lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning
ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O’zbekistonda davlat Ijroiya hokimiyatini
takomillashtirishda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo’ldi.
Konstitutsiyaning 98-
moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston
Respublikasining Prezi¬denti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh
Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binоаn O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining
pala¬talari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
47. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. (Hokimiyatning 3 tarmog'i: qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud)
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 5-bo‘lim «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» deb nomlangan
bo‘lib, bunga birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi haqidagi asosiy
masala joy
olgan. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga
oshiradi. Oliy Majlis 2 palatadan: Qonunchilik palatasi va Senatdan (yuqori) iboratligi bayon
etilgan. Oliy Majlisning ana shu ikkala palatasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar o‘z ifodasini
topgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari 21 ta bo‘lib ular
alohida izohlangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari 4 ta. Senatning mutlaq
vakolatlari esa 14 tani tashkil qiladi.
48.
Mustaqil O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. (XDP,
Vatan
taraqqiyoti, Milliy tiklanish, sotsial demokratiya va boshqalar)
. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalar faolitining tashkiliy-huquqiy asoslarini 1992 yil 8
dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida bo‘lsada, lekin unga
qadar qabul qilingan “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi qonunlarning
dastlabkisi hisoblanadi. 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan ushbu qonunning 1-moddasida “o‘z
huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot,
ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat,
ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniylikni birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun
birlashgan fuqarolarning hohish irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy
tuzilma jamoat birlashmasidir. O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi(MTDP) 1995-
yilning 3- iyunida ta’sis quriltoyida tashkil topdi. Uning quriltoyida qabul qilingan dasturida
partiyaning maqsadlari quyidagicha belgilanadi: “Partiya umum,insoniy qadriyatlarni milliy
qadriyatlar bilan uzviy bog’langan holda Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan haq-huquqlar asosida
o’z siyosatini yuritadi va mamlakatda yashovchi xalqlar va elatlarning konstitutsion huquqlarini
va fuqarolik erkinliklarni hurmat qiladi.
49. Mustaqil O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. (Ochiqlik, teng
imkoniyatlar, milliy manfaat)
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib
borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq
demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy
tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-
demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 y. 8 dek.), Oʻzbekiston Respublikasining
"Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996 y. 26 dek.),
boshqa qonun hujjatlari, shuningdek,
oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning
34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinliklarini
amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va
undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik
asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi.
50.Mustaqil O‘zbekistonda parlament tizimi. (Oliy Kengash, Oliy Majlis, Senat, Qonunchilik
palatasi, mahalliy kengashlar)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun
chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning
umumiy, teng , toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis
koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan
saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar
1999 yil 5 va 19 dek.da boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004 yillarda faoliyat koʻrsatgan.
Bir palatali
parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240
ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik
jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish
boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi.
Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri
muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan
referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab
quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga,
2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan —
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi
Do'stlaringiz bilan baham: