P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


VII.  MALAKA VA ODATLARNING  AHAMIYATI



Download 25,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/542
Sana03.09.2021
Hajmi25,74 Mb.
#163650
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   542
Bog'liq
hjacki 342 Umumiy psixologiya (Ivanov P.I.)

VII.  MALAKA VA ODATLARNING  AHAMIYATI

Kishi  o'z  hayoti  va faoliyati  davomida har doim juda ko'p  miqdorda 

turli-tuman ish-harakatlar qiladi.  U bu harakatlar yordami bilan o'z ehti­

yojlarini  qondiradi  va  har xil  maqsadlarni  amalga  oshiradi.  Bu  harakat­

larning  ko'pi  malaka va  odatlardan  iboratdir.

Malaka va odatlar kishining hayoti va faoliyatini yengillashtiradi, chunki 

ular ongli harakatlarga qaraganda tezroq va ong bilan zo'r bermasdan amalga 

oshiriladi.  Mustahkam  o'zlashtirilgan  malaka  va  odatlar  har  bir  harakatni 

o'ylab qilishdan iborat bo'lgan ko'p diqqattalab ish «yukidan» kishining ongini 

«biroz yengillashtiradi» va buning bilan uning vaqti va quwatini tejaydi. Agar 

kishining  har  bir  ish  harakati  albatta  tafakkur  va  iroda  kuchining  ishtiroki 

bilan  bajarilishi  shart  bo'lganda  edi,  kishining  istagan  bir  faoliyati  naqadar 

murakkab,  naqadar davomli va naqadar ko'p diqqattalab ishga aylanib  ket­

gan  bo'lur  edi.  Hosil  qilingan  va  avtomatlashtirilgan  malakalar bosh  miya 

po'stining  ishini tejaydi.  Bu  haqda Sechenov ham gapirgan edi.

Malakalar kishi  faoliyatini yengillashtirish bilan birga bu  faoliyatning 

eng  samarali  bo'lishiga  ham  yordam  beradi.  Malakalar  inson  faoliyati­

ning  barcha  turlari  uchun  zarurdir.  Har  qanday  ixtisos  uchun  ma’lum 

malakalar sistemasining  bo'lishi  shart.

Bu  malakalar qanchalik puxta bo'lsa, shu  ixtisos bo'yicha ishlaydigan




kishi o'z ishini shunchalik yaxshi bajaradi. Mehnat unumini oshirish uchun 

boMgan kurashda, boshqa choralar qatorida, shu ixtisosga tegishli malaka- 

larni takomillashtirish va ularni to‘la ravishda egallash ham ko‘zda tutila- 

di.  Har  qanday  mehnat  ratsionalizatsiyasi  ko‘p jihatdan  yangi  mahorat 

yaratish  va  yangi  malakalar hosil  qilishdan  iboratdir.

Hattoki kishining bilish faoliyati ham o‘z tabiati jihatidan g'oyat ong- 

liligi bilan ajralib turishiga qaramay,  malakalarsiz amalga oshirila olmay­

di.  Masalan,  o'quvchilar  hisob  masalalarini  yechishda  qo'shish,  olish, 

ko'paytirish va  bo'lish  malakalaridan  foydalanadilar.

Malaka va  odatlar faqat  kishining  faoliyatini  yengillashtirishi  uchun- 

gina emas, balki bizning malaka va odatlarimizga aylanib qolgan harakat­

lardan «ozod bo'lgan» ongni shu faoliyat orqali qo'lga kiritiladigan maqsad 

ustida to'plana olishiga  imkon  berishi  uchun  ham  muhimdir.  Shu  tariqa 

ozod bo'lgan ong ish jarayonining o'zida shu faoliyatning samarali davom 

etishiga yordam beradigan harakatlarning yangi turlariga ko'chishi  mum­

kin.  Masalan,  o'quvchi  yozishni  mashq  qila  boshlaganda,  dastawal, 

uning  butun  diqqati  va  tafakkuri  harfni  qanday  qilib  to'g'ri  yozish  bilan 

band  bo'ladi.  Mana shu  vaqtda  o'quvchi  boshqa  bir narsa  haqida  o'ylay 

olmaydi  va  hattoki,  ko'pincha,  yozayotgan  so'zlarining  ma’nosini  ham 

tushunmaydi.  Lekin  yozish  malakaga  aylangandan  so'ng,  o'quvchi  ayni 

bir  vaqtning  o'zida  o'qituvchining  gaplarini  eshitishda  davom  etib,  bu 

gaplarni  avtomatik  ravishda  (ayrim  harf va  so'zlarni  qanday  qilib  yozish 

kerakligini  o'ylamasdan)  yoza oladigan  va shuning bilan  birga,  yozayot­

gan  narsalarni  tushuna  oladigan  bo'ladi.

Kishining turli mehnat faoliyatlarida avtomatlashtirilgan harakatlardan 

«ozod bo'lgan» tafakkuri mehnat jarayonlarini ratsionalizatsiyalashga, texni­

ka ijodiyotiga va boshqa shuning kabilarga qaratilishi mumkin.  Mustahkam 

malaka va odatlar asosida yuzaga kelgan  har qanday mehnat  ijodiy xarak- 

terga  ega bo'lishi  mumkin.

Shunday qilib,  malaka va odatlar kishi aqlining tobora o'sib borishiga 

xizmat  qiladi.  Agar  bizning  barcha  kundalik  ish-harakatlarimiz  va  ixti- 

sosiy harakatlarimiz  faqat  ongli  sur’atdagina  bajariladigan  bo'lganda  edi, 

bunday  holda  ana  shu  ishlar  bizning  hamma  diqqat  va  tafakkurimizni 

o'ziga bog'lab olgan  bo'lar edilar.  Bunday sharoitda aqliy taraqqiyot juda 

sekinlik  bilan  borgan  bo'lar edi.


Download 25,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish