VI. MALAKA H O S IL B O ‘L IS H T E Z L IG I VA
M U S T A H K A M L IG IN IN G SH AR TLA RI
Malaka hosil bo‘lish jarayonining tezligi har xil bo'lishi mumkin. Ayni
bir kishidagi ayrim malakalar va turli kishilardagi bir xil malakalar turli
cha tezlik bilan hosil bo'lishi mumkin. Malaka hosil bo'lish tezligi zaruriy
harakatlarni takrorlash soni va malaka hosil qilish uchun sarf qilingan
vaqt bilan aniqlanadi. Malaka hosil qilish uchun sarf qilingan vaqt soat,
kun, oy, ba’zan esa yillar bilan o'lchanadi.
Malaka hosil qilish tezligi, dastawal shu malakaning murakkablik dara
jasiga bog'liq bo'ladi.
Malaka qanchalik murakkab bo'lsa, u shunchalik sekin hosil qilinadi.
Masalan, mix qoqishda bolg'achani to'g'ri urish malakasi, shu mixlarni
ustaxonada (qo'l bilan) tayyorlashda bolg'a bilan ishlash malakasiga qara
ganda, juda tez hosil qilinadi. Orfografiya va sintaksisning barcha qoi
dalariga rioya qilib yozish malakalarini egallashga qaraganda yozishning
oddiy texnikasini egallash uchun kamroq vaqt talab qilinadi.
Hosil qilayotgan malaka qanchalik murakkab bo'lsa, uni o'zlashtirishga
shunchalik ko'p vaqt, shunchalik ko'p bilim va harakatlarni bir-biriga
shunchalik yaxshi moslashtirish talab qilinadi. Mana shularning ham-
masidan foydalanilgan holda hosil qilinadigan malaka esa albatta, ham
ko'p vaqt, ham tez-tez takrorlashni talab qiladi.
Malaka hosil qilishning tezligi va uning mustahkamligi kishining yoshiga
ham bog'liq bo'ladi.
Ayrim malakalar kishining yoshlik davrida tez hosil bo'lsa, boshqalari
esa kishi katta bo'lgandan so'ng yengilroq hosil bo'ladi. Masalan, til malaka
lari 3—4 yoshdayoq yengillik bilan hosil bo'ladi. Buning sababi shundaki,
bolaning nutq apparati nutqning fonetika va morfologiyasini egallashga
batamom tayyor bo'ladi. Uning tafakkuri esa oddiy nutqning ma’nosini
anglash va ayrim so'zlarni tushunish uchun yetarli darajada o'sgan bo'ladi.
Shu yoshdan boshlab, bolalar gaplashish jarayonida faqat o'z ona tillari-
dangina fonetika va morfologiyaning asosiy malakalarini osonlik bilan
o'zlashtirib qolmay, balki boshqa tillardan ham fonetika va morfologiya
ning asosiy malakalarini osonlik bilan o'zlashtira oladilar.
Olti-yetti yoshli bolalarda yozish va o'qish malakalari yengillik bilan
hosil bo'la boshlaydi. Shu yoshdan boshlab, bola mashq qilsa, musiqa as-
boblarini chalish malakalari ham unda ancha yengil hosil bo'la boshlaydi.
Hunar va texnika malakalari 14—15 yoshdan boshlab juda yaxshi
o‘zlashtirila boshlaydi. Buning sababi shuki, bunday malakalami hosil
qilish uchun yetarli darajada o'sgan tafakkur va tajribadan tashqari, yana
organizm va muskul sistemasining chiniqqan va yetarli darajada o‘sgan
bo'lishi shart.
Kishi ulg‘aygan sari unda malakalarining hamma turlari hosil boMishi
mumkin.
Xuddi shuning singari juda ko‘p odatlaming hosil qilinishi ham yosh
bolalik davridan boshlanadi. Masalan, bola o‘z-o‘ziga xizmat qilishga
o'rganishi, yaxshilab kiyinish va yechinishga, o'yinchoqlarini ehtiyot qi
lish hamda maMum tartibda saqlashga o'rganishi davomida unda ijobiy
odatlar yuzaga keladi.
Malaka hosil bo'lish tezligi va uning mustahkamligi ko'p darajada
kishining nerv sistemasining holatiga bogMiq boMadi. Nerv sistemasi sog'lom
va tetik bo'lsa, odatda, malaka va odatlar ham juda tez hamda juda yaxshi
mustahkamlanadi. Aksincha, nerv sistemasi kasal, toliqqan yoki zahar-
langan bo'lsa, malakalar ham sekinlik bilan hosil bo'ladi. Ayrim hollarda
mashq egri chiziqlaridagi plato ham, malakalar hosil bo'lishning pasayishi
ham, avtomatlashgan harakatlar va malakalarning buzilishi ham nerv
sistemasining toliqqanligi va kasalligiga bogMiq boMadi.
Ana shu munosabat bilan mashg'ulotni muvaffaqiyatli amalga oshirish
da mashq qilish vaqtini to'g'ri taqsimlash muhim ahamiyatga egadir. Agar
bir xildagi mashq uzoq vaqt mobaynida to'xtovsiz davom ettirilaversa,
natija yaxshilanish o'rniga toliqish tufayli aksincha pasayib ketadi. Shu
ning uchun ayrim mashqlar haddan tashqari uzoq davom ettirilmasligi
kerak. Mashqning birturini boshqa bir turi bilan almashtirib turish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |