1.3. Detallarni biriktirish va ulash texnologiyasida innovatsiyalar
Tikuvchilik sanoatida to`qimachilik materiallaridan tikuvchilik buyumlari
ishlab chiqarishda tikish asosan chok (baxyaqator)lar bilan amalga oshiriladi, yana
shu o`rinda asosan alohida xususiyatlariga ega texnik to`qimachilik materiallarini,
boshqa turli xil biriktirish usullaridan, ya’ni, masalan, payvandlash va elimlashdan
foydalaniladi. Bunday usullar ma’lum funktsiyalarga ega kiyimlarni yaratishda
qo`llaniladi, masalan, turizm va sport kiyimlari uchun. Tikuvchilik sanoati
jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mashinasozlik korxonalari turli xil
jabhalar uchun yangi turdagi mashinalarni ishlab chiqarmoqdalar. Ular
tikuvchilikining yuqori sifatli bo`lishini ta’minlovchi, foydalanishi qulay,
moslashuvchan va texnik xizmat ko`rsatish oson bo`lgan standart tikuv
mashinalari, shu jumladan tikuv avtomatlarini taklif qilib kelishmoqda.
Samaradorlik, jarayonning ishonchliligini oshirish, jarayonlarni osonlashtirish va
vaqtni tejash, shuningdek ergonomika va boshqaruvni rivojlantirishga qaratilgan
avtomatlashtirishga katta e’tibor qaratildi. Dürkopp Adler AG (Germaniya)
innovatsion echimlarni ilg`or IMB yarmarkalarining asosiy tarkibiy qismi - kiyim-
kechak va yangi yo`nalishda - texnik to`qimachilik materiallarida namoyish etdi.
Uning stendida 25 ta yangi mahsulot bilan tanishish mumkin. Namoyishda ikki
seriyaga alohida e’tibor qaratish lozim. Dürkopp Adler birinchi marta keng
ommaga M-Type seriyasini ya’ni: o`rta o`lchamdagi ishlarning barcha turlari
uchun funksionallik va moslashuvchanlikning yangi ko`rsatgichlarida yaratilgan
o`rta o`lchamli tikuv mashinasi platformasini taqdim etdi. Birinchi vakili sifatida,
25
M-Type IMB-da namoyish etilgan mokili baxyaqator chokli, yassi platformali
867-sinf tikuv mashinasi bo`ldi. Birinchi marta o`rta holdagi barcha jarayonlarni
amalga oshiradigan seriyadagi tikuv mashina yaratildi. Shu bilan birga, M-tipli
mashinalarning barcha uzellari 80 foizi tuzilishi jihatdan o`xshashdir.
Foydalanuvchilarning o`ziga xos talablariga ko`ra qo`shimcha uskunalar asosiy
funktsiyalarga ega ECO mashinalaridan tortib, uskunaning barcha o`ziga xos
xususiyatlariga ega bo`lgan premium avtomashinalariga qadar o`rnatib beriladi. Bu
bilan, mijoz uchun ma’qul bo`lgan holatga erishiladi, chunki u faqat o`ziga zarur
bo`lgan ehtiyojlari uchun pul to`laydi. Multiflex 589 seriyali mashina haligacha
ko`zchali izma ochishda o`ta aniqlikni namoyon etib kelmoqda. Ikki xil turdagi
pichoq qo`llanilgan yangi usul yordamida, qo`shimcha mexanik moslamalarsiz
turli hil izmalarni ochish mumkin. Pidjaklar ishlab chiqarishda 580 Multiflex-dan
foydalanilganligi sababli, faqatgina pidjaklar va latskanlar oldi tomon chetlari
uchun, ko`zchali izma hosil qiluvchi avtomat mashina kerak bo`ladi. Bunday
holda, zarur moslama yoki pichoqni almashtirish, shuningdek, ishlab chiqarilgan
mahsulotni bitta mashinadan boshqasiga o`tkazish bilan bog`liq jarayonlar uchun
vaqt talab qilinmaydi. Mavjud izma holatini avtomatik aniqlash tufayli dasturlash
ishlariga ham vaqt talab qilinmaydi. Tikuv ipini yoki uning rangini almashtirishda
faqat bitta ipni qaytarish kerak. Dürkoop Adler tomonidan ishlab chiqarilgan yangi
XXL izma ochuvchi yordamida yuqori mahsuldorlikka erishish va ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirish mumkin. O`rtadagi muammolarni hal qilishda ostki
iplarni hajmini oshirish evaziga erishildi. Takomillashtirish natijasida uni 70
foizgacha oshirish imkoniyatiga ega bo`lindi. Shunday qilib, izma ochishda
naychani almashtirish vaqti ikki baravar kamaydi. Avvalom bor, qalin iplarni
qo`llashda va katta o`lchamdagi materiallarni tikishda, davomiylik muddatini
oshirishga erishildi. Izma ochuvchi XXL o`rta bo`g`indagi barcha sinflari uchun
ishlatilishi mumkin. Pfaff Industriemaschinen AG (Germaniya) kompaniyasi
materiallarni birlashtirish uchun tikishda ham, payvandlashda va yopishtirishda
ham yaxshi echimlarni topdi. 2005 yilda boshlangan yangi mahsulotlarning faol
taqdim qilinishi, barcha segmentlarida yangiliklarni va yangi xususiy texnik
26
echimlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Pfaff 3519 tikuv mashinasi kurtkalarning
old qismidagi bortlarini tayyorlash uchun har tomonlama moslashtirilgan. Elektron
boshqaruv qurilmasining xotira hajmini oshirish tufayli xotirasida saqlab qolishga
erishilgan tikish dasturlaridan, kerakligini tez o`rnatish tizimi va murakkab
jarayonlarni boshqarish - kabi yangiliklar bortlarni tayyorlash samarasini oshiradi
va yaxshilaydi. Tikuv mashinasi lazer nurlari yordamida qismlarning aniq
joylashishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ayniqsa, chiziqli va katakli
materiallardan mahsulot ishlab chiqarishda, bortlarni bir xil sifatli joylashtirishga
erishiladi. Pfaff 3734 va 3894 mashinalari englarni tikib ulash uchun
mo`ljallangan, unda nozik materiallarni qayta ishlashda qo`shimcha imkoniyatlar
yaratadigan, ya’ni cho`zish va tortish tizimi ishlab chiqilgan. Yangi tortish
moslamasi igna orqasida joylashgan va u alohida o`zgarmas tokli yuritgich
tomonidan harakatlantiriladi. Tortish usulini joriy etilishi materiallarning optimal
harakatlanishini, chokning silliq o`tishini, uni bir tekis shakllanishini ta’minlaydi,
ayniqsa sezgir matolardan buyum ishlab chiqarishda bu usulni samarasi juda
yuqori bo`ladi. Pfaff 3832 (pidjakning chetini tikish va asta-sekin qirqish) va Pfaff
3801 tikish mashinalari tikuvchi ish o`rinlarini birlashtirilib, ularga xizmat
ko`rsatish ucun yangi avlod sensor ekranli monitor bilan jihozlangan. Yangi xizmat
monitori tikuv dasturlarini o`rnatishni soddalashtiradi. Bundan tashqari, sensorli
ekran yordamida tikuv dasturlarini ishlab chiqish va ularni saqlash mumkin.
Mahsulotning barcha sohalarda tikilish choklarining o`tishi va uning individual
ko`rsatgichlari grafik shaklda ko`rsatiladi. Yuqori tezlikda ishlaydigan uch
bosqichli tikuv mashinasi turli xolatlarda foydalanish uchun mo`ljallangan.
Mashina o`tkazib yuborgan choklarni aniqlovchi SSD qurilmasi, Jumbo tipidagi
yangi katta bog`lagich (petlitel) va yangi ip qisqichlarini bilan jihozlanganligi uni
imkoniyatlarini maksimal darajaga ko`tardi. SSD - bu tikuv jarayonida har bir
chokni kuzatib boradigan, Ish sifatini ta’minlaydigan tizim bo`lib hisoblanadi.
Agar chok o`tkazib yuborilsa, mashina avtomatik ravishda to`xtaydi va optik
indikator nuqsonli chok haqida signal beradi. Nuqsonli joy tezda aniqlanadi va
tuzatiladi, natijada ko`p xarajat va vaqt talab qilinadigan qo`shimcha ishlardan
27
ozod bo`linadi va nuqsonlar soni kamayadi. Yangi ip siqish moslamalari va katta
bog`lagich (petlitel) Jumbo (joylashishi 50% dan yuqori) yuqori tezlikdagi tikuv
mashinasini avtomobil sanoatida va uy jihozlari qoplamalarini tayyorlashda yanada
ahamiyatli va samaradorlikni oshiradi. Kompaniya uzluksiz ravishda ishlaydigan
texnik to`qimachilik materiallari uchun ultratovushli payvandlash dastgohlarining
yangi avlodini – Pfaff 8310 ni taqdim etdi. Bu erda innovatsion to`qimachilik
materiallarini ulashda texnologik tikish va tikish sifati bo`yicha yangi imkoniyatlar
yaratildi. «Aqlli» mashinalar choklarni tekis bo`lishiga erishish uchun differentsial
uzatish bilan ishlaydi. Ko`ndalang choklarni aniqlab va tegishli dozalangan
payvandlash kuchini tanlaydigan "Payvandlashni dasturlashtirlash" IMB uchun
yangilik bo`ldi. Chok bo`laklarini tikishda dasturlash tikuvchilik sanoatida uzoq
vaqtdan beri odatiy hol bo`lib kelgan, ammo payvandlashga kelsak, bu haqiqiy
yangilik bo`ldi. Issiq havo va qizdirilgan sim bilan ishlovchi Pfaff 8320 va Pfaff
8322 yangi avlod mashinalarni, foydalanuvchi sensorli ekran yordamida
dasturlanib boshqaradi. Ish borish jarayonini ko`rsatkichlar shaklida ishlab
chiqilishi va saqlanishi mumkin. Ular payvandlash uchun muhim bo`lgan harorat,
bosim va tezlik kabi xususiyatlarni o`z ichiga oladi. Ushbu yangi usul uchun
kompaniya "Ishlab chiqaruvchi" nominatsiyasida IMB mukofotiga sazovor bo`ldi.
Shuningdek, ko`plab yangiliklarni Juki Corporation (Yaponiya) kompaniyasining
taqdimotlarida ham topish mumkin. Shunday qilib, yangi ikki ignali, moki
bahyaqator chokli, yuqori tezlik va samaradorlikka ega, harakatini uzib o`chirib
qo`yish mumkin bo`lgan igna yo`naltirgichli, o`tqazish qulochi uzaytirilgan, yangi
LH-3500 seriyali tikuv mashinasi ko`pchilikning qiziqishiga sabab bo`ldi. Bu
holda mashina bilan ishlash engillashtiradi va tikish sifatini yaxshilaydi. Davr
(tsikl) davomiyligini qisqartirilishi va bu o`z navbatida yuqori mahsuldorlikni
ta’minlanishiga, LK-1900A yangi tipdagi yuqori tezlikka ega, raqamli dastur bilan
boshqariladigan mustahkamlash avtomat mashinasi tufayli erishildi (maksimal
tezlik 3000 tikuv / min.). Bunda ip tarangligini doimiy nazoratda ushlab tartibga
solish tufayli turli xil qalinlikdagi materiallar va tikish yo`nalishlari bilan bir xil
taranglikka erishish mumkin. Suyuq kristalli displeyli katta IP 400 sensorli ekran
28
piktogrammalar orqali hizmat ko`rsatishni oson bo`lishini ta’minlaydi. Yana bir
yangi usul, ya’ni tugmachalarni tikish uchun MV-1377 seriyadagi bir ipli zanjirli
tikuv mashinasi bo`lib, undagi tugunni bog`lash mexanizmi tufayli tugmachalarni
mahkam bog`lash imkoniyatiga ega bo`linadi. Shu bilan birga oddiy mexanik
sozlash tufayli U-shakl yoki X- shakldagi tikish usulini tanlash mumkin. Mashina
yaratuvchisi Brother Industries Ltd. yapon kompaniyasi, boshqa yangiliklar
qatorida ular tikish sifati yaxshilangan va hizmat ko`rsatish qulay bo`lgan,
ko`zchalik izma ochuvchi indikatorli RH-9820 mashinasini va uzatmalarsiz
to`g`ridan-to`g`ri yuritgichli yangi S 7220B turdagi yuqori tezlikka ega zanjir
chokli tikuv mashinlarini namoyish etdilar. Ip va ip ishlab chiqaruvchi Amann &
Söhnne GbmH & Co. KG (Germaniya), har bir kishini o`ziga xos turdagi yangilik
bilan hammani hayratda qoldirdi, ya’ni ular taqdim etgan ikki jilddan iborat
"Bichish-tikish va kashta tikish diqqat markazida" qo`llanmasi bo`ldi. Unda turli
xil iplar va iplarning keng doirasini o`z ichiga olingan, ularning texnik
xususiyatlarini, turli xil materiallar uchun turli xil ignalar bilan foydalanish
xususiyatlarini batafsil tavsiflangan. Cetex Chemnitzer Textilmaschinentwicklung
GbmH (Germaniya) og`ir texnik to`qimachilik materiallarini diagonal yo`nalishda
tikish uchun Drezden Texnik universiteti To`qimachilik va tikuvchilik
texnologiyalari instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan PSN 3020
dasturlashtiriladigan tikuv moslamasini namoyish etdi. Kompozitda diagonal
bo`yicha zanjirli chokni kerakli maqsadda joylashtirish natijasida to`qimachilik
matolarini tekis taxlanishini va taxlamlarpda mustahkamlikni barqarorligini
oshirish mumkin bo`ldi. Qurilma ma’lum maqsadda chok tikish usulini dasturlash
orqali texnik to`qimachilik materiallariga ta’sir qiluvchi kuchlarga ularni
mustaxkamligini oshirish imkonini berdi KMF International Textilmaschinen AG
(Germaniya) IMB-da jinsi va ish kiyimlariga cho`ntaklarni yangicha sifatli tikish
uchun KMF 3230 mashinasini taqdim etdi. Uzatmalar va boshqarish tizimlaridan
foydalanish mutloq sinxron zanjirli chok tikish mashinasiga o`tishlarni ta’minladi.
Xususan, avtomobil etkazib beruvchilari uchun kompaniya KMF 3145-4 Cut &
29
Punch o`rindiqlarni ishlab chiqarish uchun tarang qoplamalarni avtomatik
ravishda tayorlovchi qurilmani namoyish etdi.
Ushbu qoplamalar mos keladigan model uchun hususiy o`rindiqlarni
hamma joyda ishlab chiqarish imkonini beradi. Jarayon quyidagicha davom etadi:
jiyak va tasmani cheksiz ravishda uzatish, avtomatik ravishda buklash va tikish,
kerakli teshiklarni ochish, tortib mahkamlash, uzunlik bo`ylab bichish va saralash.
5-rasm. V 292-185082 rusumli tikuv mashinasi.
O`rnatishda texnik xizmat ko`rsatish esa juda oddiy. Ko`rsatgichlar va ishlab
chiqilgan dasturlar butun tayyorlash jarayonini qamrab oladi. Birlashtirishning
muqobil texnologiyalari - payvandlash va elimlash - funktsional kiyimlar va
ko`plab texnik to`qimachilik materiallari uchun qo`llaniladi. Bunda, bir tomondan
tekis chok va jiyak olinadi, bu birinchi navbatda, kiyim tanaga yopishib turishish
imkonini beradi, boshqa tomondan, masalan, ko`plab tikuvchilik mahsulotlar
choklarini suv o`tkazmaslik hususiyatini ta’minlaydi. Ultratovush texnologiyasidan
foydalangan holda sintetik materiallarni payvandlash yoki ularni maxsus
yopishqoq lentalar bilan ulash mumkin. Yuqorida keltirilgan Pfaff payvandlash
mashinalariga qo`shimcha ravishda, Schips AG (Shveytsariya) HS C 52BCO ish
30
6 - rasm. «Adler» firmasi 221-76-FA2-RAP73 tikuv mashinasi
7– rasm. 271-140042 rusumli tikuv mashinasining tashqi ko`rinishi
moslamalasini va HS C 51WFO ish moslamalasini yopishqoq lenta va ultratovush
yordamida ikkita kesilgan qismlarni uzluksiz payvandlash jarayonini taklif qildi.
Shu bilan birga, chok tuzilishi har bir mijozning xohishiga qarab tanlanishi
31
mumkin.
Nähtechnologie GmbH (Shveytsariya) firmasi shuningdek, ultratovushli
payvandlash uchun takomillashtirilgan mashinani, mashina qulochi erkin bo`lgan
ish o`rinli NT-6800 seriyani, pastki bo`limli konstruktsiyadagi NT-6900 seriyani
va pasayib ko`tariluvchan qulochli NT-6950 seriyani taklif etadi. King Ultrasonic
Co. Ltd. (Tayvan) kompaniyasi keng imkoniyatga ega, ultratovush yordamida
bichish va payvandlash mashinasining namoyish etdi. Ayniqsa tarkibida 65% dan
ortiq sintetik tolalasi bo`lgan materiallarni choksiz tikishda KS-15 yuqori
texnologiyadagi ultratovushli payvandlash mashinasi e’tirofga loyiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |