larida katta o'rin egallaydilar. Odatlar bizning hayotimizni va faoliyati-
ratsional rejimiga rioya qilish odatlari, sanitariya-gigiyena odatlari, yaxshi
shartlaridandir. Salbiy xarakterga ega bo'lgan odatlar, aksincha, bizning
Odatlar inson ongining barcha faoliyatini va xususan, tafakkur hamda
diqqatini tartibli qiladi, bizda o‘ylash odati va o‘ylashning odat boMib
qolgan usullari, diqqatli boMish odati va odat bo‘lib qolgan diqqat vu
judga kelishi mumkin. Juda ko‘p odatlar xarakterimizning xislatlariga ay
lanib qoladi. Shuning uchun ijobiy odatlarni paydo qilish kishini eng
kichik yoshdan boshlab tarbiyalashning muhim vazifalaridan biridir.
Odatlaming yuzaga kelishi juda yosh bolalik davrdan boshlanadi. Odat
laming dastawal boshlab yuzaga kelishida bolalaming kattalarga taqlid qi-
lishlari katta rol o‘ynaydi. Bolada odatlaming yuzaga kelishi ko‘p jihatdan
kattalarning xulq-atvoriga bogMiq. Maktabda odatlar o‘qituvchi talablari -
ning ta’siri hamda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qilgan ishlari va
xulq-atvorlariga sistemali tarzda baho berib borish orqali yuzaga keltiriladi.
0 ‘quvchilarda ijobiy odatlarni yuzaga keltirishda sinf jamoasi hamda «Ka-
molot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati ijtimoiy fikrining ta’siri alohida ahamiy
atga egadir. Maktabda mehnat qilishga odatlanishni hosil qilish alohida
muhim o‘rinda turishi kerak. 0 ‘quvchilarda mehnat faoliyatiga tegishli ijo
biy odatlarni yuzaga keltirish lozim. Masalan, bajaradigan mehnat vazifasi-
ga javobgarlik bilan qarash, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish, ish asboblari,
materiallar va mashinalarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boMish,
harakatlarni vaqt mobaynida ratsional (to‘g£ri) taqsimlash, qilinayotgan ish
larni sistemali ravishda nazorat qilib borish, qiyinchiliklarni yengish, mehnat
usullarini yaxshilash yoMida tashabbus va ijodkorlik ko‘rsatish hamda mehnat
unumdorligini oshirishga intilish odatlari shular jumlasidandir. Ijobiy odatlar
ni hosil qilish bilan bii^ga salbiy odatlarni yo‘qotish yuzasidan ham ish olib
borish lozim. Salbiy odatlarni yo‘qotish uchun asosan bunday odatlarga
qarshi sistemali ravishda va muttasil kurash olib borish kerak. Salbiy odat
laming oldini olish zarur, agar sharoit imkon bergan joyda, paydo boMgan
salbiy odatlarni ijobiy odatlar bilan almashtirib yuborish kerak.
Maktabda to‘g‘ri hosil qilingan va mustahkamlangan odatlar maktab
tugatilgandan so‘ng xulq-atvorning barqaror shakli boMib qoladi va shaxs
ning ancha mustahkam xislatiga aylanadi.
Malaka va odatlar kishining xulq-atvori va faoliyatining barcha turlari
uchun zarurdir. Ammo kishining faoliyati va xulq-atvorini faqat malaka va
odatlardan iborat deb boMmaydi. Malaka va odatlar bilan birga, kishining
ongli ijodiy faoliyati ham yuksak darajada o\sishi va namoyon boMishi lo
zim. Kerakli malaka va odatlarni tarbiyalash bilan bir^n, kishida okz xulq-
atvori va o‘z faoliyatiga nisbatan ongli munosabatda boM ishni ham o‘stirmoq
kerak.