviy"  usullar  har  doim  ham  mahsulot  ishlab 
chiqarishni  sezilarli  darajada  tezlashtirishga  imkon  bermaydi  va  modellarning 
o`zaro  almashinuvchanligini  yangi  darajaga  olib  chiqadi.  Kiyimlarni  loyihalash 
dasturlarining  an’anaviy  uslubi  kompyuterga  ilgari  qog`ozda  ishlab  chiqilgan 
asoslari  yoki  andozalarini  raqamlashtiruvchi  digitayzerdan  foydalangan  holda 
kiritishni  va  keyinchalik  o`lchovlararo  kattalashtirish  yordamida  razmer  va  bo`y 
o`lchamlarida  takrorlashni  o`z  ichiga  oladi.  Bu  erda  andozalarni  ko`paytirish 
o`lchamlararo  o`sib  borish  yoki  kichrayib  borishidagi  o`zgarmas  kattaliklarga 
tayanadi. Bugungi kunda mutaxassis SAPRdan avtomatik ravishda reproduktsiyani 
amalga  oshirish  uchun  "talab  qilish"  huquqiga  ega,  ya’ni  konstruktor  har  qanday 
razmer-bo`y  o`lchamlariga  kirishiga  hojat  qoldirmaydi.  Aniqroq  qilib  aytganda, 
SAPR  uni  takrorlash  usulini  tanlash  uchun  foydalanuvchiga  qoldirishi  kerak: 
o`lchovlararo o`sish intervali yoki avtomatik ravishda o`sib borishni nazorat qilish. 
Konstruktor ishini susaytiruvchi yana bir kamchilik - kiyim-kechak konstruktsiyasi 
bo`yicha  eskirgan  dasturlarning  va  bu  bog`liq  bo`lgan  qismlarning  o`zaro 
bog`liqligi mexanizmining yetishmasligidir. Bu shuni anglatadiki, oldindan barcha 
andozalar  tayyor  bo`lganda,  an’anaviy  SAPR  tizimlari  har  qanday  konstruktsion 
o`zgartirishini  bitta  operatsiyada  barcha  andozalar  to`plamiga  darhol  qo`llash 
imkoniyatini yaratolmaydi. Shuning uchun, namunaviy modelni sinab ko`rish yoki 


58 
 
mahsulotning  biron  bir  qismini  qayta  ishlash,  biron  bir  qismiga  ishlov  berish 
texnologiyasini  o`zgartirgandan  so`ng  talab  qilinishi  mumkin  bo`lgan  kichik 
o`zgartirilishlarni, konstruktor mustaqil ravishda, tizimga barcha kiyim  detallariga 
tegishli, shuningdek qirqim, kertimlar va uzunligini va baxyaqatorlarning soni bir 
necha  o`nlab  bo`lgan  tuzatishlarni  qo`lda  kiritishi  to`g`ri  keladi.  Bunday  "qo`lda" 
mehnat  qilish  mahsulotni  ishlab  chiqarishga  tayyorlash  vaqtini  sezilarli  darajada 
sekinlashtiradi  va  yuzaga  kelishi  mumkin  bo`lgan  yangi  xatolar  ehtimolini 
oshiradi.Tayyorlanayotgan  mahsulot  assortimentining  intelektual  tuzilishlari 
tanlovining  keng  ko`lami,  razmer  va  bo`y  bo`yicha  avtomatik  ravishda 
ko`paytirilishi,  kiyim  detallarining  o`zaro  bog`liqligi,  mahsulotni  yaratishda 
kombinatsion  usulni  qo`llanilishi  -  bular  konstruktorning  ish  unumdorligini 
sezilarli darajada oshirishning asosiy zamonaviy vositalaridir.  
Biz mahsulotni yaratamiz. Zamonaviy tizimlar foydalanuvchilarga mahsulot 
ishlab  chiqarish  jarayonini  soddalashtirish  va  tezlashtirish  uchun  nimani  taklif 
qilishi  mumkin?  Javobni  eng  ko`p  mehnat  talab  qiladigan  ayollar  kiyimlari 
misolida tasvirlaymiz. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish