124-savol: Mustaqil O‘zbekistonda milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.
Milliy g'oya, ma'naviy qadriyatlar, mafkura)
J: Jamiyat ma’naviyatini yo’qsaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa, deb ta’kidlaydi Prezident Islom
Karimov, milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir. O‘zbekiston
davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatimizning milliy g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa
bo‘lib qoldi. 1993-yil 23-aprel kuni Prezidentimiz bir guruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol
g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-sessiyasida 1993-yil 7-may kuni nutq so‘zlab,
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi:
· milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, di-liga, ruhiyatiga asoslanib,
kelajakka ishonch. Mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi
lozim;
· shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib
o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak.
Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad nima?
Bugungi kunda sobiq Ittifoq zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan,
manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, taqiq qilish, ma’myuriy choralar ko‘rish
yo‘li bilan yengib bo‘lmaydi. “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat
ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”, degan haq fikrni ilgari surdi Prezident Islom Karimov.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, “Xo‘sh, milliy g‘oya, milliy mafkura
nimalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?”, degan savolni qo‘yadi
va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari
suradi:
· birinchidan, milliy mafkura avvalombor, o‘zligimizni, muqaddas an’alarimizni anglash tuyg‘ularini,
xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy
maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;
· ikkinchidan, jamiyatimizda bugungi kunda mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, erkin
qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning
e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida
birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyo’q maqsadlar
sari chorlaydigan
Do'stlaringiz bilan baham: |