munosabatlar asl voqelikka aylanadi». Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish
munosabatlari majmui sifatida tushungan, shu bilan birga, uning ikki asosiy prinsipini alohida
ajratib korsatgan:
Fuqarolik jamiyatining davlatdan mustaqilligi, avtonomligi uning ozini ozi boshqarish
qobiliyatiga egaligi bilan izohlanadi. Bu jamiyatda ozini ozi boshqarish jabhasi bilan davlat
boshqaruvi jabhasi mavjud bolib, ular biri-biriga zid emas, aksincha, bir-birini toldiruvchi tizimlar
hisoblanadi. Ijtimoiy ozini ozi boshqarish ustun mavqega ega bolib, jamiyatning ozi davlat
boshqaruvini joriy etadi, davlat apparatini shakllantiradi va, nihoyat, ijtimoiy hayotga davlat
aralashuvining kolami va chegarasini belgilaydi (V. A. Chetvernin).
Fuqarolik jamiyatidagi ozini ozi boshqarishning asosiy mexanizm (murvat) lari:erkin bozor
(iqtisodiy mexanizm); siyosiy erkinlik va demokratiya (siyosiy mexanizm); manaviy-axloqiy soha
(manaviy-ruhiy mexanizm; jamiyatdagi nizolarni odil sudlov vositasida hal etish (sud-huquqiy
mexanizm)dan iborat bolib, ularda jamiyat azolarining rasman tengligi prinsipi namoyon boladi.
Yuqoridagi tahlillar asosida «fuqarolik jamiyati» tushunchasini yanada aniqlashtirishga urinib
korish mumkin. Yani: fuqarolik jamiyati insonlarning shunday birligidirki, u jamiyat hayotining
iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va manaviy sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy
vujudga keltiradigan, shuningdek nodavlat munosabatlarning majmui va erkin insonlar,
tashkilotlar va fuqarolar uyushmalari faoliyat yuritib, namoyon boladigan sohadir. Maxsus
adabiyotlardan birida quyidagi tarifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik jamiyati oz faoliyatida
davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bolgan xususiy shaxslar, guruhlar va
institutlarning tizimi... Fuqarolik jamiyatini mamlakatdagi davlat-hokimiyat tuzilmalari doirasiga
kirmaydigan nosiyosiy ijtimoiy munosabatlar yigindisi sifatida tariflash mumkin»
Fuqarolik jamiyatining qaror topishi va zohir bolishining quyidagi umumiy goya va prinsiplarini
takidlash joiz: 1) iqtisodiy erkinlik, turli mulk shakllari va bozor munosabatlarining mavjudligi; 2)
inson va fuqarolarning tabiiy huquqlarini sozsiz tan olish va muhofaza etish; 3) davlat
hokimiyatining legitimligi va demokratikligi, yani huquqiy davlatning mavjudligi; 4) barchaning
qonun va odil sudlov oldida tengligi, shaxsning yuridik jihatdan muhofazalanganligi; 5) siyosiy va
mafkuraviy plyuralizm, legal muxolifatning mavjudligi; 6) soz va matbuot erkinligi, ommaviy
axborot vositalarining mustaqilligi; 7) davlatning fuqarolar xususiy hayotiga aralashmasligi,
davlat bilan fuqarolarning ozaro burch va masuliyat (javobgarlik) orqali bogliqligi; 8) ijtimoiy
hamkorlik va milliy totuvlikning taminlanganligi; 9) insonlarning munosib hayot kechirishini
taminlovchi samarali ijtimoiy siyosat amalga oshirilishi.
Huquqiy davlat qurish doktrinasida davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro va sud
hokimiyatiga bolinishi muhim orin tutadi. Ushbu qarashning genezisi, zamonaviy muammolari
haqida juda kop falsafiy, siyosiy va huquqiy adabiyotlar chop etilgan
.
Do'stlaringiz bilan baham: