1-QADAM.
O`lchovli
tipologiyani
tanlash.
Avvalo,
o`lchovli
xususiyatlarning mos tizimi tanlashinishi kerak. Ayollar jaketi konstruktsiyasini
qurish uchun ЦНИИШП 2003 tavsiyalariga binoan har xil to`lalik va bo`y
o`lchamlaridagi ayollar kiyimlari uchun yangi o`lchovli belgilarni o`z ichiga olgan
tipologiyadan foydalaniladi. Ba’zi hollarda eski o`lchov belgilarini o`z ichiga
olgan ayol tipologiyasini qo`llash ham mumkin.
2-QADAM. Bazaviy konstruktsiyani yaratish. Jaket konstruktsiyasini qurish
uchun mos keladigan intellektual bazani chiqarimiz va asosiy parametrlarni vizual
rejimda o`rnatib to`g`rilaymiz. Intellektual konstruktsiya qo`shimchalararo va
kerakli model parametrlari o`rtasidagi muvozanatni tezkor topishga yordam beradi.
Konstruktorning ishlashi uchun muhim bo`lgan ma’lumotlar – aylana o`lchamlari,
qo`shimchalar, nazorat o`lchamlari - displey ekranida aks etadi. Intellektual
konstruktsiya turli xil vizual boshqaruv elementlari bilan jihozlangan (tutgich,
59
tugmalar va kalitlar), bu konstruktorga ekrandagi bazaviy asosdagi barcha
parametrlarini tezlik bilan o`zgartirishga imkon beradi.
3-QADAM.
Modellashtirish.
Modellashtirishni
tezlashtirish
imkoniyatlaridan foydalanish. Tizim model chiziqlari o`rnini (masalan, releflar) va
ularning sonini, shaklini, og`ish burchagini, yo`nalishini, vitochkalarning ulushini
taqsimlashni va boshqalarni o`zgartirish qobiliyatiga ega bo`lgan modelning old va
orqa bo`laklari uchun turli xil variantlarni tanlashni taklif qiladi.
4-QADAM.
O`zaro
bog`langan
konstruktsiyalarni
qurish.
Yeng
konstruktsiyasiga qo`shimcha kiritish. Masalan, reglan yeng. Reglanning bir nechta
turlaridan (klassik, yarim Reglan, Reglan-koketka va boshqalar) eng mosini
tanlanadi. Boshqa intelektual vositalar kabi, reglan bazasini har qanday konstruktor
talablariga mos ravishda o`zgartirish mumkin. Yeng o`mizi va qiyamasi kabi eng
muhim konstruktiv parametrlari o`rtasida o`zaro aloqa mavjud. Yeng qiyamasi
alohida ahamiyatga ega bo`lgan, yeng tuzilishiga bog`liq majburiy shaklni
saqlaydi, shuning uchun yeng o`mizi parametrlariga kiritilgan barcha o`zgarishlar
yeng detallari yoyilmasida ko`rinadi. Xuddi shunday qo`shimchalar bilan model
yoqasi, taqilmasi, cho`ntaklar va kiyimning boshqa elementlari bilan to`ldiriladi,
va ularning qurilishi konstruktordan ko`p vaqt talab etadi. Intelektual
konstruktorlardan foydalangan holda, kiyim detallarini muntazam nazorat zarurati
qolmaydi.
5-QADAM.
Andazalarni
yaratish
va
rasmiylashtirish.
Model
konstruktsiyasidan kerakli andozalarni tanlanadi, qo`yimlar va burchaklarni
belgilash, kertimlar kiritish uchun avtomatik ish rejimi funktsiyalaridan
foydalananib turli funktsiyali andazalar shakllantirladi. Bu jarayon barcha razmer-
bo`y o`lchamidagi andazalar komplektlari uchun bir xil qo`llaniladi. Izmalar va
boshqa belgilarni andazada qo`llash uchun mos ravishda kerakli vositalardan
foydalananiladi.
6-QADAM. Gratsiya bosqichi. Andozalarni har bir razmer, bo`y va
to`lalikda butun to`plamini qurish uchun tegishli o`lchamlarni tanlash yetarli
bo`ladi. “Gratsiya” dasturida andazalarni ko`paytirish avtomatik ravishda amalga
60
oshiriladi. Shunday qilib, zamonaviy SAPRda minimal vaqt sarflagan holda,
konstruktor har qanday razmer va bo`y o`lchamlariga ko`paytirilgan har qanday
mahsulotning andazasini olishi mumkin.
Bir urinishda yangi model. Zamonaviy tizimlarda bazaviy parametrlar yoki model
konstruktsiyasi va andozalarining har bir parametrlari nafaqat ilk bosqichlarida,
balki loyihalashning har qanday bosqichida ham o`zgarishi mumkin.
Sinov namunasi tikilganidan so`ng, tuzilgan andazalar to`plamiga tuzatish
kiritish yoki tayyor model asosida yangi modifikatsiyani yaratish kerak bo`lganda,
bunday o`zgarishlarning ehtimoli konstruktorlar uchun ayniqsa qiziq. Shunga
o`xshash vaziyatni erkaklar kiyimlari misolida ko`rib chiqamiz. Yangi intelektual
vositalardan foydalangan holda, ilgari ishlab chiqarilgan yengil kurtka modelini
kompyuter sichqonchasini bir marta bosish bilan o`zgartirish mumkin. Erkaklar
kalta pal`tosi o`lchamlari misolida ko`rib chiqadigan bo`lsak, buyum uzunligini va
yoqasining o`lchamlariga qo`shiladigan qiymatlar uning erkin turishi yoki gavdaga
moslashtirilishiga ko`ra, oldingi model erkaklar pal`tosi asosida bazaviy razmer-
bo`y o`lchamidagi andozalarning to`liq to`plamida ishlab chiqiladi. Kiyim
to`plamini ishlab chiqishda rassom ko`pincha turli xil model namunalarini bir xil
konstruktiv asosda yaratadi. Shu sababli, interfaol konstruktsiyalardan foydalangan
holda bitta modelni (orqa, old, englar, cho`ntaklar va yoqalar) qurib, konstruktor
juda ko`p turli xil modellarni oladi, shunchaki kompyuter qurilmalari va boshqa
boshqarish
vositalaridan
foydalangan
holda
interfaol
konstruktsiyaga
o`zgartirishlar kiritadi.
Kombinatsiyalashgan usuldan foydalanish. Mahsulot elementlari (va
nafaqat modellar) ma’lumotlar bazasini yaratish, masalan, turli xil englar, yoqalar,
cho`ntaklar, yeng o`mizi va qiyamasi chiziqlari, qo`yma burmalar, volanlar,
konstruktorning ishini sezilarli darajada tezlashtiradi. Bundan tashqari,
ma’lumotlar bazasida yuqoridagi elementlar bilan bog`liq barcha andoza
to`plamlari saqlanishi mumkin. Bunday manbalar bilan ishlash, mahsulot
bo`laklarini allaqachon o`rnatilgan detallar bilan birlashtirib, mahsulotni yig`ib
tayyorlashga imkon beradi.
61
Nazorat savollari:
1. Bichish jarayonini avtomatlashtirishda qo`llanilgan dasturiy ta’minot turlari.
2. Kiyim loyihalashda avtomatlashtirish tizimlarining qo`llanlishi
3. Avtomatlashtirish va loyihalash jarayonining o`ziga xos xususiyatlari
nimalardan iborat?
4. Mahsulot yaratish bosqichlarini sxematik tasvirlang.
5. Buyum detallarini bichishda komp`yuterdan foydalanish, yangi dasturlarni
qo`llash usullari.
6. “Gratsiya” dasturida andozalarni o`lcham va bo`yi bo`yicha kattalashtirish
va kichraytirishning ahamiyati
7. Kiyimlarni konstruktsiya va loyihalash jarayonlarining bog`liqligi nimada?
8. Komp`yuterlashgan pardozlash dazmollash uskunalari xususiyatlarini
aniqlang.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |