Malakalar hosil qilish tezligi kishining shu hosil qilinayotgan malaka-
larni o‘z ichiga olgan faoliyatiga nisbatan qanday munosabatda boMishiga
qaraydi.
Bu munosabat muayyan bir malakalami hosil qilishga kishining
qanchalik qiziqishi va buning zarur ekanligini anglashida hamda, shuning
bilan biiga, hosil qilayotgan malakalariga bogMiq boMgan hissiy kechinma-
larida ifodalanadi. Masalan, mamlakatga ko‘p ko'mir yetkazib berish ke
rakligini juda yaxshi anglay olgan shaxtyorda ko‘mir qazish malakalarini
egallashga qiziqish paydo boMadi va shuning bilan birga, bu malakalar tez
hosil qilinadi. Agar kishi malakalar hosil qilishda bu malakalarning kerakli
ekanini anglasa va agar unda o‘z kuchlariga hamda mashqlari orqali erisha-
digan yiituqlariga ishonch hissi boMsa, bunday holda malakalar tez hosil
boMadi. Agarda mashqlar ishga e’tiborsizlik bilan va o‘z kuchiga ishonmay
qilinsa, bunday holda malakalarning hosil boMishi sekinlashadi.
Kishining umumiy salbiy emotsional holati, ya’ni zerikish, qo'rqish,
xafalanish, g'amginlik, ruhiy tushkunlik va shuning kabilar ham malaka
lar hosil qilish jarayoniga ta’sir qilib, uni sekinlashtiradi. Bu emotsional
holatlar avtomatlashish momentining boshlanishiga to'sqinlik qiladi va
ular hattoki ilgari hosil qilingan malakani buzib yuborishi mumkin. Malaka-
laming qoMlanish jarayonida bunday hissiyotlarning tugMlishi, bu malaka
larning avtomatligini buzib yuboradi va shunday qilib, bu malakalar qat-
nashadigan faoliyatning borishini chalgMtadi va buzadi. Bu yerda, awalo,
nerv sistemasining tiplari ahamiyatga egadir. l.P. Pavlov nerv sistemasi
ning faoliyatidagi farq, nerv jarayonlarining asosiy xususiyatlari — kuchi
ildamligi va muvozanati bilan belgilanishini uqtirgan edi. Turli kishilarda
nerv jarayonlarining mana shu xususiyatlariga qarab, malakalarning asosi
boMgan yangi muvaqqat bogManishlar har xil tezlikda hosil boMadi.
Professor A. Ivanov—Smolenskiy va u bilan birga ishlovchi ilmiy xo
dimlar maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi juda ko‘p bolalarda
muvaqqat bogManishlar hosil boMishining individual xususiyatlari ustida,
ya’ni miya po'stining shartli reflekslar facliyati ustida tekshirish ishlari
olib borganlar. Tiplami sistemaga solishda nerv jarayonlarining muvo
zanat va ildamlik prinsiplari asos qilib olingan.
Bu tekshirishlar natijasida, muvaqqat bogManishlar hosil boMish masala-
sida miyaning to‘rt xil tipdagi faoliyati aniqlangan: 1) labil (ildam) tip, bunda
musbat va manfiy muvaqqat bogManishlar yengillik bilan va tez hosil boMadi;
2) inert (sust) tip, bunda musbat va manfiy muvaqqat bogManishlar bab-
baravar ravishda sekinlik bilan hosil boMadi; 3) qo‘zg‘aluvchan tip, bunda
musbat muvaqqat bogManishlar juda yengillik bilan va tez hosil boMadi, ammo
manfiy muvaqqat bogManishlar, aksincha, qiyinlik bilan va sekin hosil boMadi;
4) tormozlanuvchan tip, bunda musbat muvaqqat bogManishlaming hosil
boMishi va mustahkamlanishi sekinlik bilan boradi, manfiy muvaqqat
bogManishlar esa, aksincha, yengillik bilan va tez hosil boMadi.
Muayyan bir malakalarning hosil bo'lish tezligi hiyla darajada kishi
ning xarakteriga ham bog'liqdir. Boshlangan ishni oxirigacha olib bora
bilish, maqsadga erishishdagi qat’iyat, chidam kabi xarakterning shunday
xislatlari g'oyat murakkab malakalar va ijobiy odatlaming muvaffaqiyatli
ravishda hosil bo'Hshiga yordam beradi. Albatta, xarakter xislatlarining
ko'plari uzoq muddat davomida qilingan mashqlaming mahsulidir va shu
ning uchun ular turli odatlarda namoyon bo'ladi.
Maxsus malakalami o'zlashtirishdagi eng katta muvaffaqiyat kishi
ning qobiliyatlariga va shuning bilan biiga, uning hosil qilinayotgan malaka-
larni o'z ichiga olgan faoliyat bilan qiziqishiga bog'liq.
41-rasmda ikki kishini o'qishga bir xil sharoitda va bir xil metod bilan
o'rgatishda ularning o'qish malakasi mashqini kuzatishdan olingan egri
chiziqlar ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: