Omon Muxtorning Tort tomon qibla nomli trilogiyasi, Barot Boyqobilovning Ozbeknoma tarixiy-falsafiy
va manaviy-marifiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning Biz kim, ozbeklar asari, Azim Suyunning Oq va
qora, A.Qutbiddinning Izohsiz lugat sherlari zamonaviy ozbek adabiyotining yorqin ifodasidir.
Ozbekiston Prezidenti, respublika hukumati ijod ahliga katta gamxorlik qilmoqda. Istedodli adiblar faxriy
unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlanmoqda. Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod
Sharofiddinov, Tolepbergen Qayipber-genovlar mamlakatimizning oliy mukofoti
Ozbekiston Qahramoni
unvoni bilan taqdirlandilar. Koplab shoir va yozuvchilar yoqsak saviyadagi badiiy asarlar uchun
otkazilgan tanlovlarning sovrindorlari boldilar.
Ijtimoiy hayotning barcha yonalishlarida bolganidek madaniy hayotda ham tubdan ozgarishlar yuz berdi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan manaviy-marifiy islohotlar jarayonida teatr sanati ham
rivojlandi.
1993-yilda foydalanishga topshirilgan Turkiston saroyi Vatanimizning va xorijlik atoqli teatr
arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. 1994-yilda
Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat korsatayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, Abbos
Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. 2000-yili Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat teatri
tola tamir etildi.
Respublika Prezidentining farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qollab-quvvatlandi.
Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998-
yilda Ozbekteatrijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga
xalqimizning boy manaviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat
hissini uygotuvchi spektakllar yaratishda, istedodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatr-larning moddiy-
texnikaviy
bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda komaklashdi.
Ozbekteatr birlashmasi va barcha teatrlar 5 yilga barcha turdagi soliqlardan ozod qilindi. Murakkab otish
davri qiyinchiliklariga qaramasdan bironta teatrning yopilishiga yo1 qoyilmadi. Teatr binolari tamirlandi,
ichki jihozlari yangilandi. Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat korsatmoqda. Har bir
viloyatda qogirchoq teatrlari bolalarga xizmat korsatmoqda.
1996-yilda Toshkentda Koreya drama va estrada milliy teatri tashkil etildi va shu yilning dekabr oyida oz
faoliyatini boshladi. Davlat akademik rus drama teatri 1999-yilda hozirgi zamon talablari darajasida
tubdan qayta qurilgan muhtasham binoga kochirildi va ozining 64-teatr mavsumini yangi binoda boshladi.
2001-yilda respublika teatr sanatida muhim tarixiy voqea sodir boldi. Hamza nomidagi Ozbek akademik
drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar
bilan jihozlandi. 2001-yil 21-sentabrda Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi,
Ozbekiston Milliy akademik drama teatri deb ataldi.
Mustaqillik yillarida kino sanati ham rivojlandi. Kino sanatining ijodkor ustalari Shuhrat Abbosov,
Yoldosh Azamov, Elyor Eshmuhamedov,
Ali Hamroyev, Rashid Malikov, Jahongir Fayziyev, Sharof
Boshbekov va boshqalar zamonaviy kinofilmlar yaratish ishlarida peshqadamlik qildilar. Bozor
iqtisodiyotiga otish sharoitida xusu-siy kinostudiyalar vujudga keldi. 1992-yil fevralda Latif Fayziyevning
dastlabki xususiy kinostudiyasi Fayzifilm royxatga olindi. 1996-yilda Ozbekfilm tasarrufida 8 ta studiya,
shuningdek 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi.
Istiqlol yillarida tasviriy sanat ham rivojlandi, rassomchilik yangi mano-mazmun bilan boyidi. 1997-yilda
Prezident farmoniga muvofiq Ozbekiston Badiiy akademi-yasining tashkil etilishi va Tasviriy oyina
respublika ijodiy uyushmasining tuzilishi, ularning davlat tomonidan qollab-quvvatlanishi tasviriy sanat
rivojida muhim ahamiyatga ega boldi. Istedodli yoshlarni izlab topish, yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash ishlari yolga qoyildi.
Ozbekiston xalq
rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov, qobiliyatli moyqalam sohibi Zayniddin
Faxriddinov va boshqalar xalqimiz ongida milliy gurur, istiqlol va Vatanga sadoqat tuygularini
uygotuvchi qator sanat asarlarini yaratdilar. Amir Temur, Ulugbek, Bobur, fan va manaviy-marifiy
sohada dunyoga mashhur bobokalonlarimizning portretlari yaratildi.
Xalqaro musiqa festivalini otkazish togrisida qarori musiqa sanatining noyob namunalarini keng targib
qilish, rivojlantirishda dasturulamal bolib xizmat qildi. 1997-yil 25-avgust 2-sentabr kunlari
Samarqandda bolib otgan Sharq taronalari birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq
mamlakatidan ijrochilar, sanatshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdilar, festivalda yangragan ozbek
ohanglari, kuy-qoshiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Har ikki yilda
Samarqandda Sharq taron
Do'stlaringiz bilan baham: