O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. Formatsion yondashuv, mintaqalarning



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/169
Sana05.09.2021
Hajmi1,42 Mb.
#164743
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   169
Bog'liq
Tarix yakuniy to'liq javoblari 200 ta

118-savol: Mustaqil O‘zbekistonda nodavlat, notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli 
ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. (Jamiyatning roli, qonunchilik bazasi, tashkilotlarni 
mustahkamlash) 


 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat 
roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining 4 
baravaridan 3 baravarigacha, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari uchun – bazaviy hisoblash 
miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytirilsin. 
2020-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida 
olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji 
stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilansin. 
5. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat 
tomonidan qoʻllab-quvvatlashga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklidagi 
mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat 
byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti, shuningdek, tuman va shaharlar 
byudjetlarining xarajatlariga qoʻshilsin. 
Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandning talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston 
Respublikasining Byudjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar 
Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
6. Belgilansinki, respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan qatʼiy 
nazar, ushbu organ va tashkilotlarning byudjetdan tashqari manbalari hisobidan majburiy 
tartibda ularning veb-saytlari yaratiladi. 
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi 
milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda: 
davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga oʻzgartirish 
va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va taqdim etsin; 
Internet tarmogʻida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan, 
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini 
inventarizatsiyadan oʻtkazsin. 
Inventarizatsiya natijalari veb-saytlarga nisbatan yangi talablarni inobatga olgan holda 
keyinchalik davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi 
organlarning yangi veb-saytlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya qilish boʻyicha 
choralar koʻrish uchun ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim 
etilsin. 
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston” telekanalida fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish sohasidagi vazifalarni keng koʻlamda tushuntirish va targʻib qilishga, aholini 
tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun olimlar, sotsiologlar, 
tadqiqotchilar, ekspertlar, jamoat arboblari, xotin-qizlar, yoshlar va fuqarolar ishtirokida doimiy 
faoliyat yurituvchi “munozara maydonchasi”ni tashkil etishga qaratilgan telekoʻrsatuvlar 
turkumini tayyorlash va namoyish etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik fikri” tahririyatini 
tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. 


Belgilab qoʻyilsinki, “Jamoatchilik fikri” tahririyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Milliy 
teleradiokompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat byudjetidan teleradiokompaniyaga ajratiladigan byudjet mablagʻlari doirasida amalga 
oshiriladi. 
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ikki hafta muddatda markaziy davlat telekanallarida 
mamlakatning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotiga oid eng muhim masalalarni 
muhokama qilish maqsadida doimiy asosda maxsus telekoʻrsatuvlar (jamoatchilik munozaralari) 
tashkil etilishini taʼminlasin. 
8. Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini 
tayyorlash boʻyicha ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, ilgʻor xorijiy tajribani 
oʻrganish va shakllangan milliy huquqni qoʻllash amaliyoti asosida nodavlat notijorat 
tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni kodlashtirish va tizimlashtirish uning asosiy vazifasi etib 
belgilansin. 
Ishchi guruh 2020-yil 1-fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan 
Oʻzbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini 
belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston 
nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan 
boshlab toʻlov asosida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirish kurslarini muntazam ravishda tashkil etsin. 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish