Ozbekistonning yangi hukumati Markaz bilan boladigan munosabatlarni ozgartirmay turib,
ijobiy siljishlarga erishib bolmasligini va buning uchun respublikaning toliq mustaqilligini
taminlash zarurligini tushunib etdi. I.A.Karimovning tashabbusi bilan Ozbekiston hukumati
tomonidan 1989-yil 15-avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa
xojaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish togrisida» maxsus qaror qabul
qilindi. Garchi bu goya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bolsa ham, I.A.Karimov oz fikridan
qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada osha yilning 4 oyida aholi qoshimcha
90,7 ming gektar yer oldi. «Goyat ogir ayni osha sharoitda aholiga qoshimcha tomorqa yerlari
ajratish haqidagi Farmon va qarorlar qabul qilingani shu asosda, Ozbekiston boyicha 2,5 million
oilaga hammasi bolib 700 ming gektar sugoriladigan yer tomorqa sifatida xususiy mulk qilib
berilgani qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni yechish, aytish mumkinki, jar yoqasida turgan
yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlab qolishda ulkan tarixiy qadam bolgan...» Ana shunday
ozgarishlar tufayli odamlar dunyoda adolat va haqiqat borligiga, mustaqillik har qaysi oila,
butun xalqimiz uchun hyech narsa bilan olchab, qiyoslab bolmaydigan bebaho nemat ekaniga
chin dildan ishonch hosil qilgan edilar.
XX asr 80-yillarining ortalariga kelib SSSRning parchalanishi real obektiv haqiqatga aylanib qoldi.
1989-yil 21-oktabrda Ozbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi «Ozbekiston SSRning davlat tili
haqida»gi Qonunini qabul qildi. Ozbek tili davlat tili deb elon qilindi. Ish yuritish sekin-asta
ozbek tiliga otkazila boshlandi, uni organishni yaxshilash yuzasidan aniq chora-tadbirlar
belgilandi. Ayni vaqtda rus tilini va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini organish
uchun shart-sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni organishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi
qonunda belgilab qoyildi. Bu qonunning qabul qilinishi ozbek xalqi, shu xalq milliy oz-ozini
anglashining osishi, respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta
ahamiyatga ega boldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan song milliy ozlikni anglash,
milliy davlatchilikni tiklash yolida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bolgan muhim
siyosiy qadam qoyildi.
1990-yil 23-martda Ozbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida respublika
siyosiy tizimi togrisidagi masala korib chiqildi. Unda Ozbekistonda hokimiyatning Prezidentlik
boshqaruvi shakliga otishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich
ekanligi takidlandi.
1990-yil 24-mart kuni Ozbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1-sessiyasi SSSR doirasida
birinchi bolgan siyosiy hujjatni - «Ozbekistonda Prezidentlik boshqaruvi tasis etish togrisida»gi
qarorni qabul qildi va Ozbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abduganiyevich
Karimov Ozbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, Ozbekiston-SSSR respublikalari
ichida birinchi bolib ozining milliy-huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: