123-savol: Mustaqil O‘zbekistonda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar. (milliy manfaatlar,
ma'naviy qadriyatlar, tiklanish)
Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. (Ma'naviy qadriyatlar, milliy o'ziga xoslik, mafkura)
Mustaqillik yillarida ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikning tiklanishi.
Mustaqillikni amalga oshirish va mustahkamlash sharoitida ma’naviy qadriyatlarni
tiklash va o‘zlikni anglashga alohida e’tibor berildi.
Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar davomida sharq xalqlari
uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qildi. Uzoq vaqt davom etgan qattiq
mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixiy
va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq, shuni ham ta’kidlash kerakki, ma’naviy qadriyatlarni hamda xalq uchun muqaddas
bo‘lgan diniy qadriyatlar va an’analarni qaytadan tiklash, o‘zligimizni anglash ancha
murakkab sharoitda eski imperiya tuzumi barbod bo‘lgan va yangi ijtimoiy munosabatlar
qaror topayotgan sharoitda yuz berdi. O‘sha davrda jangari millatchilik, diniy ekstremistik
ruhdagi xatti-harakatlar, ayrim siyosiylashgan guruhlarning naqadar tajovuzkorona
nafratlari ko‘chaygan edi. Shu bilan birga o‘tmish qadriyatlarini, an’analarini va turmush
tarzini betartib ravishda, orqa-ketini o‘ylamay qayta tiklash va boshqa keskinlikka, hozirgi
davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi
mumkin edi. Bunday vaziyatni hisobga olgan mustaqil O‘zbekiston davlati, ma’naviy
tiklanishning ijobiy bunyodkorlik mohiyatini kuchaytirishga qaratilgan, bir-birini
to‘ldiradigan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy dasturlarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Ushbu dasturda
o‘tmish qadriyatlarimizni tiklashda umuminsoniy qadriyatlarni
boyitadigan hamda jamiyatimizni demokratiyalash va yangilash talablariga javob
beradigan, axloq jihatdan ahamiyatli an’analarni, urf-odatlarni tanlab olishga asoslandi.
Xalqimiz adolat, milliy iftixor, tenglik, ahil qo‘shnichilik, do‘stlik, insonparvarlikning
nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy
maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda
tinchlik va demokratiyani, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol
toptirishga erishish uchun shart-sharoitlar yaratishdir.
Ma’naviy qadriyatlarni tiklashda milliy o‘zlikni anglash jarayonida xalqimiz istiqlol
tufayli, siyosiy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashning
chinakam egasi bo‘ldi, o‘zining ma’naviy tarixiy ildizlarini o‘rganish imkoniyatiga
muyassar bo‘ldi.
Xalqning, o‘lkaning, davlatimizning, hududining holisona tarixini tiklash o‘zlikni
anglashda, milliy iftixorni tiklashda g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tarix millatning
haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va tajribalari
tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda, axloqiy tarbiya va
ibrat manbaiga aylanmoqda. Milliy qadriyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk
ajdodlarimizning madaniy meroslariga e’tiborni qaratildi. Markaziy Osiyo tarixida siyosiy
aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida
mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan.
Ma’naviy meros nima, uning tiklanishi nimalarda namoyon bo‘lmoqda?
Xalqimizning etnik madaniy va diniy qadpiyatlapini tiklanishi, ma’naviy uyg‘onishining
yana bir bitmas tugamas manbai bo‘ldi. Ming yillar davomida Markaziy Osiyo g‘oyat
xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari va tinch-totuv yashagan markaz bo‘lib
kelgan.
O‘zbek xalqi ruhining tiklanishi, millatning ma’naviy-axloqiy g‘oyalarining
shakllanishi chuqur milliylik bilan umuminsoniylik chambarchas bo‘lgan hodisadir.
Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishida oila va qarindoshlik munosabatlari odobini
Do'stlaringiz bilan baham: |