Kadrlar siyos atidagi jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat bo'ldiki endi O'zbekistonda partiya,
sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva
belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika
rahbariyati o'z qo'Iiga oldi.
Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo'lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon
tashlangan muhim qadam bo'ldi.
O'zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko'rildi, to'qib chiqarilgan «o'zbek ishi», «paxta
ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog'liq ishlar qayta ko'rildi, aybsiz qamalgan
minglab kishilar oqlandi, o'zoilasiga qaytdi, adolat tiklandi.
O'zbek tili - davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon
o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko'tarilgan edi. O'zbekistonning sobiq
rahbariyati bu masalaga awallari millat-chilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o'zbek va
rus tilini teng mavqega ko'tarishga urindi, shu yo'sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini
o'tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi,
masalani bosiqlik bilan hal qilish yo'lini tanladi.
O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989- yil 21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi sessiyasida
«O'zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O'zbekistonning davlat
tili o'zbek tilidir, o'zbek tili Respublikaning siyosiyijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining
barcha sohalarida to'liq amal qiladi», -deb belgilab qo'yildi.
1990 yil 19-fevralda «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat
dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan, mehnat jamoalari, o'quv yurtlari,
korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o'zbek tiliga o'tkazila boshladi. Bu
qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta
tarixiy voqea bo'lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo'ldi.
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko'tarishga
qaratilgan dastlabki sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisiga shaxsiy tomorqa uchun yer
ajratildi. Yerga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o'z tomorqalarini
kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi. Respublikada «Ish
bilan ta'minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990 yilda 300 ming kishi,
asosan yoshlar ish bilan ta'minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan
himoyalash uchun 1990 yilda budjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so'm qo'shimcha
mablag' ajratildi.
Prezident lavozimining ta'sis etilishi.1990- yil 18-fevralda O'zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo'ldi.
Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo'idiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil
nom-zodlar ko'rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz
ovoz bilan saylangan bo'lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to'play oldi
.
Do'stlaringiz bilan baham: